TANA MUVOZANATINI SAQLOVCHIAPPARAT -
VESTIBULYAR ANALIZATOR
Vestibulyar apparat tananing fazodagi vaziyati va harakatini idrok
etadigan analizatordir. Vestibulyar apparatning periferik retseptorlaridan
markaziy asab tizimiga impulslar borib turishi natijasida gavdaning
muvozanatini ta’minlovchi reflekslar vujudga keladi. Suyak labirinti ichida
guyo uning shaklini to ia takrorlaydigan parda labirint bor. Parda
labirintning dahliz va yarim doira kanallari vestibulyar apparatining
414
periferik qismini tashkil qiladi. Dahlizda ikkita xaltacha bor. Ularning ichi
endolimfa bilan to ‘la turadi. Devorida sezuvchi tukli hujayralar boiadi.
Tukli hujayralarning ichida kal’siy - fosfat - karbonat birikmalaridan
tashkil topgan kristallar - otolitlar bor.
Odam va hayvon boshining fazodagi vaziyatini o‘zgartirganda
(engashtirganda, ko‘targanda, burganda) otolitlar tuklami bosadi, yoxud
taranglashtiradi. Oqibatda tukli hujayralar qo‘zg‘aladi. Parda labirintning
yarim doira kanallari uchta b o iib , o‘zaro perpendikulyar yuzada
joylahsgan. Ularning kengaygan joylarida - ampulalarida retseptor
hujayralar bor. Bu hujayralarning ham tuklari boiadi. Gavda aylanganda
yarim
doira
kanallardagi
endolimfa
harakatga
kelib,
retseptor
hujayralarning tuklarini qitiqlab qo‘zg‘atadi. Vestibulyar apparat tukli
hujayralarining qo‘zg‘alishi tufayli hosil b oigan nerv impulslari eshituv
nervining vestibulyar tarmogi orqali markaziy asab tizimiga uzatiladi,
shuning natijasida tanani muvozanatda saqlovchi reflekslar vujudga keladi.
Organizm tinch holatda turganida ham vestibulyar apparatdan markaziy
asab tizimiga siyrak impulslar yo‘nalib turadi. Xilma-xil aylanma
harakatlar paytida bu impulslar keskin ko‘payadi. Aylanma harakat bir
maromda, tekis b o is a impulslar yarim doira kanallardan yo‘nalgan
afferent tolalarda paydo bo‘lmay, dahlizdagi otolitli hujayralardan
boshlangan afferent tolalarda paydo boiadi, xalos.
55-rasm. Eshituv analizatorming umumiy ko‘rinishi.
56-rasm. Vestibulyar apparat. 1-yarim halqakanali; 2-chig‘anoq.
415
|