1 -to ‘r parda; 2 -k o ‘ruv asabi; 3-bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ko‘ruv
mintaqasi; 4—to‘r pardada obyektlaming teskari tasviri.
KO‘RISH FIZIOLOGIYASI
Ko‘zga tushgan yorug‘lik nurlari shox parda, qorachiq, ko‘z gavhari
va shishasimon tanadan o‘tib, to‘r pardaga keladi. Y orugiik nurlari shox
403
pardadan to to ‘r pardaga yetguncha bir necha marta sinadi. Chunki, shox
parda, ko‘z gavhari, shishasimon tana turlicha tuzilgan b o iib , turlicha nur
singdirish qobiliyatiga ega. Nurlaming sinib o ‘tishi tufayli tashqi
buyumdan ko"zga keladigan nurlar, to‘r pardada shu buyumlarning
haqiqiy, ammo kichraygan teskari tasvirini beradi. Boshqacha aytganda,
har bir narsaning tasviri ko‘zga tushganda to ‘r pardaga teskari va kichik
b o iib tushadi. Buyumlarning tasviri ko‘zga teskari b o iib tushsa ham, biz
ulami to ‘g ‘ri ko‘ramiz. Chunki, ob’ektiv reallikni biz odatda faqatgina
ko‘zimiz yordamida aniqlaymiz.
Istalgan har bir narsa bir vaqtning o ‘zida bir nechta analizatorlar
yordamida aniqlanadi. Shuning natijasida u qanday holda mavjud bo isa,
shunday holda idrok qilinadi. K o‘rish uchun ko‘zga tushgan numing to ‘r
pardaga yetib borishining o‘zigina kifoya emas. Buning uchun nur ta’siroti
to‘r pardadan markaziy asab tizimi va uning oliy qismi - bosh miya yarim
sharlarining po‘stlog‘iga uzatilishi kerak.
Darhaqiqat, ko‘zga, y a’ni to ‘r pardaga tushgan yo ru g iik nurlari u
yerdagi yorugiik sezuvchi hujayralar - (fotoretseptorlar) - tayoqcha va
kolbachalarga
ta’sir
etib,
tayoqcha
va
kolbachalaming
tashqi
bug‘imlaridagi pigmentlarda murakkab kimyoviy o ‘zgarishlarai keltirib
chiqaradi, oqibatda bu hujayralar qo‘zg‘aladi. Odam va ko‘pchilik
hayvonlar ko‘zining tayoqchasimon hujayralarida ko‘ruv purpuri -
rodopsin bor. Qushlaming kolbacha hujayralarda yodopsin pigmenti
topilgan. Kolbachalarda yorugiikni sezadigan yana boshqa pigmentlar
(xlorlab va eritrolab) ham bo iad i, degan m aium otlar bor. Y orugiikni
sezadigan pigmentlarning ichida rodopsin asosiy o‘rinni egallaydi.
Rodopsin vitamin A aldegidi - retinendan va opsin oqsilidan tashkil topgan
birikmadir.
Bu
modda yorug iik ta ’sirida bir qator murakkab
o ‘zgarishlarga uchraydi. Jumladan, retinen yorugiikni yo‘tib, o‘zinirig
geometrik izomeriga aylanadi, oqibatda uning yon zanjiri to ‘g ‘rilanib,
retinen bilan opson aloqasi o‘ziladi. Pirovardida retinendan vitamin A
hosil boiadi. Bu vitamin tayoqchalardan to ‘r pardaning tashqi pigmentli
qavatiga o ‘tadi. Qorongulikda esa, rodopsin qayta sintezlanib, tiklanadi.
Avitaminoz A da rodopsinning sintezlanishi bo‘ziladi. Oqibatda bunday
hayvonlar kunduz odatdagidek ko‘rib, gira-shira (xira) yorugiikda ko‘ra
olmay qoladi, ya’ni shapko‘rlik kelib chiqadi (qo‘yiga qarang). Rodopsin
va fotoretseptorlardagi boshqa pigmentlarning y orugiik yo‘tishi hamda
parchalanishi ularga ta’sir etadigan yorugiikning to iq in uzunligiga
bogiiq. Jumladan, rodopsin to iq in uzunligi 500 mmk ga boradigan
nurlami ancha yo‘tsa, yodopsin 560 mmk ga yaqin b o ig an yorugiik
404
nurlarini yaxshi yo'tadi. Xullas, to ‘r pardaga tushgan
yorug iik nurlari u
yerdagi tayoqcha va kolbacha hujayralarini bir qator fotokimyoviy
reaksiyalar oqibatida qo‘zg‘atadi. To‘r pardaning tayoqcha va kolbachalar
joylashgan qavatidan ichkari tomonida va bevosita shu qavatning yonida
bipolyar neyronlar qavati, uning ichkarisida esa ganglioz hujayralar qavati
joylashgan. Bundan ko‘rinadiki, shishasimon tanadan o ‘tayotgan yorug‘lik
nurlari to‘r pardaning tayoqcha va kolbachalari joylashgan qavatiga
tushmasdan oldin uning ganglioz va bipolyar nerv hujayralari joylashgan
qavatidan o‘tadi. Ganglioz hujayralarning aksonlari ko‘ruv nervi tolalarini
hosil qiladi. Shunday qilib, yorugMik ta’sirida kolbacha va tayoqchalarda
vujudga kelgan qo‘zg‘alish bipolyar va ganglioz nerv hujayralari orqali
ko‘ruv nervining tolalariga o ‘tkaziladi va markaziy asab tizimiga uzatiladi.
