YURAK MU SKULL ARININ G QON BILAN TA’MINLANISHI
Yurak odatda qon bilan toj tomirlari orqali ta’minlanadi. Yurakka
qon ikkita toj arteriyalari bilan oqib keladi, ulardan biri, chap tomondagisi
bilan yurakni katta qismini va Gis bog‘lamini qon bilan ta ’minlydi va u
orqali barcha yurakni barcha toj tomiridan tushayotgan qonning deyarli
70-80
%
oqib o ‘tadi.
Yurak sistolasi paytida uning qon bilan ta’minlanishi kamayadi, bu
paytda toj arteriyalariga kirib, yarimoysimon klapanlar bilan yopiladi.
Qisqargan muskullar arteriyalami qisadi. Diastola paytida toj arteriyalariga
104
qon tushadi, aortaga quyilish joyida joylashgan - bu arteriyalannmg kinsh
teshiklari yarimoysimon klapanlar bilan yopilmaydi.
Yurak qon bilan juda yaxshi ta’minlangan, unda skelet muskullariga
nisbatan kapillyarlar 2 marta ko‘p. Tinch holatda toj arteriyalariga
yurakning sistolik hajmini tashkil qiluvchi qonning 5-10 %i tushadi yoki 1
daqiqada - 250-500 ml. Aortada qon bosimi qancha yuqori bo‘lsa toj
tomirlariga shuncha ko‘p qon tushadi.
Yurakdan oqib ketayotgan vena qonining katta qismi o‘ng
bo‘lmachaga tushadi.
YURAK FAOLIYATINING BOSHQARILISHI
Yurakning avtomatiya xususiyatiga ega ekanligi yuqorida qayd
qilingan edi. Yurak xoh organizmda bo‘Ism, xoh organizmdan ajratib
olingan bo'Isin o ‘tkazuvchi tizimining tegishli qismlarida hosil
bo‘layotgan impulslar ta’sirida mustaqil ravishda ishlaydi. Ammo, bundan
yurakka markaziy nerv tizimidan impulslar kelishining markaziy nerv
tizimi va gumoral tizim tomonidan yurak faoliyatining boshqarilishining
zaruriyati yo‘q degan m a’no kelib chiqmasligi kerak. Avtomatiya hodisasi
organizm tinch, osoyishta holatda turgandagina yurak faoliyatini bir
muncha
boshqarib
boradi,
xalos,
organizm
nisbatan
osoyishta
turgandagina yurak faoliyatini to‘g ‘rilab turishi mumkin. Odatda,
organizmda kechayotgan hayotiy jarayonlar doimo, uzluksiz ravishda
o ‘zgarib turadigan tashqi muhitga moslashib o ‘zgarib boradi. Modomiki
shunday ekan, organizmning qon bilan ta ’minlanishi turli sharoitlarda
nisbatan buzilmay, bir xil bo‘lib turishi uchun yurak ham o ‘sha
sharoitlarga qarab har xil tartibda ishlab turishi kerak. Yurak faoliyati
markaziy nerv tizimi va gumoral tizimlar ishtiroki bilan organizm
talablariga mos ravishda o‘zgarib, konkret sharoitlarga moslashib boradi.
Yurak markaziy nerv tizimidan tegishli simpatik va adashgan nerv
tolalarini oladi. Yurakka keladigan va uning faoliyatini boshqaradigan
simpatik nerv tolalari orqa miyaning 2-5 ko‘krak segmentlaridan chiqadi.
Simpatik nerv tizimining yurakka keladigan neyronlari, orqa miyadan
chiqqandan so‘ng simpatik tugunlarda - b o ‘yin, yuqori ko‘krak ayniqsa
yo ‘lduzsimon tugunlarda tugaydi. Bu tugunlardan chiqqan ikkinchi neyron
esa yurakka kelib tutashadi.
