TOMIRLARDA QON OQISHINING BOSHQARILISHI




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

TOMIRLARDA QON OQISHINING BOSHQARILISHI
Qon tomirlari devorining aksariyat qismini silliq muskullar tashkil 
qiladi. Tomirlar devori bir maromda kelib turadigan uzluksiz ta’sirlar 
ostida doimo bir qadar qo‘zg‘algan holda, m a’lum tonusda turadi. 
Tomirlar tonusining m e’yoridan ortiq pasayishi ulaming kengayishiga, 
kuchayishi esa torayishiga olib keladi. Tomirlar tonusining qay darajada 
bo‘lishi asosan simpatik va parasimpatik nerv tolalaridan kelayotgan 
impulslarga bog‘liq.
Binobarin, tomirlaming tonusini markaziy nerv tizimi - simpatik va 
parasimpatik nerv tolalari orqali boshqarib boradi. Tomirlar tonusini 
oshiruvchi, tomirlami toraytiruvchi nervlar (vazokonstruktorlar) simpatik 
nerv tizimiga taaluqli tolalardir. Ammo, yurak toj tomirlari, miya 
tomirlarini boshqaruvchi nervlar bundan istisno, chunki simpatik nerv 
tolalari qo‘zg‘alganda bu tomirlaming tonusini pasaytiruvchi, tomirlami 
kengaytiruvchi (vazodilyatorlar) nerv tolalarining ayrimlari parasimpatik 
nerv tizimiga taaluqli bo‘lsa-da, aksariyat qismi simpatik nerv tizimi 
dastasi tarkibida keladi. Simpatik nerv tizimining toraytirib boshqarish 
xususiyatini dastlab, 1842 yilda A.P.Valter isbotlagan edi. U baqa 
quymich nervining simpatik tolasini kesganda, oyoq qon tomirlarining 
kengayganligini kuzatgan. Keyinchalik A.P.Valteming tajribasini Klod 
Bemar 1852 yilda quyonlarda utkazgan tajribasi bilan tasdiqladi.
K.Bemar quyonning bo‘ynidagi simpatik nerv tolasi kesilganda 
quloq surpasi tomirlarining kengayganligini, kesilgan nerv tolasining 
quloqqa yo‘nalgan uchi 
ta’sirlanganda esa, 
quloq tomirlarining 
torayganligini kuzatdi. Bora-bora simpatik nerv tizimining bunday 
xususiyati organizmning boshqa qismlaridagi qon tomirlarga ham xos 
ekanligi isbotlandi. Qon tomirlarini toraytiruvchi nervlar tomir devoriga 
uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turadi. Biroq tomirlami kengaytiruvchi 
nerv tolalari esa tomirlar devoriga ana shunday to‘xtovsiz ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Tomirlami toraytiruvchi nerv tolalari tomirlar faoliyatini 
boshqarishda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Ulaming vazifasi, 
tomirlaming mudom torayishga intilishini yengish bilan belgilansa kerak.
Shu sababli simpatik nerv tolalari kesilganda tomirlar kengaygani 
holda, tomirlami kengaytiruvchi nerv tolalari kesilganda tomirlaming 
torayishi deyarli kuzatilmaydi. Tomirlar tonusini boshqaradigan asosiy 
markaz 
uzunchoq 
miyada 
joylashgan. 
Bu 
markaz 
1871yilda 
F.V.Ovsyanikov tomonidan aniqlangan. Tomirlar tonusini boshqaradigan 
markaz ikki qismdan: tomirlami toraytiruvchi va tomirlami kengaytiruvchi 
qismlardan tashkil topgan. Markazning tomirlar tonusini oshirib,
118


