harakat qiladigan bo‘lib qoladi. Aorta shoxlanishi tufayli hosil bo‘ladigan
arteriya qon tomirlari diametrining umumiy yig‘indisi aorta diametridan
kattaroqdir. Shuning uchun ham arteriyalarda qonning oqishiga ko‘rsa-
tiladigan qarshilik aortadagi qarshilikka nisbatan ko‘proq. Shunga ko‘ra
arteriyalarda qon aortadagiga nisbatan sekinroq oqadi.
Qon tomirlari ko‘ndalang kesimining umumiy yuzasi qonning oqish
tezligi uchun katta ahamiyatga ega. Umumiy kesimning yuzasi qancha
kichik bo‘lsa, qonning oqish tezligi shuncha katta bo‘ladi
va aksincha
kesimning umumiy yuzasi qancha katta bo‘lsa, qon shuncha sekin oqadi.
Bundan kelib chiqib har qanday kesimga ega bo‘lgan yuzadan oqib o ‘tgan
qon miqdori doimiydir.
Kapillyarlar yuzasining yig‘indisi aorta yuzasidan 600-800 marta
katta. Voyaga yetgan odam aortasining ko‘ndalang kesimi maydoni 8 sm2,
shuning uchun qon tomirlar tizimining eng tor joyi - aortadir. Katta va
o ‘rtacha arteriyalarda qarshilik unchalik katta emas, arteriolalarda esa u
keskin ortadi.
Qarshilik kapillyarlarda kuchli ortadi (tashqi ishqalanish), ayniqsa,
diametri eritrositlar diametridan tor bo'lgan kapillyarlarda ular juda
qiyinchilik bilan o‘tadi. Katta qon aylanish doirasida umumiy kapillyarlar
soni - 2 mlrd. kapillyarlami venulalarga aylanishi
tufayli venalami ham
umumiy yuzasi kichrayadi; kovak venalaming yuzasi 1,2-1,8 martagina
aorta yuzasidan kattadir.
Qonning oqishini to‘g ‘ri chiziqli tezligi katta va kichik qon aylanish
doiralarining boshlanishi va tamom bo‘lish qismlaridagi qon bosimining
farqi va qon tomirlar ko‘ndalang kesimi yuzasiga bog‘liqdir. Yuza
yig‘indisi qancha katta bo‘Isa, tezlik shuncha past va aksinchadir.
Qonning eng yuqori oqish tezligi aortadir, sistola paytida u 500-600
mm/s, diastola paytida 150-200 mm/s. ga teng. Arteriyalarda tezlik 150
200 mm/s.ga teng, arteriolalarda esa u keskin -5 mm/s pasayadi. Qonning
eng sekin oqish tezligi - 0,5 mm/s kapillyarlarda kuzatiladi. 0 ‘rtacha
venalarda qonning oqish tezligi 60 dan 140 mm/s
gacha ortadi, kovak
venalarda esa - 200 mm/s gacha yetadi. Qon oqimini kapillyarlarda
sekinlashishi qon bilan kapillyarlar devori orqali to‘qimalar orasida
moddalar va gazlar almashinuvida katta ahamiyatga ega.
Qonning barcha qon aylanish doiralarini to ‘lig‘icha aylanib chiqishi
uchun kerak bo‘lgan eng kam vaqt -21-22 soniyani tashkil etadi. Bu
ko‘rsatkich turli hayvonlarda turlichadir, otlarda 40 s, sigirlarda 28-34 s.,
qo‘y va echkilarda 24-25 s.
114
Odamlarda qonning to ‘lig‘icha aylanish vaqti,
ovqat hazrn
q ilish va
jismoniy ish bajarganida qisqaradi. Ovqat hazm qilish vaqtida qorin
bo‘shlig‘i organlari orqali jismoniy ish bajarilganda esa - muskullar orqali
qonning oqish tezligi tezlashadi.
Arteriya pulsi. Tomirlar devorining yurak faoliyati tufayli ritmik
ravishda to‘lqinsimon harakat qilib turishiga puls yoki tomir urishi
deyiladi. Yurak aortaga qonni muayan ritmda, bo‘lib-bo‘lib haydaydi.
