|
Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi Pdf ko'rish
|
bet | 81/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotko‘p
miqdorda
karbonat
angidridning chiqarib yuborilishi natijasida qonda karbonat kislota
kamayib ketadi. Oqibatda nafas markazining qo‘zg ‘alishi pasayib, nafas
tezligi, chuqurligi va ritmi buziladi. Qonda karbonat kislotaning juda
kamayib ketishi qondagi kislota-ishqor muvozanatining ishqoriy tomonga
surilishiga, natijada gaz alkolozining kelib chiqishiga olib keladi. 4500-
5000metr balandlikda “tog‘ kasali”paydo bo‘ladi. Bu vaqtda oliy nerv
faoliyati buziladi, nafas va qon aylanish sistemalarining ishi izidan chiqa
boshlaydi. Charchoqlik, bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi, ko‘z xiralashib, quloq
o g ‘ir tortadi, o ‘pkaning tiriklik sig‘imi kamayadi. Barometrik bosimi
pasaygan sharoitga organizm faol moslashishga harakat qiladi. Jumladan,
qon aylanishi tezlashadi, yurakning minutlik hajmi oshadi, qonda
eritrotsitlar, demak, gemoglobin ko‘payadi, miya va boshqa hayotiy
muhim organlaming qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. Bu moslanish
jarayonlari hayvon toqqa chiqa boshlashi bilan kuzatila borib, ma’lum
chegaragacha davom etadi. Hayvon atmosfera bosimi past joyda uzoq
yashasa, organizmdagi jarayonlar ana shu past bosim sharoitiga
moslashadi (adaptatsiya). Organizmdagi jarayonlar buzilmasligi uchun
balandlikka-toqqa asta-sekinlik bilan ko‘tarilish maqsadga muvofiqdir.
Bunda organizmda moslanish jarayonlari ro‘y berib, ulguradi va hayotiy
jarayonlaming deyarli buzilmasligi ta’minlanadi. Dengiz sathidan pastga
tushilgan sari, atmosfera bosimi ortib boradi. Bunday sharoitda qonda
erigan gazlaming miqdori ham ko'payadi.
Yuqori atmosfera bosimining organizmga ta’siri havo tarkibidagi
turli gazlaming parsial bosimiga b o g iiq , jumladan, havo tarkibidagi
kislorodning parsial bosimi bir atmosferaga yetsa, nafas ritmi, chuqurligi
|
| |