so ‘lak ajratish markazi, 5-eshitish markazi (uzun chiziqlar bilan hosil b olgan




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

so ‘lak ajratish markazi, 5-eshitish markazi (uzun chiziqlar bilan hosil b olgan
vaqtinchalik bog‘lanish ko‘rsatilgan)
Shunday qilib, miya va po‘stlog‘idagi markazlar qo‘zg‘alib, ta’sirotni 
tahlil qilib umumlashtirganidan keyin hosil bo‘lgan javob reaksiyasi 
uzunchoq miyadan mavkazdan qochuvchi asab tolalari orqali bezlarga 
yuboriladi. Natijada зо‘1ак bezlari faol holatga kelib, so‘lak ajrata 
boshlaydi. Ammo keyingi kunlarda qo‘zi onasini uzoqdan ko‘rishi bilan, 
hali uni emmasdan turib, so‘lak ajrata boshlaydi. Bu vaqtda sutni bevosita 
emish emas, balki/onani uzoqdan ko‘rishning o ‘ziyoq so‘lak ajralishi 
uchun kifoya bo‘lib qoladi. Ayni paytda so‘lak shartli reflektor yo‘li bilan 
ajraladi. Bu refleks quyidagicha sodir bo‘ladi: so‘lak shartsiz refleks y o ii 
bilan ajralganda uzunchoq miyadagi markaz bilan birgalikda miya 
p o ‘stlog‘idagi oliy markaz ham qo‘zg‘alishini yuqorida aytib o ‘tdik. 
Modomiki shunday ekan, hayvon sut emmoqchi b o iib harakat qilganida 
har safar oldin onasini ko‘rgan, so‘ngra emgan. Bunda har gal oldin miya
376


po‘stlog‘idagi 
ko‘rish 
markazi, 
so‘ngra 
so‘lak 
ajratish 
m arkazi 
qo‘zg‘algan. Bulaming shu tartibda qo‘zg‘aiishi bir necha marta 
takrorlanganidan keyin oqibatda ular o‘zaro funksional aloqador bo‘lib 
qolgan. 
Shu aloqadorlik ancha mustahkamlanib, barqaror bo‘lib 
qolganidan so‘ng, onani ko‘rish po‘stlog‘idagi faqat ko‘rish zonasini 
qo‘zg‘atibgina qolmay, balki u bilan funksional aloqador bo‘lgan so‘lak 
ajratish oliy markazining ham qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lgan. S oiak ajratish 
markazining qo‘zg‘alishi esa, o‘z navbatida, qo‘yi, y a’ni uzunchoq 
miyadagi so‘lak ajratish markazini qo‘zg‘atgan. Uzunchoq miyadagi 
markazning qo‘zg‘alishi markazdan qochuvchi tegishli asab tolalari orqali 
so‘lak bezlariga berilib, so‘lak ajratishiga sabab bo‘lgan. Bu misoldan 
ko‘rinib turganidek, shartsiz refleksning ro ‘yobga chiqishida ham normada 
po‘stloq ishtirok etadi, ammo bunda uning ishtiroki shart ham emas, 
chunki po‘stloqdagi markaz qo‘zg‘almaganda ham shartsiz refleks 
ro‘yobga chiqaveradi. Bizning misolimizda so‘lak ajralishi uchun 
qo‘zining ogzida sut tushganida uzunchoq miyadagi markazning 
qo‘zg‘alishi kifoya, po‘stloqdagi so‘lak ajratish oliy markazining 
qo‘zg‘alishi esa shart emas. Biroq, shartli refleksning hosil bo‘lishi uchun 
miya po‘stlog‘i albatta ishtirok qilishi zarur, chunki shartli refleks 
po‘stloqdagi ikki markazning o ‘rtasida qaror topgan vaqtincha aloqa 
tufayli kelib chiqadi. Shartli reflekslar hosil bo‘lganda po‘stloqdagi 
markazlar o ‘rtasida qaror topadigan vaqtincha aloqa faqat funksional 
aloqadir xalos, chunki markazlar o ‘rtasida hech qanday anatomik 
boglanish paydo bo‘lmaydi. 0 ‘sha markazlardan bin bir qancha vaqt 
ichida ikkinchisi bilan birga qo‘zg‘almay qo‘ysa bas, ana shunday 
markazlar o ‘rtasidagi o ‘zaro funksional bog‘lanish, vaqtincha aloqa 
o ‘ziladi, bu esa, shartli refleksning yuqolib ketishiga olib keladi. Lekin 
o ‘sha shartli refleks yana tiklanishi mumkin, albatta. Buning uchun 
po‘stloqdagi boyagi markazlar ikkalasi bir vaqtda oldingidek yana bir 
necha marta qo‘zg‘almog‘i kerak. Shartli refleks hosil b o iish i uchun 
hayvonga shartsiz ta ’sirot bilan birgalikda, shartli ta ’sirot ta ’sir qilmog‘i 
kerak. Biz qo‘zida so‘lak ajratish shartli refleksning hosil bo‘lishini analiz 
qilganimizda, avval qo‘zi sut emganida, keyin esa onasini ko‘rgan paytda 
so‘lagi ajralishini ko‘rdik. Ayni paytda, onaning ko‘rinishi shartli, ogziga 
emilgan sut esa, shartsiz ta’sirot bo‘ladi. Demak, shartli refleks hosil 
bo‘lishi uchun shartli ta ’sirot shartsiz ta ’sirotdan sal oldinroq ta’sir 
qilmog‘i va shu ta’sirot bilan birga davom etib, uni mustahkamlamog‘i 
lozim. Shartsiz reflekslar turga xos bo‘lgani holda, shartli reflekslar 
individga ham xos bo'lgan reflektor reaksiyadir. Ma'lumki, so‘lak ajratish
377