tomirlami toraytiruvchi qismi tomirlar devorlaridan kelayotgan impulslar, 
qondagi kimyoviy moddalar -karbonat angidrid; sut kislota va boshqa 
moddalar ta’siri ostida doimiy tarzda tonik qo‘zg‘algan holda turadi va 
tomirlami torayishiga majbur qiladigan impulslami tomirlar devoriga 
to‘xtovsiz yuborib turadi. Markaziy tomirlami kengaytimvchi qismining 
tonusi ancha past, shu tufayli undan tomirlarga keladigan impulslar ham 
siyrak va zaif. Uzunchoq miyadagi markaz arteriya qon tomirlari bilan bir 
vaqtda vena tomirlarining sig‘imini ham boshqaradi va simpatik nerv 
tolalari orqali ularga kengaytimvchi impulslar yuboradi. Orqa miyaning 
yon shoxlarida tomirlar harakatini boshqaruvchi ikkinchi darajali markaz 
bor. Bu markaz ham tananing ayrim qismlaridagi qon tomirlariga 
tomirlami toraytiruvchi impulslar yuborib turadi. Uzunchoq miyadagi 
markazning tomirlami toraytiruvchi qismi shikastlanganda, orqa miyadagi 
markazlar tananing ayrim qismidagi arteriya va arteriollarga tomirlami 
toraytiruvchi impulslar berib, qon bosimining normallashib olishiga 
yordam beradi.
Bulardan tashqari, oraliq miyada, bosh miya yarim sharlarining 
po‘stlog‘ida ham tomirlar faoliyatiga ta’sir qiladigan markazlar bor.
Qon bosimining reflektor yo‘l bilan boshqarilishi. Organizmning 
barcha organ va to‘qimalarida turli-tuman (fizik, ximik, mexanik va 
boshqa) ta’sirotlami sezuvchi retseptorlar bor. To‘qimalarda tegishli 
o‘zgarishlar ro‘y berganida qo‘zg‘aladi va ta’sirotni markaziy nerv 
tizimiga, uning tegishli qismlariga uzatadi. Shu tariqa markaziy nerv tizimi 
to ‘qima va hujayralarda ro‘y berayotgan barcha o ‘zgarishlar to ‘g ‘risida 
uzluksiz axborot olib turadi va o ‘z navbatida turli organlarga, to‘qimalarga 
tegishli impulslar yuborib, ulardagi jarayonlami boshqaradi. Markaziy 
nerv tizimi tegishli interoretseptorlardan qon bosimi to‘g ‘risida ham 
axborot olib, yurak tomirlar tizimiga tegishli impulslar yuboradi va shu 
yo‘l bilan qon bosimining doim bir xil turishini ta’minlydi. Qon 
bosimining doimiyligini ta’minlashda tomirlardagi refleksogen zonalar 
retseptorlaming ahamiyati kattadir. Yurakning tez ishlashi va tomirlaming 
torayishi tufayli tomirlaming arterial qismida bosim oshib ketganda aorta 
yonidagi va uyqu arteriyasining tashqi va ichki uyqu arteriyalariga ajralgan 
joyidagi (karotid sinusidagi) refleksogen zonalaming retseptorlari 
qo‘zg‘aladi va ta’sirot markaziy nerv tizimga uzatiladi, natijada adashgan 
nerv markazi qo‘zg‘alib, simpatik nerv markazlarining tonusi pasayadi, bu 
yurak ishining sekinlashishiga va tomirlaming kengayishiga sabab bo'ladi; 
oqibatda qon bosimi pasayib, normallashadi. Ana shu tarzda yuzaga 
keladigan reflekslar qon bosimini pasaytimvchi depressor reflekslar
119


deyiladi. Yurak ishi sekinlashib qon tomirlari kengaygan paytda, 
tomirlaming arterial tizimida bosim pasayib, venalarda qon to‘planishi 
tufayli bosim bir muncha oshadi. Bu kovak venalaming o ‘ng yurak 
bo‘lmalariga quyilish joyidagi refleksogen zonalar retseptorlarning 
qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi, yuzaga kelgan ta’sirot markaziy nerv 
tizimiga uzatilishi tufayli simpatik nerv tizimi markazlari qo‘zg‘alib, 
adashgan nerv markazining tonusi pasayadi. Oqibatda yurak ishi tezlashib, 
tomirlar torayadi. Natijada arterial tizimda qon bosimi ko‘tarilib, asliga 
keladi. Qon bosimini shu tariqa oshiruvchi reflekslarga pressor reflekslar 
deyiladi.
Aorta yoyi va sinokarotid refleksogen zonalaridagi bosimni sezuvchi 
retseptorlar - baroretseptorlardir. Qon kimyoviy tarkibining o ‘zgarishini 
(qondagi karbonat kislota va kislotali boshqa moddalar miqdorini, qon pH 
ning o ‘zgarishini) sezadigan retseptorlar xemoretseptorlar deb ataladi. Bu 
retseptorlar qo‘zg‘alganda ham tomirlar torayib, qon bosimi ko‘tariladi. 
Qon bosimini oshiruvchi ana shunday baro, xemoretseptorlar ko‘mikda, 
limfa tugunlarida, taloqda, buyrakda, ichak va boshqa organlarda ham 
mavjud, degan dalillar bor. Organizmga past va yuqori xarortaning ta’siri 
ham tomirlar tonusining o ‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Sovuqda tomirlar 
toraysa, issiqda kengayadi va qon bosimi ham shunga yarasha bir qadar 
o‘zgaradi. Qon bosimiga oraliq miyaning gipotalamus qismi ta’sir 
ko‘rsatadi. Qon bosimining boshqarilishida miya po‘stlog‘ining ishtirok 
etishi haqida anchagina dalillar bor. Qon bosimining o'zgarishiga javoban 
shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi 
K.M.Bikov laboratoriyasida 
isbotlangan. Masalan, teriga yuqori xarorat ta ’sir ettirilsa, issiqdan tomirlar 
kengayishi tufayli teri qizaradi. Agarda teriga, shu tariqa issiq ta’sir etish 
biron-bir shartli ta’sirot ishtirokida olib borilsa (qo‘ng‘iroq chalish yoki 
elektr chirog‘i yoqish bilan), tajriba tegishli ravishda bir necha marta 
takrorlanganidan so‘ng, shartli ta’sirot yolg‘iz o‘zi ham (issiq ta’sirisiz) 
terming qizarishiga sabab bo‘laveradi. Qon tomirlarining tonusi markaziy 
nerv tizimi ishtirokisiz akson reflekslar yordamida ham o ‘zgarib turishi 
mumkin. Jumladan markazga intiluvchi nerv qo‘zg‘alganida, ta’sirotning 
bir qismi markazga yetib bormasdan, markazga intiluvchi nervdan ajralgan 
tola orqali qon tomiriga borib, uning tonusini o ‘zgartirishi mumkin.
Qon tomirlari tonusining gumoral yo‘l bilan boshqarilishi. Qon 
tomirlarining tonusi nerv tizimidan tashqari qondagi turli-tuman moddalar 
va gormonlar ishtirokida, ya’ni gumoral yo‘l bilan ham o‘zgaradi. 
Jumladan, buyrak usti bezi mag‘iz qavatining gormoni - adrenalin, 
gipofizning orqa bo‘lagidan ajraladigan gormon - vazopressin, buyrakda
120


