Muskul-bug‘im
(harakat)
va
vitseral
sezgi
apparatlarining
retseptorlari organizmning ichkarisida - muskullar va paylarda, barcha
ichki organlarda joylashgan bo‘ladi va interoretseptorlar deyiladi. Sezgi
organlari organizm uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Ular yordamida
organizm uzluksiz o‘zgarib turadigan tashqi muhit bilan muntazam
ravishda aloqada boglaydi, natijada ob’ektiv dunyodagi turli-tuman hodisa
va predmetlami sezadi, ulardan xabardor bo‘ladi. Shunga ko‘ra organizm
tashqi muhitga nisbatan doimo muayyan, o ‘zi uchun foydali, eng qo‘lay
vaziyatni egallab muhit o ‘zgarishlariga yaxshiroq moslashadigan va o ‘z
ichki muhitini ancha barqaror saqlay oladigan, gomeostazni ta ’minlay
oladigan bo‘lib qoladi. Tegishli sezgi hissiyotining ro ‘yobga chiqishi
uchun tashqi muhitdan yoxud organizmning ichki muhitidan kelayotgan
ta’sirotlaming u yoki bu sezgi organ retseptorlariga ta’sir qilishining o ‘zi
kifoya qilmaydi. Sezgi hissiyotining paydo bo‘lishi uchun retseptorlarga
ta’sir qilayotgan ta’sirot, shu retseptorlar tomonidan qabul qilinishi, hosil
bo‘lgan qo‘zg‘alishning tegishli markazga intiluvchi nerv tolalari orqali
markaziy asab tizimiga va uning oliy qismi bo‘lmish bosh miya katta
yarim sharlarining po‘stlog‘iga uzatilmogi va uning belgili qismlarida
analiz va sintez qilmogi lozim. Ta'sirot dastavval retseptorlarda, so‘ngra
esa qo‘zg‘alish o ‘tayotgan neyronlarda, qolaversa, markaziy asab
tizimining tegishli qismlarida, u yoki bu darajada analiz va sintez qilinadi.
Biroq, oliy darajadagi nozik analiz va sintez faqatgina miya po‘stlog‘ida
yuzaga chiqishi mumkin, jumladan, ko‘rish sezgisi miya po‘stlog‘ining
ensa sohasida, eshitish sezgisi chakka sohasida, muskul-bug‘im sezgisi esa
tepa sohasida analiz va sintez qilinadi. Demak, har qanday sezgining
ro‘yobga chiqishi uchun uchta qism, uchta element, y a’ni ta’sirotni qabul
qiluvchi - retseptor apparat (ko‘z, quloq, teri, burun va boshqalar), qabul