hamma hayvonlarga xos, bu reaksiyaning yuzaga chiqish qonuniyatiari bir 
turdagi hayvonlarda asosan bir xil. Sut emizuvchi hayvonlarning hammasi 
ham og£ziga ozuqa tushganda so‘lak ajratadi. Biroq bir hayvon o‘zining 
konkret yashash sharoitiga ko‘ra biroz qo‘shimcha ta’sirotga javoban ham 
so‘lak ajratishi mumkin. Masalan, shartsiz ta’sirot bilan birga davom 
etadigan har qanday boshqa ta’sirot - harorat, yorug'lik, tovush, kimyoviy 
moddalarga javoban shartli refleks hosil bo‘lishi mumkin va hokazo. 
Shunday qilib, miya po‘stlog‘ining vazifasi oldinma-keyin qo‘zg‘aladigan 
b a r xil markazlar o ‘rtasida o‘zaro funksional boglanish vujudga 
keltirishdan, boshqacha aytganda, shartli reflekslar hosil qilishdan iborat. 
Shuning uchun ham po‘stloq faoliyatining mazmuni deganda shartli 
reflekslam ing hosil bo‘lishi, mustahkamlash va sharoit o ‘zgarganida 
sundirish, yoqotishni tushunamiz, deymiz. Ya'ni hosil bo‘lgan har bir 
shartli refleks muhitning organizm oldiga qo‘ygan yangi talabidir. 
U ^luksiz o ‘zgarib turadigan tashqi muhit organizm oldiga yangi-yangi 
talablarni qo‘yadi, organizm esa ularga javoban shartli reflekslarni hosil 
cfHib, tashqi muhitga moslashib boradi. Ana shundan shartli reflekslammg 
organizm xulq-atvorini belgilashi ayon bo‘lib turibdi. Organizm shartli 
reflekslarni hosil qilib, tashqi muhitga moslashar ekan, shu reflekslar 
o iasid a hayot uchun ahamiyati qolmaganlarini, "eskirganlarini" yoqotib 
h a m turadi. Masalan, oldin qo‘ng‘iroq chalinib, keyin hayvonga ozuqa 
berilgan va bu hodisa bir necha marta takrorlangan bo‘lsa, bora-bora 
b irg in a qo‘ng‘iroq chalishning o ‘ziyoq so‘lak ajralishiga olib keladigan 
b o ‘lib qoladi, ya’ni qo‘ng‘iroq ovoziga javoban shartli refleks hosil 
b o ‘]adi. Ayni paytda po‘stloqdagi eshitish zonasi bilan so‘lak ajratish oily 
zo n asi orasida funksional aloqa vujudga keladi va natijada qo‘ng‘iroq 
chajinishi bilan hayvon so‘lak ajrata boshlaydi. Demak, qo‘ng‘iroq 
chalinishi hayvonning o‘sha vaqt oraligidagi hayotida uning oziqlanishiga 
alocjador signal, y a’ni uning tirikchiligi uchun ahamiyatli ta’sirot bo‘lgan. 
B iro q keyinchalik har safar qo‘ng‘iroq chalinganida hayvonga ozuqa 
beriJm ay qo‘ysa, hayvon bora-bora qo‘ng‘iroq chalinishiga javoban so‘lak 
ajratm ay qo'yadi. Qo‘ng‘iroq chalinishining ozuqa berilishi bilan birga 
borr*iasligi tufayli po‘stloqdagi so‘lak ajratish markazi bilan eshitish zonasi 
orasidagi aloqa o ‘ziladi. Qo‘ng‘iroq chalinishi hayvon hayoti uchun, uning 
oziqlanishi uchun endi ahamiyatsiz bo‘lib qoladi, shuning uchun ham bu 
sh artli refleks sunib ketadi. Demak, shartli refleksning paydo bo‘lib 
yoqoklmay 
turishi 
uchun 
shartli 
ta’sirot 
shartsiz 
ta’sirot 
bilan 
m ustahkamlanib turishi kerak. Hayvon faqat oziqlanishi, himoyalanishi, 
x u lla s o ‘zining yashashi uchun zarur b o igan shartli reflekslarni hosil
378


qiladi, yashayotgan konkret sharoitda hayoti uchun &!ШШХу<ХШН уи'цщ.|£сШ 
shartli reflekslarni esa yo‘qotadi, zaruriyat tugilganda esa qayta tiklaydi.
Yuqorida keltirilgan m a’lumotlar shartli reflekslaming organizm 
uchun benihoya katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shartsiz 
reflekslar organizmning nasldan-naslga o ‘tadigan tugma reaksiyalari 
bo‘lib, tashqi muhit o‘zgarmay turadigan bo‘lsagina, uning shu muhitga 
moslashuvini ta’minlashi mumkin edi. Lekin muhit to ‘xtovsiz o ‘zgarib, 
organizm nihoyatda xilma-xil ta ’sirotlarga uchrab turadi. Ana shu 
ta’sirlarga organizm shartli reflekslar hosil qilgani uchun ham nihoyatda 
aniq, mukammal javob beradi. Shartli reflekslar tufayli organizm ta’sirot 
tushishini oldindan biladi va unga javob berishga hozirlik ko‘rish 
imkoniyatiga ega boiadi, natijada hayvon ta’sirotga nisbatan eng qo‘lay 
vaziyatni egallab turadi. Masalan, hazm jarayonlariga xilma-xil shartli 
reflekslar hosil bo‘lganligi tufayli, hayvon ozuqani iste'mol qilmasdan 
turib, uni hazm qilishga tayyorgarlik ko‘radi. Ozuqaning ko‘rinishi, hidi, 
oziqalanish vaqti va oziqalanishga aloqador b o ig a n shu kabi boshqa 
ta ’sirotlar, hayvon ozuqani yemasdanoq hazm tizimsining turli qismlaridan 
tegishli hazm shiralari - so‘lak, m e’da shirasi, m e’da osti bezining shirasi, 
o ‘t suyuqligi va boshqalarning ajralishini ta ’minlydi. Natijada iste'mol 
qilingan oziqalar oldindan tayyor turgan shiralar ta’siriga duchor bo‘lib, 
yaxshi hazm bo‘ladi. Shartli reflekslaming hosil boMishi hayvonning turli 
xavf-xatarlardan himoyalanishida ham benihoya katta ahamiyatga ega. 
Agar hayvon bolasi yirtqichni hali hech ko'rmagan bo‘lsa, u yirtqichdan 
qochib o ‘zini himoya qilishga intilmaydi. Ozmi-ko‘pmi yashagan, xavf- 
xatarli har-xil ta ’sirotlarga javoban shartli reflekslar hosil qilgan, ya’ni 
m a’lum "hayot tajribasiga" ega bo‘lgan hayvon esa, yirtqichni ko‘rishi 
bilanoq undan qutulish, qochish payiga tushadi. Demak, shartli reflekslar 
organizmning tashqi muhitga moslanishida shartsiz reflekslardan bir 
pog‘ona ustun turadi va organizmning turli ta’sirotlarga javob berishga 
oldindan tayyorlanishini ta ’minlydi.
Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalari. Shartli reflekslar hosil 
qilinayotganida quyidagi qonun-qoidalarga rioya qilinishi lozim: 1. Shartli 
ta’sirot shartsiz ta’sirotdan salgina (taxminan 10-20 sekund) oldin ta’sir 
qilishi lozim. 2. Shartli va shartsiz ta’sirotlar ikkalasi birgalikda bir necha 
marta ta’sir qilishi lozim. 3. Shartli va shartsiz ta ’sirotlaming kuchi 
o ‘rtacha bo‘lishi kerak. 4. Hayvonning bosh miya yarim sharlari 
po‘stlog‘ining faolligi normal holatda bo‘ltrtogi, organizmda patologik 
jarayonlar bo‘lmasligi, tajribada qullanilayotgan shartli va shartsiz 
ta’sirotlardan boshqa yot ta’sirotlar organizmiga ta’sir qilmasligi zarur.
379