Qo‘zg‘alishning tayoqcha va kolbachalardan bipolyar hujayralarga qanday
qilib o ‘tkazilishi hozircha aniqlangan emas. Qo‘zg‘alish ko‘ruv nervining
markazga intiluvchi tolalari orqali miya tirsaksimon tanasining tashqi
qismiga boradi. U yerdan ikkinchi neyron orqali bosh miya yarim
sharlarining po‘stlog‘iga uzatiladi. Ta'sirot po‘stloqda tegishlicha analiz va
sintez qilinadi, javob reaksiyasi hosil bo‘lib, ko‘zga boradi. Oqibatda
ko‘ruv sezgisi kelib chiqadi, ya’ni ko‘zga nur yo‘naltirgan narsa ongda aks
etadi. Ko‘ruv nervining markazga yo‘naIuvchi tolasi tirsaksimon tanaga
yetmasdan to‘rt tepalikning oldingi ikki do‘mboqchasiga, tarmoq beradi.
To‘rt tepalik oldingi ikki do‘mboqchasining yadrolaridan ko‘z soqqasiga,
qorachiq muskullariga, kipriksimon muskullarga efferent nerv tolalar
keladi.Shu sababli yorug‘likka javoban yuzaga keladigan umumiy reaksiya
(yorug‘likka tomon boshni burish va boshqalar) to ‘rt tepalikning oldingi
ikki do'mboqchasiga bog‘liq. To‘r pardadagi tayoqcha va kolbachalar
yorug‘likni bir xilda sezmasligini aytib o‘tish kerak. Jumladan, tayoqchalar
yorug‘likni kolbachalarga nisbatan bir necha marta yaxshi sezadi. Shu
sababli ular, qosh qorayganda, g ‘ira-shira yorug‘likda qo‘zg‘aladi,
kechqurun va tunda ko‘rishda ishtirok etadi. Kolbachalar ravshan
yorug‘likda qo‘zg‘alib, kundo‘zi va rang ko‘rishda ishtirok etadi. Shu
sababli tayoqchalar faoliyati bo‘zilganda (avitaminoz A va boshqalarda)
shapko‘rlik kelib chiqadi. Bunday odam va hayvonlar xira yorugiikda
ko‘rolmay qolib, kundo‘zi bemalol ko‘raveradi. Kolbachalar zararlanganda
ravshan yorug‘likka qarab bo‘lmaydi, ammo bunday odam va hayvon
kechalari odatdagidek ko‘raveradi. Kolbachalar faoliyati bo‘zilganda
rangni ko‘rish ham bo‘zilib, hayvon ranglarni ajratolmay qoladi, rangni
ko‘rmaslik deb shuni aytiladi. Tayoqchalaming gira-shira yorugiikda,
kolbachalarning ravshan yorug‘likda qo‘zg‘alishini bir qancha dalillar
405
tasdiqlaydi. Demak, asosan tunda aktiv boiadigan hayvonlar (boyqush,
ko‘rshapalaklar) to‘r pardasida tayoqchalar ko‘proq, kundo‘zi aktiv
hayvonlar (kaptar, tovuq va boshqalar) to ‘r pardasida esa, kolbachalar
ko‘proq boiadi.
K o‘z akkomodatsiyasi. Narsalarni aniq va ravshan ko‘rish uchun
ulardan keladigan nurlar to‘r pardada, odatda uning markaziy chuqurchasi
atrofida fokusga yigilishi kerak. Turli masofada joylashgan narsalarni aniq
ko‘rish, ulardan keladigan nurlami to ‘r pardaning n u q o i markaziy
chuqurchasi atrofida fokusga yigish uchun narsalaming qancha masofada
joylashganligiga qarab ko‘zning nur sindirish qobiliyati o ‘zgarib turadi.
Ko‘zning turli masofada joylashgan narsalarni aniq ko‘rishga shu tariqa
moslana
olishiga
akkomodatsiya
deyiladi.
Ko‘z
akkomodatsiya
xususiyatiga ega boim aganda edi, turli masofada turgan narsalar to ‘r
pardaning markaziy chuqurchasida fokusga yigilmay, undan oldinroqda
yoki keyinroqda fokusga yigilgan bulardi. Oqibatda ko‘z ba’zi narsalarni
ravshanroq, boshqalarini esa juda xira ko‘radigan, ko‘z anomaliyalari kelib
chiqqan bulardi. Akkomodatsiya ko‘z gavhari yordamida yuzaga chiqadi.
