|
bilan tashilishi fiziologik sharoitlarda (eritrositlardagi uning miqdori, tana Pdf ko'rish
|
bet | 73/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotbilan tashilishi fiziologik sharoitlarda (eritrositlardagi uning miqdori, tana
haroratiga teng bo‘lganida gavdaning tuz tarkibiga qaramay ph-7,35 teng
bo‘lganida) bir necha bor yuqori.
Nafas olish va qon aylanishining o ‘zaro bog‘liqligi. Ko‘krak
bo‘shlig‘idagi manfiy bosim yurak ishini qo‘ 11 ab-quvvatiab turadi. Nafas
olish paytida ko‘krak bo‘shlig‘idagi bosim kamayadi, qorin bo‘shlig‘ida
esa ortadi, bu esa o ‘z navbatida juda ko‘plab qorin bo‘shlig‘idagi vena
tomirlaridan kovak venalarga qon kelishini, yurakka kelayotgan vena qoni
miqdorini ortishini va diastola paytida yurakning kengayishini ta’minlydi.
Aksincha, nafas chiqarish paytida ko‘krak bo‘shlig‘idagi bosim ortadi, bu
esa sistola paytida yurakning qondan bo‘shashini ta’min etadi.
Shuni qayd qilish kerakki, agar chuqur nafas olingandan keyin
oldindan og‘iz va burunni yopib kuchli nafas chiqarish uchun harakat
qilinsa unda o ‘pkada bosim atmosfera bosimidan jiddiy darajada baland
bo‘ladi. Bu paytda o ‘pkadagidan ham plevra varaqlari orasidagi bosim
ko‘tariladi. Bu o ‘z navbatida o ‘pkadagi qonning kamayishini, yurakda
bosimning pasayishini, yurakning bo‘shashini va katta qon aylanish doirasi
tomirlarining qon bilan to‘lishini chaqiradi. Tashqi vena tomirlari shishadi,
puls sezilmay qolishi mumkin (Valsalva tajribasi).
151
Agar kuchli nafas chiqarilganidan keyin og‘iz va burunni yopib,
chuqur nafas olish uchun harakat qilinsa, bu paytda o ‘pkada havo
siyraklashadi, bosim keskin tushib ketadi va atmosfera bosimidan ancha
past bo‘ladi. Bu paytda plevralararo bosim yanada ko‘proq tushib ketadi,
ya’ni manfiy bosim keskin ortadi. K o‘krak qafasining so‘ruvchanlik
|
| |