V-BOB. KAPILLYARLAR FIZIOLOGIYASI




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

V-BOB. KAPILLYARLAR FIZIOLOGIYASI
Qon bilan to‘qimalar o ‘rtasidagi moddalar almashinuvi kapillyarlar 
devori orqali sodir bo'ladi. Binobarin, kapillyarlar yurak-qon tomirlar 
tizimining 
katta 
ahamiyatga 
ega bo‘lgan 
qismidir. 
Kapillyarlar 
devorlarining turli-tuman moddalami o ‘tkaza olishi, ularda qonning juda 
sekin oqishi, kapillyar umumiy yuzasining haddan tashqari katta bo‘lishi, 
qon bilan to‘qimalar o ‘rtasida moddalar almashinuvini belgilaydigan 
muhim 
omillardandir. 
Kapillyarlaming 
arterial 
qismida 
qonning 
gidrostatik bosimi simob ustuni hisobida 30-40 mm ga teng bo‘lib, 
qonning onkotik bosimidan 5-10mm balanddir. Bosimlaming bu tafovuti 
plazmada erigan turli moddalar - glyukoza, aminokislotalar, tuzlar va 
boshqalaming qondan suv bilan birga to ‘qima oraliq bo‘shliqlariga 
o ‘tishini ta’minlydi.
Qon kapillyarlaming arterial qismidan vena qismiga oqib o ‘ta turib, 
gidrostatik bosimning m a’lum qismini qarshiliklami yengish uchun 
sarflaydi. Oqibatda kapillyarlaming vena qismida qonning gidrostatik 
bosimi simob ustuni hisobida qariyb 15 mm ga tenglashib qoladi. Ayni
116


vaqtda qonning onkotik bosimi gidrostatik bosimidan 5-10 mm baland 
bo‘ladi. Bu esa tegishli moddalaming, metabolitlaming to‘qima oraliq 
suyuqligidan qonga shimilib o ‘tishini ta’minlydi. Ana shu qonuniyatlar 
asosida kapillyarlarda qon bilan to‘qimalar orasida moddalar almashinuvi 
sodir bo‘ladi.
Turli organlarda kapillyarlaming miqdori, shakli va hajmi har xil. 
Moddalar almashinuvi tez kechadigan, faol ishlaydigan organlarda 
kapillyarlaming miqdori, moddalar almashinuvi sustroq kechadigan bir 
muncha osoyishta holda turadigan organlardagiga qaraganda bir necha 
barovar ko‘proqdir.
Organning qon bilan ta’minlanish darajasi, vaqt birligida shu 
organdan oqib o ‘tadigan qon miqdori uning faollik darajasiga, undagi 
kapillyarlaming miqdori va bulaming faollik darajasiga chambarchas 
bog‘liq. Bir minutda turli organlardan oqib o ‘tadigan qon miqdori, 100 gr 
vazniga nisbatan hisoblanganda, quyidagicha:
qalqonsimon bezda-560, buyraklarda-420, jigarda-150, yurak(toj 
tomirlari orqali)-85, ichaklarda-50, miyada-65, taloqda-70 va m e’dada- 
35ml va hakozo. Organ nisbatan tinch, osoyishta turganida undagi 
kapillyarlaming bir qismi yopiq, bo‘ladi, faol ishlayotganida esa yopiq 
kapillyarlar ochilib, faol kapillyarlar ko‘payadi va organning qon bilan 
ta’minlanishi kuchayadi. Demak, organ qanchalik faol ishlasa, uning qon 
bilan ta’minlanishi ham shuncha yaxshilanaveradi. Kapillyarlaming 
funksional holatiga harorat, pH- ko‘rsatkichi, sut kislotasi, gistamin, 
atsetilxolin, gormonlar zararli moddalar va boshqa bir qator omillar ta’sir 
ko‘rsatadi. Kapillyarlar devorining moddalami o ‘tkazish qobiliyati ham bir 
qator omillar ta’sirida ozgarib turadi; gialuron kislota, qondagi kislorod 
miqdori, kalsiy ionlari va boshqalar shular jumlasidandir. Organ faol 
ishlayotganida, maxalliy ta’sir kursatish bilan, tomirlami kengaytiradigan 
almashinuv mahsulotlari-gistamin, atsetilxolin, sut, komur kislotasi va 
boshqalar hosil bo‘ladi. 
Faol 
ishlayotgan organda tomirlaming 
kengayishiga bu moddalardan tashqari nerv tizimining reflektor reaksiyasi 
ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada organga kelayotgan qon miqdori keskin 
oshadi.
Har xil turga mansub hayvonlar organizmidagi kapillyarlar soni 
turlichadir. Chunonchi, ko‘ndalang kesimi 1mm2 muskulga nisbatan hisob 
qilinadigan bo‘lsa, otlarda-1400, itlarda-2600, dengiz cho‘chqalarida- 
4000 tagacha kapillyar bor. Alohida olingan har bir kapillyarlaming 
uzunligi o ‘rtacha 0,5 mm atrofida bo‘lib, tegishli miqdordagi qon undan 
lsek. davomida oqib o‘tadi.
117



Download 14,15 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish