ta’sirotga tabiatan yaqin turadigan ta’sirotlarga ham
shartli
reaksiya
b i l a n
javob beradi. Masalan, metronomning 100 marta te'branishi bilan birga 80,
85, 90 marta tebranishlariga ham so ia k ajratadi. Ammo keyinchalik, ya’ni
metronomning 100 marta tebranishi shartsiz ta ’sirot bilan mustahkamlanib,
boshqa tebranishlari mustahkamlanmay qo‘yganida, metronomning 100
marta tebranishiga s o ia k ajralib, boshqa tebranishlariga so iak ajralmay
qo‘yadi. Chunki bu vaqtda ichki tormozlanish vujudga keladi, qo‘zg‘alish
shartli refleks markaziga to ‘planadi, koncentrlanadi. Koncentrlanish tufayli
hayvon ta’sirotlami bir-biridan farq qiladi. Po‘stloqda irradiatsiya va
konsentratsiya hodisalaridan tashqari, induksiya hodisasi ham kuzatiladi.
Induksiya irradiatsiyaga qarama-qarshi hodisa b o iib , qo‘zg‘alish yoki
tormozlanishning konsentratsiyalanishiga yordam beradi. Markaziy asab
tizimsining boshqa qismlaridagidek, po‘stloqda ham ikki xil induksiya
kuzatiladi: manfiy va musbat induksiya. Qo‘zg‘alish manbasining atrofida
hamisha
tormozlanish
zonasi
(manfiy
induksiya),
tormozlanish
manbasining atrofida esa, qo‘zg‘alish zonasi (musbat induksiya) vujudga
keladi. Demak, po‘stloqda kuzatiladigan jarayonlar nihoyatda murakkab
bo iib , irradiatsiya, konsentratsiya va induksiya hodisalari qo‘zg‘alish va
tormozlanishning o‘zaro turli munosabatlari bilan bogiiq.