YURAK MU SKULL ARININ G XUSUSIYATLARI
Yurak muskullari qo‘zg‘aluvchanlik, o ‘tkazuvchanlik, refrakterlik,
avtomatiya, biotoklar hosil qilish xususiyatlariga ega.
Qo‘zg‘aluvchanlik xususiyati.
Yurak muskullari ham skelet
muskullari singari, qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatiga ega. Yurakka ta ’sirot
berilganda u qo‘zg‘alish tariqasida muskullar bo‘ylab tarqaladi va ulaming
qisqarishiga sabab bo‘ladi. Yurak muskullari skelet muskulaturasiga
qaraganda qo‘zg‘alishni sekinroq o ‘tkazadi. Skelet muskulaturasi, turli
darajada qo‘zg‘aluvchanlikka ega bo‘lgan tolalardan tashkil topgan. Unga
ta ’sir qilayotgan kuch oshishi bilan qisqarish darajasi ham m a’lum
chegarada oshib boraveradi, yurak muskulaturasining qo‘zg‘alib qisqarishi
unga ta ’sir qilayotgan sun’iy kuchning miqdoriga bog‘liq emas. Kuchsiz
qo‘zg‘alish pog‘onasidan past bo‘lgan ta ’sirot yurak muskulaturasi
qo‘zg‘alish bilan javob bermaydi. T a’sir qilayotgan kuch yurak
muskulaturasining qo‘zg‘alish pog‘onasiga teng bo‘lganda yurak
muskulaturasi bor imkoniyat bilan, boshdan-oyoq, yalpisiga bir xil
qisqarish bilan javob beradi. Keyinchalik ta’sirot kuchini oshirish yurak
muskulaturasini qo‘zg‘alish darajasini, demak, qisqarish kuchini ham
oshirmaydi. Yurak muskulaturasining qisqarishi skelet muskulaturasining
qisqarishiga qaraganda uzoqroq davom etadi. Yurak muskulaturasi
qo‘zg‘algan holda qisqarmasligi, ya’ni qo‘zg‘alishi bilan qisqarish
o ‘rtasidagi aloqa uzilishi ham mumkin. Masalan, tanadan ajratib olingan
yurak solingan eritma ichida tarkibida kalsiy tuzi yo‘q. Ringer eritmasi
uzoq vaqt davomida oqizib qo‘yilsa, bu vaqtda qo‘zg‘alish to‘lqini ritm
bilan paydo bo‘lib turadi-yu, ammo yurak muskulaturasi qisqarmaydi.
98
Demak, kalsiy ionlari yurak muskulaturasining qo‘zg‘alishi uchun emas,
balki qisqarishi uchun zarur.
Yurak muskullarining o ‘tkazuvchanligi. Yurak yaxlit, simplast organ
bo‘lgani uchun uning har qaysi qismi birdaniga qisqaradi. Yurak
muskulaturasining hujayralari protoplazmatik ko‘prikchalar bildh o‘zaro
tutashganligi tufayli bir joyda paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish tezda boshqa
hujayralar bo‘ylab tarqaladi. Yurak muskulaturasi turli qismlarining
navbatma-navbat, o ‘zaro moslashib qisqarishi unda joylashgan maxsus
o ‘tkazuvchi
tizim
yordamida
amalga
oshadi.
Bu
qo‘zg‘alishni
bo‘linmalardan qorinchalar tomon o ‘tishini ta’minlydi. Yurakning
o ‘tkazuvchi
tizimi
xususiy
muskulaturasiga
qaraganda
nozikroq
miofibrillarga ega, ko‘ndalang yo'llari kam, sarkoplazmaga ’ boy
to ‘qimadan tashkil topgandir. Bu tizimning hujayralari bir necha joyda
to'plamlar hosil qiladi. Birinchi to'plam (tugun) o ‘ng yurak bo‘lmasi
epikardning ostida, kovak venalaming quyilish joyida hosil bo‘lgan.