hosil bo‘ladigan renin, ichaklarda, trombotsitlarda, bosh miyaning ayrim 
qismlarida uchraydigan 
serotonin tomirlami toraytirsa, 
moddalar 
almashinuvida hosil bo‘ladigan ba’zi mahsulotlar - gistamin, adenozin, 
trifasfat kislota va atsetilxolin tomirlami birmuncha kengaytiradi. 
Adrenalinning ta ’siri simpatik nerv ta’siriga ancha o‘xshaydi, ya’ni u 
yurakning toj tomirlari va miya tomirlaridan tashqari barcha qon 
tomirlarini toraytiradi. Vazopressin kamroq miqdorda arteriola va 
kapillyarlarni, ko‘proq miqdorda esa arteriya va venalami toraytiradi. 
Buyraklarda hosil bo‘ladigan modda - renin o‘z-o‘zidan tomirlami 
toraytira 
olmaydi. 
U plazmaning 
globulin 
oqsilining bir xili- 
gipertenzinogenga ta ’sir etib, uni gipertenzinga tomirlami toraytimvchi 
aktiv moddaga aylantiradi. Odatda buyrakda renin ko‘p miqdorda hosil 
bo‘lmaydi, shunga ko‘ra qonda gipertenzin ham ko‘p to ‘planmaydi, oz 
miqdorda to ‘planib qolganda ham qondagi gipertenzinaza fermenti 
ta’sirida parchalanib turadi. Qon bosimi pasayib, buyraklarga qon kelishi 
kamayganda renin va uning ta’siri bilan gipertenzin ko‘proq hosil bo‘ladi, 
oqibatda qon tomirlari torayib, qon bosimi bir muncha k o ‘tariladi. 
Tomirlar jarohatlanganda trombotsitlar parchalanib, ulardan serotonin 
ajralib chiqadi. Serotonin tomimi toraytirib, qon ivishiga qulay sharoit 
vujudga keltiradi. Organ qanchalik tez, faol ishlasa, unda gistamin va 
gistaminsimon moddalar shuncha ko‘p miqdorda hosil bo'ladi. Bu 
moddalar ishlayotgan organ tomirlarini kengaytirib, organning qon bilan 
yaxshiroq ta ’minlanishiga yordam beradi.
Tomirlar tonusini boshqarishda gumoral tizim albatta nerv tizimi 
bilan o ‘zaro chambarchas bog‘langan holda ishtirok etadi.
Tomirlar o ‘zanining (sig‘imining) bir m e’yorda saqlanishi. Biron 
sabab bilan organizmdan talaygina qon yo‘qotilganda qon miqdori 
kamayib ketishi oqibatida qon bosimi keskin pasaysa-da, ammo tez orada 
bosim yana avvalgi darajasiga kelib qoladi. Chunki bu vaqtda tomirlar 
devoridagi baroretseptorlar qo‘zg‘alib, tomirlar reflektor ravishda torayadi, 
qonga adrenalin, vazopressin, renin kabi gormonlar ham ko‘plab 
chiqariladi. Shunday qilib, tomirlar ichidagi qon miqdoriga yarasha 
tegishli ravishda torayadi. Biroq organizmning qon bosimini tiklash, asliga 
keltira olish qobiliyati cheklangan, shu sababli haddan tashqari ko‘p qon 
yo‘qotilgan paytda tezda chora ko‘rilmasa, o ‘lim muqarrar bo‘lib qoladi.
U yoki bu organ zo‘r berib ishlayotgan bo‘lsa, unga kelayotgan qon 
miqdori ko‘payadi, bunga tomirlar ham kelayotgan qon miqdoriga qarab 
kengayadi. Turli organlarda qon aylanish xususiyatini o‘rganish uchun 
pletizmograf degan asbobdan foydalaniladi. Bu asbob turli sharoitlarda
121


organning hajmini aniqlashga, demak, uning qon bilan qay darajada 
ta’minlanayotganligi to‘g ‘risida fikr yuritishga imkon beradi.

Download 14,15 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TOMIRLARDA QON OQISHINING BOSHQARILISHI

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish