|
o ‘zgara boshlaydi. Ayrim hollarda kislorodning toksik ta’siri tufayli nafas Pdf ko'rish
|
bet | 82/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limoto ‘zgara boshlaydi. Ayrim hollarda kislorodning toksik ta’siri tufayli nafas
bir muncha tezlashib, o ‘pka ventilyatsiyasi kuchayadi. Kislorodning
156
parsial bosimi haddan tashqari oshib ketsa, organizmda turli-tnman
o ‘zgarishlar vujudga kelib, hayvonni titroq bosadi va boshqa bir qancha
ko‘ngilsiz hollar ro‘y beradi.
Atmosfera bosimining oshishiga yarasha qonda erigan azot gazining
miqdori ham ko‘payib boradi. Erigan azotning bir qismi yog‘
to‘qimalariga o ‘tadi, nerv to‘qimasi yog'ga boy bo‘lganligi sababli bir
qism azot unga ham o ‘tadi. Chuqurliklarga tushilganda qonda va boshqa
to‘qimalarda azotning ko‘payishi o ‘z-o‘zidan organizmda ko‘ngilsiz
hodisalarni hech bir keltirib chiqarmaydi, ammo barometrik bosim baland
joydan birdaniga yuqoriga ko‘tarilish hayot uchun ancha xavflidir. Gap
shundaki, yuqoriga ko‘tarilgan sari qonda va boshqa to‘qimalarda erigan
ortiqcha azot asta-sekin gaz holatiga o ‘tib, to‘qimalardan chiqib keta
boshlaydi. Yuqoriga birdan tezlik bilan chiqariladigan bo‘lsa, organizmda
erigan ortiqcha azot ko'plab gaz holatiga o ‘tib, to‘la chiqib ketishiga
ulgurmay qoladi va qonda gaz pufakchalari paydo bo'ladi, bular mayda
qon tomirlariga tiqilib qolishi mumkin. Azot pufakchalari hayot uchun
muhim organlaming (miya, yurak, o ‘pka va boshqalaming) tomirlariga
tiqilib qolsa, bu organlaming qon bilan ta’minlanishi buzilib, hayvon halok
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari nerv to'qimalaridan chiqishga
ulgurolmay qolgan gaz pufakchalari qattiq og ‘riqqa ham sabab bo‘ladi
(vodolazlarda kesson kasali). Qayd qilinganlardan ko‘rinib turibdiki,
chuqur joylarda atmosfera bosimi yuqori bo‘lgandan so‘ng, yuqoriga asta-
|
| |