Moddalar
Sovuq qonlilar
uchun Ringer
eritmasi
Issiq qonlilar
uchun Ringer
eritmasi
Lokk
eritmasi
Tirode
eritmasi
NaCl
6,0-6,5
8,5-9,0
9,0
8,0
KC1
0,1
0,2
0,2
0,2
SaCl2
0,1
0,2
0,2
0,2
N a N C 0 3
0,1
0,2
0,15
1,0
MgCl2
-
-
-
1,0
N aN 2R 0 4
-
-
-
0,05
Glyukoza
-
-
1,0
1,0
76
Issiq qonli hayvonlar qoniga fiziologik eritmalar kiritilishidan oldin u
tana haroratiga (37-38°C) qadar isitiladi. Izolyasiya qilingan organlarda
tajribalar o‘tkazishda foydalanish uchun ular, kislorod bilan boyitiladi.
Lekin qonga kiritilayotgan fiziologik eritmalar, to‘qimalar tomonidan
tarkibida oqsillarini saqlamaganligi uchun juda tez so‘riladi. Shu sababli
ularga qonga kiritilishidan oldin kolloid-gummiarabik qo‘shiladi.
Ionli koeffisiyent va uning ahamiyati. Plazmada kation va
anionlaming mavjudligi va ular orasidagi m a’lum nisbatning saqlanishi
(ionli koeffisiyent) barcha organlar va to‘qimalaming faoliyati va birinchi
navbatda qonning shaklli elementlarini saqlanishi va funksiyasi uchun
muhim ahamiyatga ega. Bular orasida natriy, kaliy va kalsiya ionlarini
nisbati muhim ahamiyatga ega.
QON GURUHLARI
Organizm ko‘p qon yo‘qotganda, qonda gemoglobinning miqdori
kamayganda, turli moddalardan zaharlanganida organizm hayotini saqlab
qolish uchun bir odamdan ikkinchisiga qon olib quyish zaruriyati tug‘iladi.
Bir odam qonini ikkinchi odam qoniga, uning qon guruhni bilmasdan,
to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri quyish yaramaydi. Chunki surishtirmasdan bir odamdan
ikkinchi odamga qon quyish k o ‘ngilsiz hollar yuz berishiga va hatto qon
quyilgan odamning halok b o ‘lishiga olib kelishi mumkin. Buning boisi
shundaki, hamma odam yoki hayvonlaming qoni ham bir-biriga to‘g ‘ri
kefavermaydi. Qon quyilganda ko‘ngilsiz voqealar yuz bermasligi uchun
qon guruhlarini va ulaming xususiyatlarini bilmoq lozim.
Qon eritrotsitlarida bo‘ladigan agglyutinogenlar va plazmada bo‘ladi-
gan agglyutininlar xiliga qarab guruhlarga ajratiladi. Agglyutinogenlar
tabiatan oqsil, autigen moddalardir. Ular tegishli sharoitda bir-biriga
yopishib qolish xususiyatiga ega. Shu sababli bular yopishuvchi moddalar
deyiladi. Agglyutininlar ham tabiatan oqsil moddalar qatoriga kiradi, ular
odatda plazmada bo‘ladi va yopishtirib olish xususiyatiga egadir. Shu
sababli ular yopishtiruvchi moddalar deyiladi.
77
|