, Shartli reflekslarni hosil qilish usullari. Shartli reflekslar turli 
ta’sirotlar tufayli o ‘zgarib qolishi mumkin. Shu munosabat bilan shartli 
refleks hosil qilinayotgan hayvon eksperimentator va tajribaga aloqasi 
yo‘q ta’sirotlardan mutlaqo ajratib quyiladi. Buning uchun tajriba hayvoni 
chet tovush, hid, harorat, yorug‘lik va boshqa yot ta’sirotlar kira 
olmaydigan maxsus kameraga joylashtiriladi. Shartli refleks hosil qilish 
uchun kerak bo‘lgan asbob va moslamalargina kamera ichida turadi. 
Shartli refleks hosil qilishning bir necha usuli bor: 1. So‘lak ajratish usuli - 
bu usul dastlab I.P.Pavlov tomonidan yaratilgan. I.P.Pavlov bosh miya 
yarim sharlarining faoliyatini shu usul asosida o‘rgangaii. Bu usulni 
qo‘llashdan oldin hayvon so‘lak bezining yo‘li lunjidan tashqariga 
chiqarib, tikib quyiladi. So‘ngra so‘lak ajralishiga shartli refleks hosil 
qilinadi. Har xil turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlarida so‘lak ajralishi bir 
xil emas, shu sababli bu usul qishloq xo‘jalik hayvonlarining oliy asab 
faoliyatini o ‘rganishda kamroq qullaniladi. Shartli refleks hosil qilish. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida shartli reflekslarni hosil qilish uchun 
himoyalanish - harakat, harakat - ovqatlanish usullari keng qo‘llaniladi. 
Himoyalanish - harakat usuli qullanilganda, odatda, oyoqni bukish shartsiz 
refleksi negizida shartli refleks hosil qilinadi. Buning uchun tajriba 
hayvoni oldingi oyogi bilako‘zuk buginining atrofi junidan tozalanib, 
fiziologik eritma bilan hullanadi. So‘ngra shu joyga indukcion galtakka 
ulangan elektrodlar boglab quyiladi. Indukcion galtakdan berilayotgan tok 
shartsiz ta’sirot, hushtak, qo‘ng‘iroq chalish, terini isitish yoki sovo‘tish, 
yoxud boshqa signallardan shartli ta’sirot sifatida foydalanib, oldingi 
oyoqni bukish shartli refleksi hosil qilinadi. Ayni vaqtda shartli ta ’sirot 
berilgandan so‘ng (1-5 sekund o‘tishi bilan) oyoq elektr toki bilan 
ta’sirlanadi. Tajriba shu tariqa bir necha marta takrorlangandan keyin, 
shartli refleks hosil bo‘ladi. Oyoq harakati tegishli pnevmatik moslama 
yordamida kimografda yozib boriladi. Harakat - ovqatlanish usuli 
yordamida shartli refleks hosil qilish uchun hayvon erkin harakat qila 
oladigan kamera yoki xonachaga joylashtiriladi. So‘ngra ozuqani shartsiz, 
qo‘ng‘iroq, yorug‘lik signallari va boshqalarni shartli ta’sirotchi sifatida 
qo‘llab, hayvonni kamera yoki xonachani tegishli joyiga harakat qilib 
borib ovqatlanishiga shartli refleks hosil qilinadi. Shartli refleks hosil 
bo‘lgandan so‘ng birgina shartli ta’sirotchi ta’sirida hayvon kamerani yoki 
xonani odatda oziqlanadigan joyiga yurib boradigan bo'ladi.
Shartli reflekslarning xillari. Shartli reflekslar bir necha xillarga 
bo‘linadi. Shartli ta’sirotlaming xiliga ko‘ra tabiiy va sun'iy shartli 
reflekslar bo‘ladi. Shartli refleks hosil qilishda qo‘ng‘iroq, har-xil
380