Oqibatda uning devori haydalayotgan qon ritmiga mos ravishda kengayib-
torayib turadi. Aortaning ritm bilan kengayib-torayib turishi arteriya
tomirlari bo ‘ у lab to‘lqinsimon tarqaladi. Bunga arteriya pulsi deyiladi.
Puls qonning oqish tezligiga qaraganda ancha tez tarqaladi.
Jumladan,
aortada qonning oqish tezligi 400-500mm/sek bo‘lgani holda, puls toTqini
7-9mm/sek tezlik bilan tarqaladi. Yurakdan uzoqlashgan sari puls to‘lqini
so‘na borib kapillyarlarda bilinmay qoladi. Arteriya pulsini otlarda va
qoramollarda tashqi ja g ‘ arteriyasidan, mayda hayvonlarda esa son
arteriyasidan paypaslab aniqlash mumkin.
21-rasm. Sflgmogramma.
Arteriya pulsini sfigmograf asbobi yordamida grafik ravishda yozib
olish mumkin. Yozib olingan shu chiziqqa sflgmogramma deyiladi.
Sflgmogramma uch qismdan tashkil topadi - yurak qorinchalarining
sistolasida tomir devorlarining kengayishi tufayli yuqoriga ko‘tarilgan egri
chiziq-anakrota, yurak qorinchalarining diastolasi tufayli pastga tushgan
egri
chiziq -katakrota, yarim oysimon klapanning yopilishi oqibatida
chiziladigan chiziq-dikrota.
Puls - vaqt birlgida yurakning qisqarib, kengayishlari soni chastotasi
puls to‘lqinlarining barovar vaqt oralig‘ida, bir maromda takrorlanib
turishi-ritmi, puls to‘lqinlarining tomir devori bo‘ylab naqadar tarqalishi -
tezlik; puls to‘lqinining tomir devorini qay darajada kengaytira olishi -
balandlik; puls to‘lqinining yo‘qolishi uchun tomir devoriga bosish zarar
bo‘lgan kuch-puls kuchi va boshqa belgilar bilan ta’riflanadi. Puls
tezligiga ko‘ra tezlashgan
yoki sekinlashgan, chastotasiga ko‘ra ko‘p yoki
115
kam, ritmiga ko‘ra ritmli yoki ritmsiz, puls to‘lqinining tomirni nechog‘li
kengaytira olishiga qarab baland yoki past, kuchiga qarab bo‘sh yoki qattiq
(kuchli yoki kuchsiz) bo'lishi mumkin. Pulsning xarakteri yurak-tomirlar
tizimi faoliyatining turli xildagi o ‘zgarishlarida boshqacha bo‘lib qoladi.
Uni aniqlash organizmdagi turli kasalliklami bilib olishda katta
ahamiyatga ega.
Vena pulsi. Vena pulsi asosan yirik kovak venalaming yurakka yaqin
joylarida kuzatiladi. Mayda, kichik diametrli venalarda puls to'lqini qayd
qilinmaydi. Arteriya pulsi yurak qorinchalarining faoliyatiga bog'liq
bo‘lsa, vena pulsi yurak bo‘lmalarining faoliyatiga bog‘liqdir. Vena pulsi
flebograf asbobi yordamida yozib olinishi mumkin. Yozib olingan shu egri
chiziqqa flebogramma deyiladi. Flebogrammada
A,
С va V tishchalar farq
qilinadi. A tishcha bo‘lma sistolasi paytida qonning juda qisqa vaqt
davomida kovak venalarda to ‘xtab turishi
va bu vaqtda kovak venalar
devorining bir oz kengayishi oqibatida chiziladi.
С - tishcha qorinchalar sistolasining boshlanishi, tabaqali klapan-
laming yopilishiga aloqadordir. C-tishchadan keyin pastga qarab tushgan
chiziq va V - tishcha qorinchalar sistolasining oxirida bo‘lmalarga qon
to ‘lib, kovak venalarga toshib chiqishi sababli tomir devorining bir oz
taranglanishi tufayli chiziladi. Vena pulsini yozib olish yurak faoliyatini
tekshirishda katta ahamiyatga ega.