Jumladan, sovuq qonli hayvonlarda akkomodatsiya ko‘z gavharining
oldinga yoxud orqaga surilishi va shu tariqa uning nur sindirish
qobiliyatining o ‘zgarishi tufayli ro ‘yobga chiqadi. Masalan, baliqlarning
ko‘z gavhari odatda oldinroqda joylashgan b o iib , ko‘zi narsalarni
yaqindan ko‘rishga moslashgan, uzoqdagi narsalarni ko‘rish uchun ko‘z
gavhari birmuncha orqaga suriladi. Baqalarda esa buning aksi kuzatiladi,
ya’ni ularning ko‘z gavhari orqaroqda joylashgan b o iib , ko‘zi odatda
uzoqdagi narsalarni ko‘rishga moslashgan b o iad i, yaqindagi narsalarni
ko‘rish uchun esa, baqa ko‘z gavharini bir oz oldinga siljitadi.
Odam va barcha issiq qonli hayvonlar ko‘z gavharining nur sindirish
qobiliyati uning oldinga yoki orqaga surilishi tufayli emas, balki
egriligining o ‘zgarishi hisobiga yuzaga chiqadi. Jumladan, bu jonzotlada
gavhami urab turgan kapsuladan boshlanib, kipriksimon tanaga tutashgan
Sinn boylamining tolalari odatda tarang turadi. Shu tufayli kapsula qisilib
yassilashgan, oqibatda esa uning ichidagi gavhar ham birmuncha
yassilashgan holda boiadi. Ko‘z gavhari shu vaziyatda boiganida olisdagi
buyumlar ravshan ko‘rinadi. ' 7aqindagi buyumlarga qaralganda to ‘r
pardaga noaniq tasvir tushadi. Bu hoi kipriksimon tanadagi muskulning
reflektor ravishda qisqarib, gavhar kapsulasi oldingi devorining oldinga
tortilishiga sabab b oiadi. Natijada ko‘z gavhari o‘zining elastikligi tufayli
birmuncha qavariq b o iib qoladi. Shu holatda gavhaming nur sindirish
qobiliyati bir oz oshadi va yaqindagi buyum tasvirining ravshan b o iib
406
turishiga imkon tugiladi. Keksayganda gavharning elastikligi
p a sa y a d i, sh u
sababli qarri odam va hayvonlar faqat uzoqdagi narsalarni aniq ko‘radigan
b o iib qoladi.
K o‘z anomaliyalari.Ko‘z soqqasining tuzilishidagi ba’zi -nuqsonlar
ko‘zda quyidagi anomaliyalar, ya’ni kamchiliklar bo‘lishiga olib kelishi
mumkin. Ko‘z soqqasining buylama o ‘qi haddan tashqari uzun bo‘lsa,
yoxud gavhar o‘ta qavariq b o iib , ko‘zning nur sindirish qobiliyati
kuchaygan bo‘Isa, bu vaqtda buyumlardan ko‘zga keladigan nurlar to‘r
pardada fokusga to‘planmay, undan oldinroqda, shishasimon tanada
to'planadi. Bunday ko‘z yaqindan ko‘radigan bo‘ladi. Agarda ko‘z
soqqasining bo‘ylama o ‘qi haddan tashqari kalta, yoxud ko‘z gavhari o‘ta
yassilashgan b o iib , nur sindirish qobiliyati pasaygan b o isa, bu vaqtda
buyumlardan keladigan nurlar to‘r pardaning orqasida fokusga to ‘planadi.
Bunday ko‘z uzoqdagi narsalarni aniqroq ko‘radigan boiadi. Ikkala holda
ham buyumlarning tasviri nur pardaga xira, noaniq b o iib tushadi. Bu
nonormal holatlar, anomaliyalar onda-sonda otlarda uchraydi, boshqa
qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchramaydi desa ham boiadi. Bu
anomaliyalardan tashqari astigmatizm, sferik abberatsiya, xromatik
abberatsiya degan nuqsonlar ham uchrashi mumkin va hokazo.
Astigmatizm.
Kipriksimon tanadagi muskullaming bir hilda
qisqarmasligi natijasida ko‘z soqqasi nur sindiruvchi qismlarining nurlami
har xil darajada sindirishi tufayli paydo boiadi. Bu vaqtda to ‘r pardaga
buyumlarning noaniq tasviri tushadi, oqibatda narsalar xira ko‘rinadi.
Emmetropiya
(m e’yoriy k o ’rish)
Gipermetropiya
(uzoqdan ko ’rish)
G ipennetropiyani
tuzatish.
(ikki tomonlama
qavariq ko ’zoynak)
Miopiya
(yaqindan ko’rish)
Miopiyani tuzatish.
(botiq k o ’zoynak)
|