Yurak bilan haydalayotgan qonning miqdori qon bosimi ko‘tarilishini
chaqiradi.
Har bir sistola paytida haydalayotgan qonning hajmi kamaymasa
bunday hollarda yurak urishi tezligi ham qon bosimining ortishini
chaqiradi.
0 ‘rtacha va mayda arteriyalarining - arteriolalami muskulli devorlari
tonusda, ya’ni biroz qisqargan holda bo‘ladi. Shu sababli arteriya va
arteriolalar qarshilik ko‘rsatuvchi tomirlar deyiladi. Tomirlar tizimining
qon bilan to ‘lishi darajasi asosan arterial
tomirlar devorining doimo
bo‘lgan tonusi hisobiga ta ’min etiladi. Bu tonusning tushib ketishi qon
tashuvchi tomirlaming hajmini oshiradi va bir xildagi massaga ega bo‘lgan
qon, tomirlar tizimining to ‘lishini kamaytiradi, bu esa qon bosimining
pasayishiga olib keladi.
Arterial tomirlaming faol qisqarishi paytida qon oqimiga qarshilik
ortadi, bunday paytlarda qon bosimi ko'tariladi.
Qon bosimining darajasiga umumiy qon massasining juda katta qismi
oqib o'tadigan qorin bo‘shlig‘idagi arteriolalaming torayishi yoki
kengayishi ayniqsa katta ta’sir ko‘rsatadi. Qon yopishqoqligining ortishi
tomirlar devorlariga qonning ishqalanishini va ichki ishqalanishni oshiradi,
y a’ni qarshilikni oshiradi, bu esa qon bosimining ko‘tarilishiga olib keladi.
Qon bosimini o ‘lchashning ikki usuli bor:
a) qonli usul (K.Lyudvig usuli);
b) qonsizusul.
Qon bosimini qonli usul bilan aniqlash ancha mushkul. В uning uchun
hayvonga
narkoz berish, uni harakatsizlantirish, qimirlamaydigan qilib
111
bog‘lanadi va shularga uxshash boshqa choralami ko‘rish kerak. So‘ngra
esa hayvonni operatsiya qilib, qon bosimi aniqlanadigan tomimi ochish va
simob monometriga ulash zarur. Artetiyalarda qon bosimi aniqlanayot-
ganda simobli, venalarda bosim past bo‘lganligi uchun suvli mono-
metrlardan foydalaniladi. Kapillyarlardagi
qon bosimi Krog usuli bilan
o‘lchanadi. Buning uchun kapillyarlami mikroskop ostida kuzatib turib
(kapillyaroskopiya), maxsus kamerada kapillyarlarda oqayotgan qonni
to‘xtatish uchun zarur bo'lgan bosim hosil qilinadi, bu ulardagi qon
bosimiga teng bo‘ladi.
Qon bosimining o‘zgarishini yozib oladigan bo‘lsak, uch xil
tartibdagi to'lqinlar farqlanadi.
Birinchi tartibdagi to ‘lqinlar yoki pulsli to‘lqinlar. Qon bosimi
sistola paytida ko‘tarilsa, diastola paytida biroz tushadi.
Sistola paytidagi
bosim sistolik yoki maksimal, diastola paytidagi bosim diastolik yoki
minimal bosim deb ataladi. Sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq
puls bosimi deb ataladi. Bir xildagi sharoitlarda puls bosimi yurakning
sistolik hajmiga bogiiqdir. Yurakdan qancha uzoqlashsa puls bosimi
shunchalik kam bo‘ladi. Mayda arteriyalar va kapillyarlarda puls to‘lqini
y ° ‘q.
Ikkinchi tartibdagi toiqinlar - nafas toiqinlari. Nafas olishda
ko‘krak bo‘shlig‘ining so‘ruvchanlik harakatining ortishi
tufayli bu paytda
yurakka kelayotgan qon oqimining ko'payishi kuzatiladi, natijada qon
bosimi ortadi. Nafas chiqarishda esa qon bosimi pasayadi. Bu o ‘zgarishlar
ko‘krak qafasining harakatlariga mos keladi va shu sababli ular puls
bosimidan kamdir yoki sustdir. Chunki bir nafas to‘lqini vaqtida bir necha
pulsli to ‘lqinlar qayd qilinadi.
Uchinchi tartibdagi to‘lqinlar - tomirlar devorlari tonusining asab
tizimi bilan boshqarilishming o‘zgarishi bilan bog‘liqdir, ya’ni tomirlar
tonusining reflektor ortishi yoki kamayishi
natijasida qon bosimining
ko‘tarilishi yoki pasayishidir. Bu to‘lqinlar miyada kislorod taqchilligi
paytida juda aniq namoyon bo'ladi, ular nafasli to'lqinlardan ham siyrak.
Bitta uchinchi tartibdagi to ‘lqinlarda bir necha ikkinchi tartibdagi
to ‘lqinlar namoyon bo‘ladi. Eng yuqori qon bosimi yurak bo‘shlig‘ida va
aortada aniqlangan. Voyaga yetgan odamning yelka arteriyasida 20
yoshdan 40 yoshgacha to‘lig‘icha jismoniy va ruhiy tinchlik paytida
sistolik bosim 110-125 mm.sim.ust., diastolik bosim esa 60-85
mm.sim.ust.teng bo‘lsa, ular orasidagi farq yoki puls bosimi 35-50
mm.sim.ust. teng bo‘ladi.
112
Yoshga bog‘liq holda, bo‘y va tana og‘irligining o‘sishi bilan ham
qon bosimi orta boradi. 50-60 yoshda sistolik bosim 125-135 mm.sim.ust.,
diastolik bosim esa 80-90 mm.sim.ust.teng bo‘ladi. Yoshi o‘tgan ayollarda
qon bosimi, yoshi o ‘tgan erkaklardagidan yuqori bo‘ladi.
Moddalar almashinuvining ortishi qon bosimining ko‘tarilishini
keltirib chiqaradi.
Chap qorinchadan uzoqlashgan sari qon bosimi pasaya boradi, chunki
aortada yurak ish energiyasi hosil qilgan bosim qon tomirlar tizimida
qonning harakatiga ko‘rsatilayotgan qarshilikni yengish uchun sarflanadi.
Katta va o ‘rta arteriyalarda qon bosimi bor-yo‘g ‘i 10 % ga pasaysa,
arteriolalar va kapillyarlarda esa 85 % ga pasayadi.
Odam aortasida bosim 120-140 mm.sim.ust., yo‘g ‘on arteriyalarda -
110-125 mm.sim.ust., mayda arteriyalarda -70-90, arteriolalarda -40-60,
kapillyarlarda -20-40, yirik venalarda -10-15, kovak venalarda nafas
olish
davrida 2-5 mm.sim.ust.teng bo‘lsa, nafas chiqarish paytida ko‘krak
qafasini so‘ravchanlik harakati tufayli bosim atmosfera bosimidan -3-7
mm.sim.ust., past bo'ladi. Oyoqlaming pastki venalarida aksincha, nafas
olishda bosim ko‘tariladi, nafas chiqarishda esa pasayadi.
Uzoq, qator kunlar davomida voyaga yetgan odamlarda sistolik
bosimni 100 mm.sim.ust.past bo‘lishi gipotoiniya deb qayd qilinsa, 140
mm.sim.ust.dan yuqori bo‘lishi gipertoniya deb qayd qilinadi.