Fotoretseptorlar (shaklan tayoqcha va kolbachaga
uxshash hujayralar)
o ‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, ichki va tashqi bug‘inchalardan
tashkil
topgan. Tashqi bug‘inchalarida yorug‘likni sezadigan pigment bo‘ladi.
Tayoqchalaming har qaysi bug‘inchasi maxsus diskalardan - plastinka-
lardan tuzilgan. Alohida olingan har bir plastinka uch qatlamdan:
ikkita
lipid qatlami va ulaming oraligidan joy olgan bitta oqsil qatlamidan iborat.
Oqsil qatlamida ko‘rish purpuri - rodopsin pigmentining tarkibiga kiradi-
gan retinen moddasi mavjud. Fotoretseptorlaming ichki bug‘inchalari
tashqi bug‘inchalariga qaraganda kaltaroq bo‘ladi. Ichki bug‘inchalarida
yadro
va mitoxondriyalar bor, yorug'likni sezuvchi hujayralarda
kechadigan energetik jarayonlar shularda yuzaga chiqadi. To‘r pardadan
ko‘ruv nervi boshlanadi. To‘r pardada fotoretseptorlar borligi va ko‘ruv
nervining
shu pardadan boshlanishi, to ‘r parda bilan ko‘ruv nervining irsiy
jihatdan birligidan dalolat beradi. K o‘ruv nervi to‘r pardadan chiqqanidan
so'ng, miyaga qarab yo‘l
olar ekan, o ‘zaro kesishadi. Oqibatda o ‘ng
ko‘zdan chiqqan ko‘ruv nervi chap yarim sharga, chap ko‘zdan
chiqqan
ko‘ruv nervi esa, o ‘ng yarim sharga boradi. To‘r pardadan ko‘ruv nervi
chiqadigan joyda fotoretseptorlar yo'q. Shu sababli bu yer ko‘r
nuqta -
ko‘r dog deyiladi. To‘r parda markaziy maydonining o ‘rtasida markaziy
chuqurcha bor, u yerda faqat kolbacha hujayralar joylashgan bo'lib,
ulaming soni 34000 gacha yetadi. Markaziy chuqurchaning
atrofida sariq
zona bor, sariq dog‘ deb shunga aytiladi. Sariq dog‘ ko‘zning eng yaxshi
ko‘radigan joyidir.
50-rasm. Ko‘ruv analizatorining markazlari.