partsial bosimi:
Qayerda
Miqdori o/o hisobida
Partsial bosim mm / simob
ustuni hisobida
o2
co2
n
2
o2
co2
n
2
Alveola
havosida
14,5
16,0
4,5-6,0
78
80,0
UO-
115,0
38-45,0
570
571,8
Arterial qonda
20-21,0 35-40,0
0,95
95-110,0 40-50,0
Venoz qonda
12,0
50-55,0
0,95
20-40,0 40-60,0
_
134
Jadvaldan ko ‘rinib turganidek, alveola havosidagi kislorod
parsial bosimi (100-115mm simob ustuni) venoz qondagi kislorod
parsial bosimi (20-40mm) sezilarli darajada baland b o ‘lgan holda,
alveola havosi va venoz qondagi karbonat angidrid parsial bosim lari
o ‘zaro kam farq qiladi. Shunga qaramay, bu farq alveola havosidan
qonga kislorod o ‘tayotgan paytda karbonat angidridning muntazam
ravishda alveola havosiga o ‘tishini ta ’minlay oladi. A lveola havosi
bilan qon o ‘rtasida gazlar almashinuviga alveolalar va kapillyarlam ing
yuza kengligi, devorlarining gazlarni o ‘tkazish xususiyatlari va
kapillyarlardagi qon bosimi ta ’sir k o ‘rsatadi. Turli kasalliklarda
alveolalar ichki b o ‘shlig‘iga suyo'qliklar to ‘planishi, kapillyarlardagi
bosimning oshib ketishi va shunga o ‘xshash boshqa om illar'g azlar
almashinuviga bir muncha to ‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, alveola
havosi bilan qon o ‘rtasidagi gazlar almashinishi oqibatida, o ‘pkaga
olinayotgan havo tarkibidagi kislorodning 5%ga yaqin qismi qonga
o ‘tib, qondan 4%ga yaqin karbonat angidrid alveola havosiga o ‘tadi.
N afasga olinadigan va nafasdan chiqariladigan havo tarkibini
o ‘rganib, bunga ishonch hosil qilsa b o ‘ladi.
15-Jadval.
Nafasga olinadigan va undan chiqariladigan havoning tarkibi
__________________ (foiz hisobida):____________ _______
o
2
c o
2
n
2
Nafasga
olinadigan havo
0,03
20,94
79,30
Nafasdan
chiqariladigan havo
4,40
16,30
79,60
Nafasga olinadigan va undan chiqariladigan havodagi azot
miqdorining deyarli o ‘zgarmasligi jadvaldan ko‘rinib turibdi, nafasdan
chiqarilayotgan havoning dastlabki qismi tarkibi jihatidan atmosfera
havosining tarkibiga juda yaqin bo‘ladi. Chunki nafas chiqarilayotganda,
dastawal, gaz almashinuvida ishtirok etmagan havo “zararli bo‘shliq”
havosi chiqariladi. Nafasdan chiqariladigan havoning keyingi, oxirgi qismi
esa, o‘z tarkibi jihatidan alveola havosining tarkibiga yaqin turadi. Shu
sababli, nafasdan chiqariladigan havoning oxirgi qismi tarkibini o ‘rganib,
alveola havosining tarkibi to‘g‘risida fikr yuritsa boiadi. Alveola
havosining tarkibi nafas olish va chiqarish paytlarida kam o ‘zgaradi, nafas
135
chiqarilayotgandagina tarkibidagi karbonat
angidrid
0,3-0,4%
ga
kamayadi. Nafasdan chiqarilayotgan havoning bosimi alveola havosi
tarkibidagi suv bug‘lari hisobiga bir mincha ko‘paygan bo‘ladi.
Gazlaming qon bilan tashilishi. Qonning organizmdagi eng muhim
vazifalaridan biri gazlami (kislorodni) o ‘pkadan to‘qima va hujayralarga
va aksincha to ‘qimalardan o ‘pkaga toshishdir. 0 ‘pkada alveola havosi
bilan venoz qon o ‘rtasida gaz
almashinar ekan, m a’lum miqdordagi
karbonat angidrid venoz qondan alveola havosiga o ‘tkaziladi, shu vaqtning
o‘zida venoz qon alveola havosidan o ‘tadigan kislorod bilan tegishli
darajagacha to ‘yinadi. Shunday qilib, o ‘pkada venoz qon kislorod bilan
to ‘yinib, arterial qonga aylanadi va kislorodni organizmning barcha
hujayralariga yetkazib beradi. To‘qimalarda esa, arterial qon bilan
hujayralar o‘rtasidagi gaz almashinuvi tufayli, arterial qondan m a’lum
miqdordagi kislorod hujayralarga o ‘tadi, shunda arterial qon hujayralardan
karbonat angidrid gazini olib, shu bilan to‘yinadi va venoz qonga aylanadi,
so‘ngra o ‘pka tomon harakat qiladi. Qon o‘pkada karbonat angidridni,
to ‘qimalarda esa kislorodni o‘zidan hech vaqt to‘la bermaydi. Qonda
m a’lum miqdordagi kislorod, karbonat angidrid doimo organizm bo‘ylab
aylanib yuradi. Qonning gazlari deganda ham qonda bo‘ladigan ana shu
gazlar nazarda tutiladi. Organizmda kechayotgan oksidlanish jarayonlari
muqarrar ravishda kislorodning o‘zlashtirilishi, sarflanishi va karbonat
angidridning ajralib chiqishi bilan birga davom etadigan bo‘lgani uchun
qondagi ana shu gazlami o ‘rganish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
l.M.Sechenov o ‘tgan asrdayoq qonning gaz tarkibini o ‘rganish sohasida
katta ishlar qildi va oqibatda birinchi b o ‘lib arterial va venoz qonlaridagi
kislorod, karbonat angidrid va azot miqdorini to‘g‘ri aniqladi. Keyingi
paytlarda qonning gaz tarkibini boshqa bir qator olimlar ham o ‘rgandi.
Hozirgi kunda buni fiziologiyadagi eng yaxshi o ‘rganilgan masalalardan
biri desa xato b o ‘lmaydi.
Kislorodning qon bilan tashilishi. Qonda kislorodning bir qismi qon
plazmasida erigan holda, asosiy qismi esa eritrotsitlardagi gemoglobinga
birikkan
holda (bunda oksigemoglobin hosil
bo‘ladi)
tashiladi.
Kislorodning plazmada nechog‘li erishi, shuningdek, gemoglobin bilan
birikib, oksigemoglobin hosil qilishi parsial bosimga ko‘p jihatdan bog'liq.
Gemoglobinning ajoyib xususiyatlaridan biri shuki, u kislorodni
parsial bosimi baland joyda - o ‘pkada juda yengil biriktiradi, parsial bosim
past joyda - to ‘qimalarda esa uni o‘zidan osonlik bilan ajratib chiqaradi.
Bir gramm gemoglobin to ‘liq oksigemoglobinga aylanganda l,34ml(dm3)
kislorodni biriktiradi. Agarda turli qishloq xo‘jalik hayvonlarining qonida
136
o ‘rtacha 13-15gr.%gemoglobin bo‘lishini hisobga olsak, o ‘pkada lOOn
qondagi gemoglobin to‘liq oksigemoglobinga aylanganda qancha kisloro
biriktirib olishini aniqlay olamiz. 100ml qondagi gemoglobinning to ‘l
oksigemoglobinga aylanishi uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdorig
qonning kislorod sig‘imi deyiladi.
Qonning kislorod sig‘imi turli hayvonlarda o'rtacha 17,32-20,0 sm
ni tashkil qiladi. Qonning kislorod sig‘imini bilgan holda qon tomirlaridai
endigina olingan qon tarkibidagi kislorod miqdorini aniqlab, bu qonninj
kislorod bilan qay darajada to ‘yinganligi to‘g ‘risida fikr yurita olamiz
Kislorodning parsial bosimi bilan gemoglobinning oksigemoglobing,
aylanishi o ‘rtasidagi munosabatni, oksigemoglobinning dissotsiatsiya egr
chizig‘iga qarab kuzatsa bo‘ ladi (28-rasm).
