TURLI ORGANLARDA QON AYLANISHINING




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

TURLI ORGANLARDA QON AYLANISHINING
XUSUSIYATLARI
0 ‘pkada qon aylanishi. 0 ‘pka har ikkala qon aylanish doirasidan qon 
oladi: kichik qon aylanish doirasidan o‘pka arteriyasi orqali vena qonini va 
katta qon aylanish doirasidan bronxlar arteriyasi orqali arteriya qonini 
oladi. 0 ‘pka arteriyasidan keladigan venoz qon o ‘pkada kislorodga 
boyiydi, bronxlar arteriyasi esa o ‘pka to'qimasini arterial qon bilan 
ta’minlydi. Kichik qon aylanish doirasi bilan katta qon aylanish doirasi 
tomirlari o'pkada anastomozlar hosil qilib, bir-biriga tutashgan. Bu 
anastomozlardan qon faqat bir tomonga - bronxlar arteriyasining 
kapillyarlaridan o ‘pka arteriyasining kapillyarlariga qarab oqadi. 0 ‘pka 
arteriyasi bir muncha kalta, undagi qon bosimi ham bir muncha past. 
Odamlaming o ‘pka arteriyasida qon bosimi oichanganda maksimal bosim 
(simob ustuni bo‘yicha) 25-30mm.ga teng ekanligi aniqlangan. Minimal 
bosim 5-10 mm. ni, puls bosimi 15-20 mm. ni tashkil qiladi. Demak, o ‘pka 
arteriyasidagi o ‘rtacha bosim aortadagi o ‘rtacha bosimdan 5-6 barobar 
kamroqdir. Shunday ekan otlaming o ‘pka arteriyasidagi qon bosimi 
(simob ustuni bo'yicha) 30-60 mm, qoramollarda 40-88 mm, itlarda esa 
sistolik bosim 40 mm, diastolik bosim 10 mm ga teng. Nafas olganda 
bosim pasayib, nafas chiqarganida ko‘tariladi. 0 ‘pkadagi kichik 
arteriyalaming 
sig‘imi 
katta 
qon 
aylanish 
doirasidagi 
shunday 
arteriyalaming sig‘imidan to‘rt-besh marta kengroqdir. Shu sababdan 
ularda qon oqimiga qarshilik kamroq. 0 ‘pka tomirlari nihoyatda elastik va 
sig'imi keng bo‘lgani uchun zaruriyat tug‘ilganda sezilarli miqdorda qon 
sig‘dira olishi mumkin.
Jigarda qon aylanishi. Jigar, jigar arteriyasidan arteriya qonini olish 
bilan bir vaqtda darvoza (qopqa) venasi orqali vena qonini ham oladi. Har 
ikkala tomirdagi qon tegishli kapillyarlar orqali jigar bo ‘ у lab tarqaladi. Bu 
vaqtda m e’da, ichak va taloqdan kelayotgan darvoza venasining qoni 
jigarda tozalanadi. Jigar arteriyasi jigar to‘qimalarini arterial qon bilan 
ta’minlydi. Oqibatda har ikkala tomiming qoni jigar venasi orqali 
birgalikda chiqib ketadi.
Buyraklarda qon aylanishi. Buyraklar aortaning bel qismidan ajralgan 
buyrak arteriyalaridan qon oladi. Arteriya buyrakka kirgandan so‘ng 
mayda-mayda tarmoqlarga shoxlanib, har qaysi Baumen- Shumlyanskiy 
kapsulasiga alohida-alohida arteriola beradi. Arteriola kapsulaga kirgandan
122


so‘ng kapillyarlarga tarmoqlanib kapillyarlar to‘rini, Malpigiy koptok- 
chasini hosil qiladi. Koptokchani hosil qilgan kapillyarlar o ‘zaro birikib, 
yana arteriola hosil qiladi, bu arteriola kapsuladan chiqib, sal nariroqda, 
birinchi va ikkinchi burama kanalchalarning oldida yana kapillyarlarga 
tarmoqlanadi va oqibatda kanalchalami qon bilan ta’minlydi. So‘ngra 
venalarga aylanib, buyrak venasiga quyiladi. Baumen- Seimonovekoya 
kapsulasiga kirayotgan arteriola diametri undan chiqayotgan arteriola 
diametriga qaraganda kattaroq, shu sabli Malpigiy koptokchasidagi 
kapillyarda qon bosimi baland (90mm simob ustuni atrofida).
Miyada qon aylanishi.. Miyaning nerv hujayralari,boshqa a ’zolar va 
to‘qimalaming hujayralariga nisbatan,kislorod taqchilligiga juda sezuv- 
chan.Mushuklar miyasiga kelayotgan qonni 20 s davomida tuxtatish, 
ulaming bosh miya yarim sharlari pustlog‘idagi elektr potensiallarini 
ritmik o ‘zgarishini deyarlik to ‘liq yo‘qolishini chaqiradi.Miyaga 5 daqiqa 
davomida qon kelishini to‘xtatilishi nerv hujayralarini o‘limga olib keladi. 
Miya to‘qimalari villiziyev doirasi arteriyalaridan qon tushuvchi, miyaning 
yumshoq pustlog‘idan radial holda chiquvchi arteriyalardan oladi. 
Miyaning arteriya va venalarida anastomozlar yo‘q,barcha kapillyarlar 
doimo ochiq.Miyadan chiqib ketuvchi qon,miyaning qattiq pardasida 
sinuslar hosil qiluvchi venalarga qo‘yiladi. Shu sababdan uning tomirlari 
bo‘ylab qon doimo bir m e’yorda oqib turadi. Miyaga haddan tashqari ko‘p 
qon kelishi uchun sharoit yo‘q. Chunki u kalla suyagini ichida joylashgan 
bo‘lib, o ‘zining hajmini deyarli o ‘zgartira olmaydi.
Yurakda qon aylanishi. Yurak muskulaturasi qonni aortadan chiqa- 
digan ikkita toj-koronar tomirlardan oladi. Bu tomirlar yurak muskula- 
turasida kichikroq arteriyalarga, ular esa kapillyarlarga tarmoqlanadi. 
Kapillyarlar yurakda behisob anostomozlar hosil qilgan. Qon toj tomir- 
larga, boshqa tomirlardagiga qarshi o‘laroq, yurak ishining diastola 
bosqichida o ‘tadi. Organizm tinch turganda yurak muskulaturasi chap 
qorincha sistolik hajmining 5-10% qonini oladi. Jismoniy ish paytida bu 
miqdor keskin ko‘payadi. Yurak muskulaturasiga o ‘tadigan qonning 90% 
yaqin qismi chap toj tomirlar bo‘ylab chap qorincha muskulaturasiga 
oqadi. Oqib chiqadigan venoz qonning taxminan 75-90% yaqin qismi o ‘ng 
bo'lm aga quyiluvchi 
toj sinusga o ‘tadi. Bo‘lmalararo to ‘siq va o ‘ng 
bo‘lma miokardidan keluvchi venoz qonning asosiy qismi Tebeziy 
tomirlari orqali o‘ng qorinchaga quyiladi. Yurakning toj tomirlari simpatik 
nerv va adrenalin ta’sirida kengayib adashgan nerv, gistamin, atsetilxolin 
ta ’sirida torayadi.
123


Qon aylanishida taloqning ishtiroki. Taloq qon aylanishida muhim 
vazifalami bajaradi. Taloq pulpasiga kelgan arteriyalar kapillyarlarga 
tarmoqlanmaydi, ulaming uchi xaltasimon kengayib tugaydi. Qon 
arteriyaning ana shu kengaygan uchlaridagi teshikchalar orqali pulpaga 
chiqariladi va u yerdan vena sinuslariga, sinuslardan esa venalarga 
o‘tkaziladi. Sinus bilan vena o‘rtasida sfinkter bor, bu sfinkter 
qisqarganida qon sinusda qamalib qoladi. Taloq shu tariqa o ‘ziga xos 
tuzilganligi sababli, organizmdagi qonning sezilarli (16% gacha) miqdorini 
o‘ziga sig‘diradi. Demak, u organizmning eng muhim qon saqlovchi 
zahiralardan rezervuarlaridan biridir. Taloqning yaxshi rivojlangan silliq 
muskulaturasi bor, u qisqarganda, qon taloqdan umumiy qon aylanish 
tizimiga, tomirlarga chiqariladi, simpatik nerv qo‘zg‘alishi va adrenalin 
ta ’siri taloqning qisqarishiga sabab bo‘ladi. Taloq muskulaturasining 
qisqarishini bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘i nazorat qilib turishi 
K.M.Bikov laboratoriyasida isbotlangan.

Download 14,15 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish