suqoiib kirgan, bolg‘achaning ikkinchi tomoni yasniqsimon suyakchaga,
u esa sandonga tutashgandir. Sandon uzangi bilan birlashgan. Uzangi oval
darchaga taqalib turadi.O‘rta quloq Evstaxiy nayi orqali halqum bilan
tutashgan. Shuning uchun u yerdagi bosim tashqi muhit bosimi bilan
doimo baravarlashib turadi.
Ichki quloq (labirint) - chakka suyagining ichida (piramidasida)
joylashgan.Ichki quloq oval darcha orqali o ‘rta quloq bilan tutashadi. Oval
darchani nozik parda qoplab turadi. 0 ‘rta quloqning uzangi suyakchasi shu
pardaga kelib tutashadi. Ichki quloq labirint deb ataladigan suyak
tuzilmadan tashkil topgan. Suyak labirintning ichida shaklan unga
uxshaydigan parda labirint bor. Labirint dahliz, yarim doira kanallar va
chiganoqdan iborat. Chiganoq turli hayvonlarda buralib, 2,5 dan to 4
tagacha uram hosil qiladi. Chiganoq kanali maxsus pardalar yordamida
ikki qismga ; dahliz narvonchasi (yuqori kanal) qismi va nog‘ora
narvonchasi (pastki kanal) qismi. Nog‘ora narvonchasi qismi yumaloq
darcha bilan tugaydi. Chiganoqning yuqori kanali bilan pastki kanali
perilimfa bilan to ‘la turadi. Yuqori kanal bilan pastki kanal o ‘rtasida
(parda labirintda) o‘rta kanal - parda kanal bor. 0 ‘rta kanal bo‘sh!ig‘i
boshqa kanal bilan tutashmaydi va endo limfa bilan to ia boiadi.
Endolimfa perilimfaga qaraganda kaliy ionlarini taxminan 30 baravar
ko‘p, natriy ionlarini esa, 20 baravar kam saqlaydi. Shu sababli u
perilimfaga nisbatan musbat elektr zaryadli boiadi. Chiganoqning o‘rta
kanali ichida Kortiy organi joylashgan. U organdan eshitish nervi
boshlanadi, tovush ana shu organ orqali seziladi.