,
Kislorod bosimi mm simob
ustunida
24-rasm. Kislorodning turli bosimida (38° da) gemoglobinning
kislorod bilan to'yinish darajasini ifodalovchi egri chiziq.
Rasmdan ko‘rinib turganidek, alveola havosidagi kislorodning,
parsial bosimi nolga teng bo‘lganda, gemoglobin oksigemoglobinga
aylanmaydi. Kislorod parsial bosimini ko‘tarilishini dastlabki davrida
gemoglobin jadal ravishda oksigemoglobinga aylanib boradi, kislorod
parsial bosimi simob ustuni hisobida 70-100mm.ga yetishi bilan, qondagi
gemoglobinning qariyb hammasi (96% ga yaqin qismi) oksigemoglobinga
aylanib qoladi. Arterial qonda kislorodning parsial bosimi 95-100mm
atrofida bo‘ladi. Bu esa undagi barcha gemoglobinning oksigemoglobin
holatida bo‘lishini k o ‘rsatadi. To‘qimalarda kislorodning parsial bosimi
juda past shu sababli to‘qima kapillyarlarida oksigemoglobin tezda
dissotsiatsiyalana boshlaydi, ya’ni gemoglobin bilan kislorodga parchalana
137
boshlaydi.
Ajralib
chiqayotgan
gemoglobin
tezda
to‘qimalarga,
hujayralarga o ‘tib, o ‘zlashtiriladi. Oksigemoglobinning dissotsiatsiyalanish
darajasiga harorat va qon pH- ko‘rsatkichi ta’sir ko‘rsatadi. Harorat va
vodorod ionlari konsentratsiyasining ko‘rsatkichi qancha yuqori bo‘lsa,
oksigemoglobinning parchalanishi ham shuncha tezlashadi. Binobarin,
to‘qimalarda kislorodning hujayralarga, karbonat angidridning qonga
o‘tkazilishi natijasida, qon muhitining kam darajada bo‘lsa ham, kislotali
tomonga siljishi oksigemoglobinning dissotsiatsiyalanishini tezlashtiradi-
gan asosiy omillardan bo‘lib qoladi. Organ qancha tez ishlasa, unga
shuncha ko‘p qon oqib kelishi kerak bo‘ladi; bu vaqtda kislorodning
o ‘zlashtirilishi ham, qonning karbonat angidrid bilan to‘yinishi ham
shuncha tez boradi, buning ustiga ishlayotgan organda harorat ham
ko‘tarilgan bo‘ladi. Mana shularning hammasi, faol ishlab turgan
organning kislorod yetarlicha ta’minlanishi uchun to‘la-to‘kis sharoit
yaratib beradi. Qonida 12gr/% gemoglobin bo‘lgan hayvonning 100 ml
qoni to‘qima kapillyarlaridan o ‘tganida o‘zidan 5ml kislorod bo‘lishi
tekshirishlarda isbotlangan. Qondagi gemoglobin 16gr/%ga yetganida 100
ml qondan to‘qimalarga o‘tadigan kislorod 6,5 ml ga boradi. Atmosfera
havosida binobarin, alveola havosida kislorod parsial bosimining bir
muncha kamayishi qonda oksigemoglobin hosil bo‘lishining kamayishi va
shu tufayli organizmda sezilarli o‘zgarishlar kelib chiqishiga olib
bormaydi. Chunki kislorod parsial bosimi simob ustuni hisobida 60 mm ga
teng bo‘lganda ham, qondagi gemoglobinning qariyb 90% oksigemog-
lobinga aylanadi. Ammo kislorodning parsial bosimi ancha kamayib,
taxminan 50 mm dan pastga tushsa, qonda oksigemoglobinning hosil
bo‘lishi kamayadi, natijada qon kislorod bilan yaxshi to‘yinmay qoladi,
gipoksemiya deb shunga aytiladi. Bu vaqtda organizm to‘qimalarining
kislorod bilan taq’minlanishi kamayadi, oqibatda to‘qimalarda kislorod
kamchiligi - gipoksiya kuzatiladi. Agarda gipoksemiya juda kuchli,
sezilarli darajada bo‘lsa, to‘qimalarga kislorod mutlaqo bormay qo‘yadi,
bu anoksiya deyiladi. 0 ‘z-o‘zidan m a’lumki, bunda shoshilinch choralar
ko‘rilmasa organizm o ‘lib qoladi.
