baland tovushlar kalta tolalami, pastroq
tovushlar uzunroq tolalarni
tebrantiradi.
Oqibatda tovushning
baland-pastligiga qarab
asosiy
membranadagi tegishli tolalaming tebranishlarini Kortiy organining xuddi
shu tolalarga mos keladigan tukli hujayralari sezadi. Binobarin, bu
nazariyaga ko‘ra, Kortiy organida turli tonlami
sezadigan tukli hujayralar
bor. 1880 yili Rezerford telefon nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra,
eshituv nervidagi potenciallaming tebranish chastotasi quloqqa kirayotgan
tovush chastotasiga mos kelishi tufayli tovush balandligi seziladi (xuddi
tovushning telefondan uzatilishiga uxshash). Har ikkala nazariya ham
tovush
balandligining
mohiyatini
qisman
ochib
beradi,
xalos.
Rezerfordning nazariyasi faqat past balandlikdagi tovushlaming eshitilishi
xususiga to ‘g‘ri keladi. Haqiqatan ham, past tonli tovushlar quloqqa
kirganida eshituv nervidagi impulslar chastotasi
eshitilayotgan tovush
ta’sirida chiganoqda vujudga keladigan tebranishlarga mos boiadi. Baland
tonli tovushlar eshitilayotganida esa chiganoqdagi asosiy membranada
emas, balki suyuqliklar ustida ma’lum uzunlikda tebranish rezonansi
paydo boiadi. Tebranish amplitudasining kattaligi tovush balandligiga
b o g iiq boiadi.
Boshqacha aytganda, tovush qancha baland boisa,
suyuqlikning tebranuvchi ustuni shuncha kalta va aksincha, tovush qancha
past boisa, shuncha uzun boiadi. Suyuqlikning tebranishi asosiy
membranani ham tegishlicha tebrantiradi.
Oqibatda Kortiy organining
tegishli qismidagi hujayralar qo‘zg‘alib, ta ’sirot markaziy asab tizimiga
uzatiladi, natijada tovush eshitiladi. Shunday qilib, baland tonli tovush
ta’sir qilganda chiganoqdagi suyuqlik tovush chastotasiga mos ravishda
tebranib, tovush masofada kodga solinadi.
Eshituv analizatorida ham
adaptatsiya hodisasi kuzatiladi. Quloqqa jarangdor tovush uzoq vaqt
betuxtov ta’sir qilib turaversa, quloqdagi retseptorlarda adaptatsiya yuzaga
kelishi tufayli sezuvchanligi bir oz pasayadi. Ammo adaptatsiyaning
muayyan chegarasi bor. Quloq adaptatsiyasining tabiati munozarali
muammo bo iib, qolmoqda.