Bunga Kiss-Flek yoki sinus tuguni deyiladi. Ikkinchi tugun o‘ng yurak
bo‘lmasining devorida, atrioventrikulyar to‘siqning oldida joylashgan
bo‘lib, unga Ashof-Tovar yoki atrioventrikulyar tugun deyiladi. Uning
davomi bo‘lib bitta muskul bog'lami boshlanadi, bu bog‘lam Gis bogiam i
deb yuritiladi. Gis tutami o ‘ng va chap qorinchalar devori bo'ylab ikkiga
shoxlanadi. Bularga Gis bog‘lami oyoqchalari deyiladi. Gis bog‘lami
ayoqchalari qorinchah muskulaturasi bo‘ylab mayda-mayda tolalarga
bo‘linadi, Purkinye tolalari deb shularga aytiladi. Purkinye tolalari
endokard
ostida joylashgan
bo‘lib,
muskulatura bo‘ylab
turdek
tarqalgandir. Qo‘zg‘alish Kiss-Flek tugunida paydo bo‘lib, aw alo,
bo‘lmalar muskulaturasiga tarqaladi. Oqibatda bo'lm alar qisqaradi.
So‘ngra Ashof-Tovar tugunida, undan esa Giss bogTami va Purkinye
tolalari
orqali
qorinchalarga
o ‘tkaziladi.
Qo‘zg‘alish
qorinchalar
muskulaturasi bo‘ylab tarqalishi oqibatida ular qisqaradi. Yurakning
o ‘tkazuvchi tizimi orqali qo‘zg‘alish skelet muskulaturasiga qaraganda o ‘n
marotaba tezroq o ‘tkaziladi. Qo‘zg‘alishni yurak oldi bo‘lmalarining
muskulaturasi 1000-1200 mm/sek, Giss bog‘lami ayoqchalari 1500-5000
mm/sek, Purkinye tolachalari 1000-5000 mm/sek tezlik bilan o'tkazadi.
Qorinchalarning muskulaturasidan qo‘zg‘alish bir oz sekinroq 300-500
mm/sek tezlik bilan o‘tadi. Qo‘zg‘alish Ashof-Tovar tugunida bir oz
ushlanib o‘tadi, shunga ko‘ra bu yerda qo‘zg‘alishning o ‘tish tezligi 0,02
0,05 mm/sek ga tushib qoladi. Qo‘zg‘alishning Ashof-Tovar tugunida
bunday paysallashib o‘tkazilishi, yurak turli qismlarining navbatma-navbat
qisqarib bo‘sbashuvi, tartib bilan ishlashi uchun benihoya katta
99
ahamiyatga ega. Chunki qo‘zg‘alish Ashof-tovar tugunida paysallanib
o‘tishi oqibatida bo‘lmalar qisqarib ulguradi; so‘ngra esa qorinchalar
sistolasi boshlanadi. Qo‘zg‘alishning muskulatura bo‘ylab tarqalish tezligi
muskulaturaning qalinligiga, undagi glikogen miqdoriga, haroratga
bog‘liq.
Avtomatiya xususiyati. Yurak muskulaturasi avtomatiya, y a’ni
mustaqil ravishda ishlash qobiliyatiga ega. Yurak muskulaturasi unga
markazdan impuls kelmaganda ham, bevosita o ‘zida hosil bo‘layotgan
impulslar ta’sirida mustaqil ravishda ishlay oladi. Baqa yuragini tanasidan
ajratib olib, Ringer eritmasiga solib qo‘yilsa, bu yurak bir necha soat, bir
necha kun davomida ishlab turishi mumkin. Barcha issiq qonli hayvonlar,
hatto, odamlaming yuragi ham, tegishli sharoit yaratilsa, tanadan
tashqarida bir necha soat davomida bir maromda ishlay oladi. Issiq qonli
hayvonlar yuragining avtomatiyasini kuzatish uchun Langendorf usuli
qo‘llaniladi.
Buning uchun
fibrinsizlantirilgan qonga yoki
tana
haroratigacha isitilgan va kislorod bilan to‘yintirilgan Ringer eritmasiga
glyukoza qo‘shilib, kanyo‘la yordamida aortaga m a’lum bosim ostida
yuboriladi. Bu vaqtda suyuqlik bosimi bilan yarim oysimon klapan
yopilib, suyuqlik yurakni toj tomirlari bo‘ylab oqadi va tanadan ajaratib
olingan yurak muskulaturasini ozuqa va kislorod bilan ta ’minlab turadi.
Shunday sharoitda issiq qonli hayvonlaming yuragi soatlab ishlashi
mumkin.
Yurak avtomatiyasini tushuntiruvchi ikkita nazariya bor. Ulaming
biri (miogen nazariya) yurakning avtomatiya xususiyati, o ‘tkazuvchi
tizimining muskul elementlariga bog‘liq deb hisoblasa, ikkinchisi
(neyrogen nazariya) o‘tkazuvchi tizimning nerv elementlariga bog‘liq deb
hisoblaydi.
0 ‘tkazuvchi tizimning nerv va muskul elementlari o ‘zaro juda
chirmashib, tutashib ketgan ulaming faoliyatini bir-biridan ajratib qarash
mumkin emas. Shuning uchun ham yurakning avtomatiya xususiyati
o‘tkazuvchi tizimning nerv va muskul elementlaridan har ikkalasining
ishtiroki bilan amalga oshiriladi, deb qarash maqsadga muvofiqdir. Nerv
elementlari muskul elementlariga nisbatan qo‘zg‘aluvchandir. Shu sababli
qo‘zg‘alish dastlab o ‘tkazuvchi tizimning nerv elementlarida paydo
bo‘ladi va muskul elementlarida kechayotgan moddalar almashinuvining
jadalligiga, demak, qo‘zg‘aluvchanlikka ta’sir qiladi. Natijada muskul
elementlarida ham yurakning qisqarishini ta ’minlovchi impulslar kelib
chiqishi uchun sharoit vujudga keladi. Demak, organizmda yurakning ish
ritmi markaziy nerv tizimidan keladigan nerv impulslari bilan birgalikda
100
yurakning devorida joylashgan tugunlardan chiqayotgan impulslarga ham
bog‘liq. 0 ‘tkazuvchi tizimning turli qismlari turli darajada avtomatiya
xususiyatiga ega. Kiss-Flek tuguni avtomatiyaning yuzaga chiqishida
yetakchi tuzilma hisoblanadi. Kiss-Flek tugunidan yurakning ichiga tomon
avtomatiya so‘nib boradi. Buni Stannius tajribasida baqalarda kuzatishimiz
mumkin. Baqalarda Kiss-Flek tuguni Remaka tuguni deb nomlanib, u baqa
yuragining vena havzasida joylashgan. Baqaning ko'krak qafasini ochib,
ishlab turgan yurakni kuzatganimizdan keyin vena havzasi bilan yurak
bo‘lmalari o‘rtasiga ip solib, shu ip ohista tortib, qattiq bog‘lab qo‘yilsa
(Stanniusning birinchi bog‘lami), Remak tugunidan chiqayotgan impulslar
shu tariqa yurak bo‘lmalari va qorinchasiga o‘tmasligi ta’minlansa, bu
vaqtda bo‘lmalar va qorincha bir oz ishdan to‘xtab qoladi. Remak tuguni
qo‘zg‘alayotganligi sababli vena havzasi (venoz tugun) esa, aksincha,
to‘xtamasdan, avvalgidek, balki undan ham tezroq ishlab turaveradi. Bog‘
solingandan keyin 30-40 soniya o ‘tgach, yurak bo‘lmalari va qorincha
yana qisqara boshlaydi. Ammo endi bo‘lmalar va qorincha aw algiga
qaraganda past ritmda qisqara boshlaydi. Ulaming qisqarishi vena
havzasining qisqarishiga mos kelmaydi, itoat qilmaslik, mustaqillik
hodisasi kuzatiladi, ya’ni vena havzasi bilan yurak qismlari faoliyatlari
o ‘rtasidagi izchillik buziladi. Birinchi bog‘ tufayli vaqtincha to‘xtab
qolgan bo‘lmalar va qorincha o ‘rtasidan ular qisqarishga boshlanmasdanoq
yana bog‘lasak ular shu zahotiyoq qisqarib ishlay boshlaydi (Stanniusning
ikkinchi bog‘lami). Bu paytda qo‘zg‘alish bo‘lmalarining qorinchaga
yaqin joyda joylashgan. Bidder tugunining ta’sirlanishi oqibatida kelib
chiqadi (issiq qonli hayvonlardagi Ashof-Tovar tuguni baqalarda shunday
ataladi).
Agarda bog‘lam tugunning ustidan tushadigan bo‘lsa va hosil
bo‘ladigan impulslar bo‘lmalar va qorinchaga barovariga bora oladigan
bo‘lsa, bu paytda bo‘lmalar ham, qorincha ham bir vaqtda baravariga
qisqaradi. Agar bog‘lam tugunning pastidan tushsa, bo'lm alar yuqorisidan
tushsa qorincha qisqaradi, ayni vaqtda bo‘lmalar va qorinchaning qisqarish
tezligi vena havzasinikidan ancha sekin bo‘ladi va bu autrioventrikulyar
tugun avtomatiyasi sinus tugunning avtomatiyasidan past ekanini
ko‘rsatadi. Issiq qonli hayvonlar yuragining o ‘tkazuvchi tizimi turli
qismlarining avtomatiyasi turlicha ekanligini yurakning tegishli tugunlarini
muzlatish yoki isitish yo‘li bilan ham isbotlash mumkin. Agar Kiss-Flek
tuguni muzlatilsa, faol ishlab turgan yurak ishdan to'xtaydi. Keyinchalik
Ashof-Tovar tugunining qo‘zg‘alishi tufayli yana qisqarib ishlay
boshlaydi. Bu paytda yurak bo‘lmalari va qorinchalari bir vaqtda
101
qisqaradi. Chunki Ashof-Tovar tugunidan impulslar yurak bo‘lmalariga
ham, qorinchalarga ham bir vaqtda yetib boradi. Ashof-Tovar tuguni ham
muzlatilganda yurakning faoliyati ancha vaqt o ‘tgandan keyin juda
sekinlik bilan tiklanadi. B u ' vaqtda, yurak Purkinye tolalarining
avtomatiyasi tufayli ishlay boshlaydi. Shu tolalar avtomatiyasi Ashof-
Tovar tugunining avtomatiyasidan past bo‘lganligi sababli yurak endi
awalgisidan ham sekinroq ritmda ishlay boshlaydi. Purkinye tolalaridan
chiqayotgan impulslar, bo‘lmalarga qaraganda qorinchalarga tezroq yetib
boradi, oqibatda avval qorinchalar, so‘ngra bo‘lmachalar qisqaradi. Odatda
organizmda faqat Kiss-Flek tuguni avtomatiya qobiliyatini namoyon qilib
turadi. Ashof-Tovar tuguni va Purkinye tolalarining avtomatiyasi esa Kiss-
Flek tugunidan chiqayotgan impulslar ta ’sirida “bo‘g‘ilib” qoladi.
Refrakterlik xususiyati. Skelet muskulaturasi uchun tetanik qisqarish
xos bo‘Isa, yurak muskulaturasi uchun bunday qisqarish xos emas.
Boshqacha aytganda hayvon tik turgan paytda oyoq muskullari tetanik
qisqargan holatda bo‘ladi va anchagacha shunday turaveradi, Yurak
muskullari esa, bir qisqarganidan keyin albatta bo‘shashuvi kerak. Agar bir
yurak muskulaturasiga sistola vaqtida qo‘zg‘alish chaqiruvchi qo‘shimcha
ta’sirot bersak, yurak muskulaturasi bu ta’sirotga qo‘zg‘alib, qisqarish
bilan javob bermaydi. Yurak muskulaturasi yoki boshqa biror
qo‘zg‘aluvchan to‘qimaning ta’sirotga javob bermaslik xususiyati
refrakterlik deyiladi. Refrakterlik o‘z vaqtida Vvedenskiy va Uxtomskiylar
tomonidan o ‘rganilgan. Ulaming ta ’imotiga k o ‘ra yurak muskulaturasi
sistola paytida ham qo‘zg‘aluvchanligini saqlaydi. Yurak muskulatu
rasining bu vaqtda ta ’sirotga javob bermasligiga sabab tabiatan bir-biriga
yaqin bo'lgan ikkita ta’sirot o ‘rtasidagi o ‘zaro to‘qnashish natijasidir.
(Kiss-Flek tugunidan kelayotgan impuls bilan berilayotgan ta’sir
o‘rtasida). Refrakterlik skelet muskulaturasi uchun ham xos, ammo bu
muskulaturaning refrakterlik davrida qisqa bo‘lib, sekundning mingdan bir
bo‘lakchalaricha davom etadi va odatda navbatdagi ta ’sirot yetib
borguncha tugaydi. Yurak muskulaturasining refrakterlik bosqichsi
sekundning o‘ndan bir b o ‘laklari bilan o ‘lchanadi. Yurak muskulaturasida
refrakterlikning nisbatan uzoq davom etishi yurak faoliyati uchun katta
ahamiyatga ega. Agar yurak muskulaturasi turli qo'shimcha ta ’sirotlarga
ham qisqarishlar bilan javob berganda edi, sistolalar odatdagidan uzoq
davom etib, yurak faoliyati buzilgan bo‘lur edi. Yurak muskulaturasining
qo‘shimcha ta’sirotga umuman javob bermaydigan bosqichsi mutloq
refrakterlik- bosqichsi deyiladi. Bu bosqich yurak faoliyatining sistola
davriga to ‘g ‘ri keladi. Diastola endi boshlanayotgan davrda qo‘shimcha
102
ta’sirot berilsa, bu vaqtda qo‘shimcha ta’sirotga yurak muskulaturasi
navbatdan tashqari, qo‘shimcha qisqarish bilan javob beradi. Chunki
diastola paytida muskulaturaning refrakterligi pasayib, qo‘zg"aluvchanligi
oshib ketadi va kuchli ta’sirotlar kuchsiz qo‘shimcha qisqarishni hosil qila
oladi. Yurak muskulaturasining kuchli ta ’sirotga kuchsiz qo‘shimcha
qisqarish hosil qila oladigan, davri nisbiy refrakterlik davri deyiladi.
Nisbiy refrakterlikdan keyin qo‘zg‘aluvchanlik kuchayadigan davr,
Vvedenskiy ta’rifi blan aytganda, ekzaltatsiya (super normal) bosqichsi
boshlanadi. Bu bosqichda yurak muskulaturasi yurakni boshqarayotgan
qismdan keluvchi pog‘onadan past ta’sirotga ham qo‘zg‘alish va qisqarish
bilan javob bera oladi. Muskulaturaning nisbiy refrakterlik bosqichida
fyosil bo‘lgan qo‘shimcha, navbatdan tashqari qisqarishga ekstrasistola
deyiladi. Ekstrasistoladan keyin pauza vaqti uzaygan bo‘ladi.
Ekstrasistoladan keyingi o ‘zaygan pauzaga kompensator pauza
deyiladi. Pauzaning shu qadar uzayib, kompensator pauzaga aylanishining
sababi shuki, Kiss-Flek tugunidan kelayotgan navbatdagi impuls
qorinchalar ekstrasistolasining mutloq refrakterlik bosqichsiga duch kelib,
javobsiz qoladi. Oqibatda nisbiy refrakterlik bosqich tugagani bilan Kiss-
Flek tugunidan navbatdagi impuls hali kelmagan bo‘ladi. Shuning uchun,
ekstrasistoladan keyin yurak muskulaturasining diastola vaqti uzaygan
b o ia d i (kompensator pauza).
Homilada qon aylanishi. Onaning arterial qoni homilaga plasentadan
kindik teshigidan ikkita kindik arteriyalari birgalikda o ‘tgan kindik-venasi
orqali tushadi. Homila tanasida kindik venasi tarmoqlanib ketadi.