yorug‘lik signallari, metronomning tebranishi kabi sun'iy ta'sirotlardan 
shartli ta’sirotchi tariqasida foydalanilgan bo‘lsa, 
u U i a i g ,c i
jav o b an
bo‘lgan shartli reflekslar sun'iy shartli reflekslar deyiladi. Chunki bu shartli 
ta ’sirotlar o ‘z tabiatiga ko‘ra sun'iy, ya’ni shartsiz ta’sirotga tabiatan hech 
bir aloqasi yo‘q ta ’sirotlardandir. Masalan, qo‘ng‘iroq chalinib, keyin 
ozuqa berish yo‘li bilan itda hosil qilingan so‘lak ajralish shartli refleksi 
sun'iy shartli reflekslar qatoriga kiradi. Shartsiz ta ’sirotning biror belgisi, 
masalan, hidi, ko‘rinishiga javoban shartli refleks hosil qilingan bo‘lsa, 
bunday shartli reflekslar tabiiy shartli reflekslar deyiladi. Chunonchi 
oziqaning hidiga javoban hosil bo‘lgan so‘lak ajratish shartli refleksi tabiiy 
shartli refleksdir. Shartli reflekslar hosil b o iish tartibiga ko‘ra birinehi, 
ikkinchi, uchinchi, to ‘rtinchi va hokazo tartibli shartli reflekslarga 
bo‘linadi. Gap shundaki, shartli reflekslarni faqat shartsiz reflekslar 
negizidagina emas, balki ilgari hosil bo‘lgan shartli reflekslar negizida 
ham hosil qilsa bo‘ladi. Masalan, qo‘ng‘iroq chalishga javoban dastlab 
hosil bo‘lgan so‘lak ajratish shartli refleksi birinehi tartibli shartli refleks 
bo‘lsa, shu refleks asosida ikkinchi tartibli shartli refleks hosil qilish 
mumkin, buning uchun, chunonchi, aw al it terisini qashlash, so‘ngra 
qo‘ng‘iroq chalish kifoya. Agar tajriba shu tartibda bir necha marta 
takrorlansa, keyinchalik it terisini qashlashning o ‘zi mustaqil ravishda 
xuddi qo‘ng‘iroq chalishdagidek so‘lak ajralishiga sabab bo‘laveradi. Ana 
shu ikkinchi tartibli shartli refleks asosida uchinchi tartibli shartli refleks 
hosil qilsa b oiadi va hokazo. Tajribada beshinchi, oltinchi tartibli shartli 
reflekslar hosil qilish mumkinligi isbotlangan.

Download 14,15 Mb.
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



so ‘lak ajratish markazi, 5-eshitish markazi (uzun chiziqlar bilan hosil b olgan

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish