boshlaboq, hosil bo‘la boshlaydi. Bora-bora katta yarim sharlar po‘stlog‘i
belgili andaza bilan ishlay boshlaydi va m a’lum
dinamik stereotip hosil
bo‘ladi, hayvon kundalik tartibga o ‘rganadi. I.P.Pavlovning oliy asab
faoliyati haqida yaratgan ta’imoti chorvachilikda katta ahamiyatga ega.
Oliy asab faoliyati qonuniyati bilib olinsa,
hayvonlarni yaxshi
parvarishlash, ular bilan to ‘g‘ri muomala qilish, ulardan samarali
foydalanishga to‘laroq imkoniyat yaratiladi. Oliy
asab faoliyati tiplarining
o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olib, tegishli dinamik stereotip hosil qilish,
chorvachilikda naqadar katta ahamiyatga ega
ekanligini yuqorida aytib
o‘tdik. Hayvonlarda m a’lum tartibdagi shartli reflekslarni hosil qilish yo‘li
bilan ularni parvarish qilish, ishini osonlashtirish mumkin. Masalan,
hayvonlarga yem berishda ularni bir joyda tuplash uchun m a’lum bir
shartli ta’sirotga (hushtak, qo‘ng‘iroq chalish va boshqalar) javoban paydo
qilingan shartli refleksdan foydalansa bo‘ladi. Shunda birgina shartli
ta’sirotning o ‘zi hayvonlarni o ‘rgatilgan joyiga yig‘ilishiga
sabab
bo‘laveradi. Bunday shartli reflekslarni vaqtga nisbatan ham hosil qilish
mumkin. Laktatsiya davrida hayvonlarni sogishga nisbatan ijobiy shartli
refleks hosil qilish sut ajralishining kuchayishini
va hayvonning sut
mahsuldorligini ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.