Karbonat angidridning qon bilan tashilishi. Organizmning barcha
to ‘qimalarida kechayotgan moddalar almashinuvi oqibatida chiqindi
modda sifatida uzluksiz ravishda karbonat angidrid hosil bo‘lib turadi.
Hosil bo‘layotgan karbonat angidrid to‘qimalarda ma’lum (simob ustuni
hisobida, o ‘rtacha 67mm) parsial bosimni yuzaga keltiradi va
diffuziyalanib qonga o ‘tadi. Qonga o ‘tgan karbonat angidridning 2,7-3,0
% ga yaqin qismi plazmada erkin erigan holda, qolgan qismi esa turlicha
138
birikkan holda qon bilan o‘pkaga tashiladi. Karbonat angidridning, qon
eritrotsitlariga birikib tashilishini quyidagicha tasavvur etsa bo‘ladi.
M a’lumki, to‘qimalarda oksigemoglobin gemoglobin va kislorodga
parchalanar ekan, bu jarayon qon eritrotsitlariga so‘rilayotgan karbonat
angidrid ishtirokida bir muncha tezlashadi ham. To'qimalarda karbonat
angidrid bilan gemoglobinning murakkab asosli birikmalari hosil bo‘lishi
uchun imkoniyat yaratiladi. To‘qimadan qonga o‘tadigan karbonat
angidridning asosiy qismi eritrotsitlarning ichiga kiradi, shu karbonat
angidridning 80% ga yaqin qismi suv bilan birikib, karbonat kislotaga
aylanadi, bu jarayonni eritrotsitlardagi karboangidraza fermenti ancha
tezlashtiradi. Shu vaqtning o ‘zida plazmada ham karbonat angidridning
kamroq qismi H+ va karbonat ionlarga oson dissotsiatsiyalanuvchi kuchsiz
karbonat kislotaga aylanadi. Eritrotsitlarning ichidagi karbonat kislotalar
ham tezda H+ va karbonat ionlarga parchalanadi. Bu vaqtda plazmada
hosil bo‘layotgan karbonat ionlari plazma oqsillari bilan o‘zaro yaqin
munosabatda bo‘lgan Na+ kationlari bilan, eritrotsitlarda hosil bo‘layotgan
karbonat ionlari esa qaytarilgan gemoglobin bilan tutashgan K+ kationlari
bilan birikadi. Eritrotsitlarning ichida bir muncha ko‘proq miqdorda
karbonat anionlari hosil bo‘layotgani sababli ulaming hammasi K+ bilan
birika olmaydi. Natijada bu anionlaming talaygina qismi plazmaga chiqadi
va yuqorida aytilganidek, u yerdagi Na+ kationlari bilan binkadi.
Eritrotsitlardan chiqayotgan karbonat
anionlari o ‘miga plazmadan
ulaming ichiga Na+ kationlaridan ajralgan Cl-anionlari kiradi. Boshqacha
aytganda bu vaqtda karbonat anionlari bilan Cl anionlari o ‘zaro o ‘rin
almashadi.
Xlor anionlarini eritrotsitlarning ichiga kirishi natijasida u yerda
osmotik bosim bir muncha oshadi, bu esa eritrotsitlarning ichiga muayan
miqdor suv kirishini taqozo qiladi, natijada eritrotsitlar salgina shishib,
hajmi kattalashadi. Shunday qilib eritrotsitlarning ichida gemoglobinni
gem guruhi bilan yaqin munosabatda b o ‘lgan kaliy bikarbonatlar
(KHCO3)
va plazma oqsillari bilan yaqin munosabatda bo‘lgan natriy bikarbonatlar
(N aH C 03) paydo bo‘ladi, lekin, natriy bikarbonatlar kaliy bikarbonatlarga
qaraganda ko‘proq miqdorda hosil bo‘ladi. Bikarbonatlaming hosil
bo‘lishi eritrotsitlar bilan plazma anionlarining o ‘zaro o ‘rin almashishi
H C 0 3 - anionlarining eritrotsitlardan chiqishi va Cl - anionlarining esa
eritrotsitlarga kirishi bilan birga davom etadi. Bikarbonatlardan tashqari,
karbonat angidridning 15-20% ga yaqin qismi karbonin bo‘g ‘larini hosil
qilib, gemoglobindagi ammoguruhlar bilan birikadi va karbgemoglobin
holatida tashiladi.
139
O'pkada esa alveola havosidan o ‘tgan kislorod eritrotsitdagi qayta-
rilgan gemoglobin bilan birikib, oksigemoglobin hosil qiladi. Oksige
moglobin
qaytarilgan gemoglobinga
qaraganda kuchliroq kislota
bo‘lganligi sababli eritrotsitlardagi bikarbonatlardan K+ kationlarini ajratib
olib, o ‘miga H+ kationini beradi,
Oqibatda H2S 0 3-karbonat kislota hosil bo‘ladi.
Bu kislota
karboangidraza fermentining ishtirokida tezda C 0 2 va H20 ga
parchalanadi. Eritrotsit ichida esa karbonat angidridning parsial bosimi
ko‘tarilib, bu gaz kapillyar va alveola devorlari orqali alveola havosiga
o ‘ta boshlaydi. Shu vaqtaing o ‘zida gemoglobindagi aminoguruh
ishtirokida hosil bo‘lgan karbgemoglobin ham tez parchalanadi va o‘zidan
karbonat angidridni to'liq ajratib, alveola havosiga chiqaradi. Shuning
natijasida eritrotsitlar ichida H va H C 0 3 ionlari kamayadi, bu esa
plazmadagi bikarbonatlaming parchalanishiga va yangi hosil bo‘lgan
hamda plazmada erigan H C 03 ionlarining eritrotsitlarga shimilishiga
sabab bo‘ladi. Eritrotsitlarga H C 0 3 ionlarining kirishi ulardan xlor ionlari
hamda belgili miqdorda suvning plazmaga chiqishini taqozo qiladi.
H C 03 ionlari eritrotsitlarga kirishi bilanoq suv ishtirokida karbonat
kislotaga aylanadi, bu kislota esa, o ‘z navbatida, karboangidraza fermenti
ishtirokida C 0 2 va H20 ga parchalanadi.
Nafas harakatlari. Nafas olish aktida, o ‘pka passiv rolni o‘ynaydi.
Ular faol holda kengayish va qisqarish xususiyatiga ega emas, chunki
ularda muskullar yo‘q. Nafas olishda havoning o ‘pkaga kirishi va nafas
chiqarishda uning o ‘pkadan haydalishi nafas muskullarining bo'shashishi
va qisqarishi tufayli amalga oshadi, chunki bu muskullar nafas aktida hal
qiluvchi rolni o ‘ynaydi.
Nafas muskullarining qisqarishi bosh miya yarim sharlarini
neyronlariga tushadigan impulslar hisobiga o ‘z-o‘zidan chaqirilishi
mumkin. Ammo, o‘rganish bo‘lib qolgan sharoitlarda nafas harakatlari
ongga bog‘liq bo‘lmagan holda bajariladi. Bu harakatlar chuqur uyqu
paytida ham va boshqa hollarda ham, ya’ni katta yarim sharlar faoliyati
kuzatilmagan paytda ham bajariladi. Nafas harakatlaming chastotasi
barcha hayvonlarda bir xil emas.
Yangi tug‘ilgan bolalarda tinchlik paytida nafas chastotasi daqiqasiga
40-60 marta bo‘ladi. Yosh ortishi bilan nafas chastotasi sekin-asta
kamayadi. Balog'at davri oldidan, nafas chastotasi qiz bolalarda o ‘g‘il
bolalarga nisbatan tezroq bo‘ladi va bu butun hayot davomida saqlanib
qoladi.
140
|