Adashgan
nervning
markaziy
yadrosi
uzunchoq
miyada
joylashgandir. Adashgan nerv tolalari hech yerda to ‘xtamasdan bevosita
yurak muskulaturasidagi intramural tugunlarga kelib tugaydi. Bu
105
tugunlardan chiqqan neyronlar sinus, atrioventrikulyar tugunlar va
bo‘lmachalaming muskul tolalari bo‘ylab tarqaladi.
17-rasm. Yurakning nervlar bilan ta’minlanishi.
A-adashgan nervning uzunchoq miyadagi yadrosi; Thl-Th3 -yurak
simpatik nervlari chiqadigan orqa miya segmentlari.
Jumladan, o ‘ng adashgan nerv tolalari bilan to‘tashgan neyronlarning
aksariyat qismi Kiss-Flek tuguni bo ‘ylab tarqalib, kamroq qismi
atrioventrikulyar tugunga yetadi. Chap adashgan nerv tolasi bilan
tutashgan neyronlarning aksariyat qismi esa, atrioventrikulyar tugun bilan
tutashadi; kamroq qismi esa Kiss-Flek tuguniga keladi. Demak, o'ng
adashgan nerv qo‘zg‘alganda qo‘zg‘alish asosan Kiss-Flek tuguniga, chap
adashgan nerv qo‘zg‘alganda esa atrioventrikulyar tugunga o'tadi.
Adashgan nerv qo‘zg‘alganda yurak faoliyatining tormozlanishi, simpatik
nerv qo‘zg‘alganida esa tezlashuvi tekshirishlarda isbotlangan. Jumladan,
yurakka yo'nalgan adashgan nerv tolalari qo‘zg‘alganda, yurakning ish
ritmi kamayadi (manfiy xronotrop effekt), yurak muskulaturasining
qo‘zg‘aluvchanligi
pasayadi
(manfiy
batmotrop
effekt),
yurak
muskulaturasining qisqarish kuchi kamayadi (manfiy inotrop effekt);
yurak o ‘tkazuvchanligi susayadi (manfiy dronotrop effekt). Adashgan nerv
to ‘satdan kuchli qo‘zg‘alsa yurak birdan mutlaqo to ‘xtab qoladi.Adashgan
nerv surunkasiga
uzluksiz ta’sirlab turilsa, aw aliga to‘xtagan yurak
keyinchalik asta-sekin yana ishlay boshlaydi. Boshqacha aytganda yurak
bunda adashgan nerv ta’siridan go‘yo “siljib”
chiqadi. Bu hodisa
adashgan nerv uzoq vaqt, uzluksiz ta’sirlanganda yurak faoliyatining
batamom to‘xtab qolmaganligidan dalolat beradi. Simpatik nerv tizimining
yurakka keladigan tolalari qo‘zg‘atilsa, yurakning ish ritmi tezlashadi
в
г
106
(musbat xronotrop effekt), qo‘zg‘aluvchanligi oshadi (musbat batmotrop),
qisqarish kuchi oshadi (musbat inotrop) va o ‘tkazuvchanligi oshadi
(musbat dronotrop effekt)lar kelib chiqadi.
Yurak
faoliyatini
boshqarilishini
o‘rganishda
I.P.Pavlovning
xizmatlari alohida o ‘rinda turadi. Aka-uka Veberlar adashgan nerv
ta’siridan yurak ishining sekinlashuvini, keyinchalik rus fiziologi
U.F.Sion esa simpatik nerv ta’siridan yurak ishining tezlashuvini
I.P.Pavlovdan oldin, 1885 yilda isbotlagan edilar. I.P.Pavlov “yurakning
markazdan qochuvchi nervlari” degan asarida, yurakka yo‘nalgan simpatik
nerv tolalari orasida yurakni ish ritmiga ta ’sir qilmasdan, qisqarish kuchini
oshiradigan, adashgan nerv tolalari orasidan esa bu kuchni susaytiradigan
tolalarni topdi.
л
mm
.
—
18-rasm. Adashgan nervni yurak ishiga ta’siri.
A-adashgan nervning quzgalishi, B-adahsgan nervni quzgalishi
natijasida ajralgan suyuqlikning ikkinchi yurakka tasiri
19-rasm. Simpatik nervni yurak ishiga ta’sin.(I.P.Pavlov bo‘yicha)
Yurak muskulaturasining qisqarish kuchiga ta’sir etadigan nerv
tolalari bevosita qorinchalarga kelib tutashadi. I.P.Pavlov ta ’rificha, yurak
muskulaturasining qisqarish kuchini oshiradigan nerv tolalari musku-
laturada kechayotgan turli kimyoviy jarayonlarga ta ’sir qiladi, oqibatda,
moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Shu bilan muskulaturaning yaxshi
oziqlanishi, natijada, faol ishlashi uchun sharoit vujudga keladi. I.P.Pavlov
o‘zining bu ishi bilan nerv tizimining trofik xususiyati haqidagi ta’imotga
asos soldi. Bu ta’imot keyinchalik shogirdlari A.D.Speranskiy va
L.A.Orbelilaming ijodida kamolotga yetdi. Yurak va tomirlar devoridagi
retseptorlar uzluksiz ravishda, doimo ta ’sirlanib turgani uchun yurakka
107
yo‘nalgan nervlaming markazlari hamisha muayan bir, tonus holatida
turadi. Shunga ko‘ra, simpatik va adashgan nerv tolalari yurak faoliyatiga
uzluksiz ta’sir etib turishi uchun tegishli sharoit vujudga keladi. Shunday
qilib, yurak va tomirlar devoridagi retseptorlaming ta ’sirlanishi yurak
faoliyatining tegishli ravishda o ‘zgarishiga ham sababchi bo‘laveradi,
ya’ni yurak faoliyati ta’sirotning xarakteriga qarab doimo o ‘zgarib, o ‘z-
o ‘zidan boshqarilib boradi. Yurak faoliyati tananing turli qismlaridan
keladigan ta’sirotlardan reflektor ravishda ham o ‘zgaradi. Masalan,
baqaning qorin devoriga biror narsa bilan to ‘satdan ursak, yurak urishi
keskin sekinlashadi, hatto to‘xtab ham qoladi (Gols tajribasi). Odam ko‘z
soqqasini barmoqlar bilan ohista bosilishi ham yurak faoliyatining tegishli
ravishda o ‘zgarishiga sabab bo‘ladi (D.Ashner tajribasi). Hayvonlarda sut
sog‘ish paytida yurak ishining o ‘zgarganligi kuzatilgan. Organizmga ta’sir
qilayotgan harorat, og‘riq ta’sirotlari, turli emotsional omillar ham yurak
faoliyatiga reflektor ravishda u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Tomirlaming ba’zi qismlarida joylashgan. retseptorlar yurak ishining
boshqarilishida alohida rol o ‘ynaydi. Yurak-tomir tizimi faoliyatining
boshqarilishida muhim rol o ‘ynaydigan retseptorlar tomirlaming ayrim
joylarida to‘plashib, refleksogen zonalami hosil qiladi.
