VI BOB. NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI
NAFAS OLISH VA CHIQARISH TIZIMI
Nafasning ahamiyati. Nafas olish - bu organizm va uni o‘rab
turuvchi atrof-muhit orasidagi gazlaming tinimsiz almashinuvidir.
Organizmda tinimsiz ravishda oksidlanish jarayoni bajariladi. Atrof-
muhitdan tushayotgan kislorod hujayralarga yetkazib beriladi va u yerda
sitoplazma tarkibiga kiruvchi yuqori molekulyar organik moddalardan
ajraladigan uglerod va vodorod bilan birikadi. Organizmdan chiqarilishi
kerak b o ‘lgan o ‘zgarishlarning oxirgi mahsulotlari - karbonat angidrid
gazi, suv va boshqa birikmalar organizmga tushgan kislorodning katta
miqdorini o'zlarida saqlaydi. Kislorodning kam qismi esa hujayra
sitoplazmasi tarkibiga kiradi.
Kislorod organizmni faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiyani
ajratuvchi bioximiyaviy jarayonlaming asosi hisoblanuvchi oksidlanish
jarayonini ta’min etadi. Shu sababli uning to‘qimalarini kislorod bilan
yetarlicha ta’minlamasdan organizm hayotini tasaw ur qilish mumkin
emas. Hayvon qanchalik murakkab darajada tuzilishga ega bo‘lsa, u
kislorod taqchilligini shunchalik qiyin yengadi. Yuqori darajada rivoj
langan hayvonlar, ayniqsa odamlar oksidlanish jarayonlari to‘xtashi bilan
bir necha daqiqa ichida o ‘ladi.
Nafas olish tiplarining evolyutsiyasi. Bir hujayrali organizmlarda -
diffuzli nafas olish mavjud - y a’ni gazlaming to‘g‘ridan-to‘g ‘ri hujayra
po‘stlog‘i orqali o ‘tishidir.
Quyi tabaqali ko‘p hujayralilarda, masalan chuvalchanglarda, quyi
hasharotlarda gazlaming almashinuvi tana yuzasidagi hujayralar orqali
bajariladi (teri orqali nafas olish). Teri orqali nafas olish maxsus nafas
organlari mavjud bo‘lgan quyi tabaqali umurtqalilarda (baliqlar, arrifibiya,
sudralib yuruvchilarda) katta rol o‘ynaydi. Bu organlar yashash sharoitiga
qarab rivojlangan bo‘ladi. Suvli nafas organlari bo‘lib turli tuzilishga ega
jabralar hisoblanadi (jabralar bilan nafas olish), havoli nafas olish organlari
bo‘lib - kekirdak va o ‘pka (kekirdakli, o ‘pkali nafas olish) hisoblanadi.
Barcha baliqlarda jabrali nafas olish mavjud, lekin ayrim baliqlar teri
hamda ichaklar orqali ham nafas oladilar. Ichak naychalaridan suzish
pufakchalari rivojlanadi va uning hujayralari kislorodni o‘ziga faol
singdirib oladi (gazlar sekresiyasi). Masalan, cho‘rtan baliqning suzish
pufagida 35 %, dengiz okunida 88 % gacha kislorod saqlanadi. Bundan
tashqari, suzish pufagi harakatlami koordinasiyalashda ham ishtirok etadi.
128
Suv umurtqalilarida ham tashqi, ham ichki jabralar mavjud.
Umurtqasiz hayvonlarda havoni qayta ishlovchi nafas organlari bo‘lib
qayta o'zgargan jabralar hisoblanadi. K o‘pchilik hasharotlarda kekir-
dakning nozik o‘simtalarining murakkab turidan tashkil topgan kekirdakli
tizim bo‘lib, u orqali to‘qimalar kislorod bilan ta’minlanadi. Repitiliy va
amfibiyalarda gazlar almashinuvining 2/3 qismi teri orqali va 1/3 qismi
o ‘pka orqali (o‘pkali nafas olish) bajariladi.
Parrandalarda nafas organlari o ‘ziga xos xususiyatlarga ega, ularda
ham reptiliylardagi singari diafragma yo‘q. Kekirdak o‘pka ichidan to ‘g ‘ri
havo xaltalariga o'tadigan 2-ta bronxga bo‘linadi. 0 ‘pka unchalik katta
emas va qobirg‘alar bilan aralashib ketgan. Havo o ‘pkadan undan
o ‘tadigan bronxlar shoxlariga, bronxiolalar va havo kapillyarlari-hamda
havo xaltalariga kelib tushadi. Uncha katta bo‘lmagan havo xaltalari -
ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida joylashgan. Barcha havo xaltalari o‘sim-
talarga ega va ulaming ayrimlari oyoqlaming uzun naysimon suyaklari
bilan tutashgan boiadi. Nafas olinganda qobirg‘alaming qismlari orasidagi
burchaklaming ortishi hisobiga vertikal yo‘nalishdagi ko‘krak hujay-
ralarining hajmi ortadi. Gazlar almashinuvi qon kapillyarlari bilan juda
yaxshi ta ’minlangan o ‘pka va havo kapillyarlarda bajariladi va ular orqali
havo nafas olish va chiqarish vaqtida ikki marta o ‘tadi (havo xaltalari va
o‘pkaga).
Havo xaltalari - ancha katta havo rezurvuari bo‘lib o ‘chish paytida
qushlami tanasini ushlab turish hamda tanani sovutish va uzoq muddat
nafas olinmaganda hayotini saqlab qolinishini ta’minlydi. Suvda suzuvchi
parrandalarga esa tana zichligini kamaytiradi, natijada parrandalar suvga
kam botadi.
0 ‘pka orqali nafas olish. Sut emizuvchilarda va odamlarda gazlar
almashinuvi deyarlik to ‘lig‘icha o ‘pkalar orqali bajariladi, teri va ovqat
hazmi orqali atigi 1-2 %, lekin ayrim hayvonlarda, masalan otlarda, ish
bajarganida 8 % gacha nafas teri orqali olinadi.
Nafas organlarining filogenetik rivojlanishi maxsus nafas olishga
yordam beruvchi muskullami rivojlanishi bilan birgalikda kechadi, ular
o‘z navbatida nafas olish yuzalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutatishi
natijasida havo yoki suvni doimiy almashinishini ta’min etilishini saqlab
kelganlar.
129
22-rasm. Nafas y o ‘llari.
1-burunbo‘shlig‘i, 2 -o g ‘iz bo‘shlig‘i, 3-burun-xalqum, 4-hiqildoq,
5-traxeya, 6-bronxlar, 7 -o ‘pka, 8-diafragma.
Evolyusiyaning qadimgi bosqichlarida bu almashinuv butun
gavdaning harakatlanishi bilan bajarilgan.
Nafas olish tashqi va ichki turlarga farqlanadi.
Tashqi yoki o ‘pka orqali nafas olish - bu o ‘pka yuzasi orqali qon va
o ‘pkada mavjud bo‘lgan havo orasida bajariladigan gazlar almashinuvidir.
Tashqi muhit bilan organizm, ya’ni qon o‘rtasida gaz almashinuvi,
yuqorida aytilganidek, o‘pka orqali amalga oshiriladi.
0 ‘pka yaxshi taraqqiy etgan juft organ bo‘lib, ko‘krak qafasida, berk
bo‘shliqda joylashgan. Har qaysi o ‘pka shaklan konusga o ‘xshagan bo‘lib,
ustki qismi uchi, pastki qismi esa asosi deb ataladi. 0 ‘pka, burun va og‘iz
bo‘shliqlari, tomoq, hiqlidoq, kekirdak va bronxlar orqali tashqi muhitga
tutashgandir. Bronxlar diametriga qarab birinchi, ikkinchi, uchinchi tartibli
bronxlarga boiinadi. Uchinchi tartibli bronxlar b o ‘linib, tarmoqlanib, juda
ingichka naychalami - bronxiollami hosil qiladi. Bronxiollar havo
pufakchalari - alveolalar bilan tugaydi (16-rasmg qarang). Binobarin,
o ‘pka parenximasini alveolalar tashkil qiladi. Ulaming devori bir qavat
hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, u yerda bir talay kapillyar qon
tomirlari chirmashib, to ‘r hosil qilgan. Bu kapillyarlaming devori ham bir
qavat endoteliy hujayralardan tashkil topgan. Shunday qilib, kapillyarlarda
oqayotgan qon bilan alveola ichidagi havo o ‘rtasida gaz almashinuvining
amalga oshishi uchun juda yaxshi sharoit vujudga keladi. Chunki
alveolalardagi havo bilan kapillyarlardagi qon bu yerda bor-yo‘g ‘i
130
qalinligi 0,004mm keladigan hujayra qatlami bilan bir-biridan ajralgandir.
Alveolalaming soni juda ko‘p bo‘lib, umumiy yuzasi haddan tashqari
keng. Masalan, qo‘ylar alveolalarining umumiy yuzasi gavdasining
yuzasidan bir necha on baravar katta bo‘lib, 50-80metr kvadratga teng
keladi. 0 ‘pkada gaz almashinuvining nihoyatda keng vuza bo‘ylab sodir
bo‘lishi ana shu misoldan ko‘rinib turibdi. 0 ‘pka orqali gaz almashinib
turishi uchun unga to ‘xtovsiz ravishda havo kirishi va undan tashqariga
to ‘xtovsiz havo chiqib turishi kerak. Buning uchun esa u doimo to‘xtovsiz
ravishda kengayib va torayib turishi zarur. 0 ‘pkaning o ‘zida
|