Aransiyev vena qon oqimi - birinchi tarmoq orqali qon to‘g ‘ridan-
to‘g‘ri quyi kovak venasiga tushadi, boshqa bir necha tarmoqlar orqali
avval darvoza (qopqa) venasi orqali jigarga harakatlanadi, so‘ngra
homilaning tanasini pastki qismidan oqib keluvchi vena qoni bilan
aralashadigan quyi kovak venaga harakatlanadi. 0 ‘ng bo‘lmachadan bu
qon, tananing yuqorigi qismidan yuqorigi kovak venaga tushuvchi vena
qoni bilan aralashadi. Yuqorigi va pastki kovak venalaming quyilish joyi
orasida tojlar bor. Ana shu tojlar tufayli pastki kovak venalarda hosil
bo‘luvchi kislorod va to‘yimli moddalarga boy bo‘lgan aralash qonning
talaygina qismi to‘g ‘ridan-to‘g‘ri bo‘httachalami
ajratib
turuvchi
devordagi oval teshikcha orqali o ‘ng bo‘lmachadan chap bo‘lmachaga
tushadi, qaysiki o ‘pka venasi orqali o ‘pkadan juda kam miqdordagi qon
sizib turadi. Chap bo‘lmachadan aralash qon chap qorinchaga so‘ngra
aortaga, undan arteriyalar bo‘ylab tanaga tarqaladi va plasentaga tushadi.
103
Kislorod va to ‘yimli moddalarga taqchil bo‘lgan qonning boshqa
qismi o‘ng boMmachadan o'ng qorinchaga o ‘tadi. 0 ‘ng qorinchaga
tushuvchi juda kam miqdordagi vena qoni o ‘pka orqali chap bo‘lmachaga,
so‘ngra o‘ng qorinchaga o‘tadi.
Bu qonning katta qismi o ‘ng bo‘lmachadan aorta yoyi bilan
bog‘lovchi, o ‘pka arteriyasining keng tarmog‘i hisoblanuvchi arterial
Botallov oqimi
orqali aortaga tushadi va u yerda chap qorinchadan
tushadigan arterial qon bilan aralashadi. Botallov arterial qon oqimi aorta
yoyiga tushganidan keyin, undan bosh va o‘qli tomirlari chiqadi, shu
sababli bosh va tananing yuqorigi qismi tananing pastki qismiga nisbatan
kislorodga va to‘yimli moddalarga boy bo‘lgan qon oladi. Xuddi shunday
tarkibga ega qon jigarga ham tushadi. 0 ‘ng va chap bo‘lmachalar
orasidagi oval teshik orqali va arterial qon oqimi tufayli homilaning to‘it
kamerali yuragi deyarlik to‘lig‘icha katta qon aylanish doirasi va plasenta
bilan xuddi ikki kamerali yurak singari faoliyat ko‘rsatadi.
Tug‘ilgandan keyin kindik tomirlari bog‘langach plasentali qon
aylanish to‘xtaydi. Aransiyev tarmog‘i va darvoza venasiga quyiluvchi
shoxlar bo‘shab qoladi, natijada o ‘ng bo‘lmachada bosim keskin
kamayadi. Birinchi nafas olinganidan keyin o ‘pka tomirlari kuchli
kengayadi va ularga tomon o‘pka arteriyasi orqali barcha qon
harakatlanadi, bu esa Botallov tarmog‘ini bo‘shab (qonsiz) qolishini
chaqiradi. 0 ‘pkadan katta miqdordagi qon chap bo‘lmachaga tushadi va
o‘z navbatida undagi qon bosimining ko‘tarilishini keltirib chiqaradi. Chap
va o ‘ng bo‘lmachalardagi bosimlar farqi tufayli oval teshikchaning klapani
yopiladi. Aransiyev, Botallov tarmoqlari va oval teshigi bir necha xaftadan
keyin bitib ketadi, natijada ikki kamerali yurak kabi faoliyat ko‘rsatgan
bola yuragi voyaga yetgan odamlamikidek to ‘rt kamerali yurak holida
faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Ayrim hollarda oval teshikchasi 6-7 oylikdan
keyingina bitib ketadi.
|