Bunday
refleksogen zonalaming biri uyqu arteriyasining ichki va tashqi uyqu
arteriyalariga bo‘lingan joyida, karotid sinusida joylashgan bo‘lib,
retseptorlari qon bosimi oshganda qo‘zg‘aladi. Shu qo‘zg‘alishga javoban
yurak ishi reflektor ravishda sekinlashadi va uyqu arteriyalarida oshib
ketgan qon bosimi pasayib asliga tushib qoladi. Yurak ishi m e’yoridan
past darajada sekinlashganda arterial tomirlar tizimida qon bosimi pasayib,
vena tizimida oshib ketadi. Oqibatda kovak venalaming o ‘ng yurak
bo‘lmasiga qo‘yilish joyidagi refleksogen zonalaming retseptorlari
qo‘zg‘aladi. Qo‘zg‘alish markazga intiluvchi nerv orqali simpatik nerv
tizimining markazlariga uzatilib, ulaming qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi,
shuning natijasida adashgan nerv markazining tonusi pasayib, yurak ishi
tezlashadi va qon bosimi ko‘tariladi. Qayd qilinganlardan ko‘rinib
turibdiki, adashgan va simpatik nervlaming ta’siri sirtdan qaraganda go‘yo
bir-biriga qarama-qarshidek bo‘lib ko‘rilsa-da, aslida ulaming markazi
funksional jihatdan bir-biriga bog'liq. Birining markazi qo‘zg‘alganda,
ikkinchisi markazining tonusi pasayadi. Oqibatda bu nervlar bir-birining
ta’siri barala ro‘yobga chiqishiga yordam beradi, o'zaro hamkorlik qiladi.
Shu tariqa yurak faoliyati organizmning o‘zgarib turadigan ehtiyojiga
muvoflq ravishda moslashadi. Adashgan nerv qo‘zg‘alib, yurak ishi
sekinlashganda, uning diastola bosqichi cho‘ziladi, bunda yurak
108
bo‘shliqlarining qon bilan yaxshi to ‘lishi, muskulaturasida moddalar
almashinuvining yaxshilanishi uchun sharoit tug‘iladi. Natijada, sistola
paytida yurak muskulaturasi to ‘la qisqaradi, sistolik hajmi oshadi. Yurak
faoliyatining boshqarilishida orqa va uzunchoq miyalardan tashqari,
markaziy nerv tizimining boshqa qismlari ham ishtirok etadi.
I.M.Sechenovning m a’lumotlariga ko‘ra,
oraliq miyadagi
ko‘ruv
dumbog‘ining ta’sirlanishi yurak ishining keskin sekinlashuviga sabab
bo‘ladi. Yurak faoliyatining boshqarilishida bosh miya yarim sharlar
po‘stlog‘i yetakchi o ‘rinni egallaydi. K.M.Bikov va shogirdlari yurak
faoliyatining o‘zgarishlariga javoban shartli reflekslar hosil qilish
mumkinligini isbotlaganlar. Masalan, qonga yurak ishini tezlatuvchi biror
modda yuborishni shartli ta ’sirot (qo‘ng‘iroq chalish, chiroq yoqish va
boshqalar) bilan birgalikda qo‘shib olib borsak, tajriba tegishli ravishda bir
necha marta takrorlangandan so‘ng, keyinchalik birgina shartli ta’sirotchi
(qo‘ng‘iroq chalinishi, chiroq yoqilishi va boshqalar)ning o ‘zi ham yurak
faoliyatining o ‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yurak faoliyatiga nerv tizimidan
tashqari gumoral omillar, qon bilan tashiladigan turli-tuman moddalar ham
ta’sir ko ‘rsatadi. Jumladan, buyrak usti bezlarining mag‘iz qavatidan
ajraladigan adrenalin gormoni, qalqonsimon bezning tiroksin gormoni,
simpatik nerv qo‘zg‘alganda uchidan ajraladigan simpatin (adrenalsimon
modda - simpatin), qondagi kalsiy ionlari yurak faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatib, uni kuchaytiradi. Qondagi kaliy ionlari, adashgan nerv tolalari
qo‘zg‘alganda uchlaridan ajralib chiqadigan
atsetilxolin moddasi,
gistamin va shularga o ‘xshash boshqa moddalar ta’sirida yurak ishi
sekinlashadi. Bu moddalar juda qisqa muddat ta’sir qiladi, chunki tegishli
fermentlar ta’sirida, jumladan, simpatin aminoksidaza, atsetilxolin esa
xolin-esteraza ta ’sirida tez parchalanib ketadi.
|