qushilib, ta’sir etganda analizator qo‘zg‘aluvchanligining oshishiga
kontrastlik, ya’ni akslik hodisasi deyiladi. Masalan, sovuqdan so‘ng, issiq
ta’sir yaxshi seziladi, qoradan so‘ng, oq rang ravshanroq ko'rinadi.
Analizatorlardagi akslik hodisasi po‘stloqdagi induksiyalar tufayli yuzaga
chiqadi.
Iz qoldirish. Analizatorda paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish uni keltirib
chiqargan ta ’sirot to ‘xtashi bilanoq, sunib qolmaydi. Qo‘zg‘alish bir oz
vaqt davomida asta-sekin sunib boradi, o'zidan keyin bir muncha vaqt
uchmay turadigan iz qoldiradi. Shu sababli bo‘linib-boiinib ta’sir etadigan
(yorugiik kvantlari, tovush toiqinlari va boshqalar) m a’lum ritmdagi
ta’sirotlar uzluksiz sezgini keltirib chiqaradi (buyum va hodisalami
uzluksiz ko‘ramiz, tovushni u tugaguncha uzluksiz eshitamiz va
boshqalar). Analizatoming bu xususiyati retseptor apparatining o ‘ziga xos
tabiati tufayli kelib chiqadi. Gap shundaki, nerv tolasiga bir marta ta’sirot
bersak, u bu ta’sirotning qancha davom etishidan qat'iy nazar bir
qo‘zg‘alish toiqinini hosil qiladi, xalos. Retseptorlarga bir marta ta’sirot
berilganda esa, ular xuddi nerv markazlari singari bu ta’sirotga bir qator
impulslarni, qo‘zg‘alish to‘lqinlarini ketma-ket hosil qilish bilan javob
beradi. Ta'sirot qancha uzoq davom etib tursa, yangi-yangi qo‘zg‘alish
to‘lqinlari shuncha ko‘p hosil boiaveradi. Bu esa, hosil bo‘ladigan
sezgilarning uzviyligini ta’minlydi.