kelayotgan limfa tananing boshqa qismidan oqib kelayotgan
limfaga
qaraganda oqsillami ko‘proq saqlaydi.
Plazmadagi oqsillar konsentratsiyasini 100% deb olsak, u vaqtda
jigardan kelayotgan limfadagi oqsillaming konsentratsiyasi 75-84% ga,
ko‘krak limfa yo‘liniki 55-67%ga, ichaklamiki 41-50%ga teng bo‘ladi.
Ichakdan oqib kelayotgan limfa tarkibidagi yog‘lar ko‘proq bo‘ladi.
Ichaklardan
kelayotgan
limfada
yog‘laming
ko‘payishi
hayvon
oziqalanganidan so‘ng yaqqolroq bilinadi.
Limfada oqsillar kamroq bo ‘lgani uchun uning kolloid-osmotik
bosimi ham qon plazmasiga qaraganda kamroqdir. Limfaning mineral
tarkibi plazmaning mineral tarkibiga yaqin turadi. Limfa ivish xususiyatiga
ega. Chunki unda fibrinogen va protrombin oqsillari bor. Ammo limfaning
trombokinaza faolligi past, sababi shuki, limfada trombotsitlar deyarli
bo‘lmaydi; uning tarkibida ko‘p bo‘ladigan limfotsitlar esa bu fermentni
juda kam miqdorda saqlaydi. Qayd qilinganidek, limfada qonning shaklli
hujayralaridan asosan limfotsitlar ko‘p saqlanadi. Limfotsitlar limfa
bezlarida
hosil
bo‘lish
jarayonida
limfaga
chiqarib
turiladi.
Qoramollaming 1mm
3
limfasida 3500-12000 gacha limfotsitlar bo‘ladi.
Bulardan tashqari, limfaning tarkibida monotsitlar, donali leykotsitlar ham
uchrab turadi. Limfaning organizmdagi umumiy miqdorini aniqlash ancha
qiyin. Uning miqdori qon plazmasining miqdoriga taxminan teng deb
qaraladi. Sut hosil bo‘lishida, suv va tuzlar almashinuvida, turli chiqindi
moddalaming chiqarilishida, organizmning himoya funksiyasida limfa
katta ahamiyatga ega. Gistaminlar, peptonlar, o ‘tkazish suyuqligi
kapillyarlaming o‘tkazuvchanligini
oshirib,
limfa hosil bo‘lishini
tezlashtiradi. Bundan tashqari, qonga mochevina, gipertonik eritmalar,
glyukoza yuborilganda ham limfaning hosil bo‘lishi ko‘payadi. Bu vaqtda
qonning osmotik bosimi oshadi. Oqibatda tomirlarga suv so‘rilishi
kuchayadi. Natijada qonda oqsillaming konsentratsiyasi kamayadi, onkotik
bosim pasayadi. Bulaming hammasi limfa hosil bo‘lishining tezlashishiga
sabab bo'ladi.