|
So‘lak bezlari faqatgina ovqat hazmida ishtirok etmasdan, balki Pdf ko'rish
|
bet | 90/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotSo‘lak bezlari faqatgina ovqat hazmida ishtirok etmasdan, balki
moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini chiqarib tashlashda
(ajratish funksiyasi) hamda m e’daosti bezi gormoniga o ‘xshash uglevodlar
almashinuvida ishtirok etuvchi gormonni ham ajratadi (ichki sekresiya
funksiyasi). Ayrim hayvonlarda, masalan itlarda so ‘lak bezlari issiqlik
almashinuvida ham ishtirok etadi. Odamlar va hayvonlarda so‘lak
bezlarining faoliyati turlichadir.
Ma’lumotlarga kura, odamlarda quloqoldi, tilosti va jag‘osti bezlari
tinimsiz faoliyat ko‘rsatadi va tinch holatda bir minutda 0,25 ml so‘lak
ajraladi. Har bir so‘lak bezidan ajralgan so‘lakning miqdori deyarlik bir
xildir. Bir kecha-kunduzda har xil hayvonlardagidek, aynan bir odamning
o ‘zida ham ajralayotgan so ‘lak miqdori turlichadir. Gapirgan va yozgan
paytda so‘lak ajralishi tezlashadi. Kunduz kuni ajralayotgan so'lak miqdori
k o‘paysa, kechasi esa so ‘lakning miqdori juda kuchli o ‘zgaradi.
Oziqlaming qabul qilinishi asosiy sekresiyani oshirsa, och qolish esa uni
kamaytiradi.
Odamlarda so‘lak ajralishiga yeyiladigan ovqatlaming quruqligi
hayvonlardagidek ahamiyatga ega emas. Shu sababli ham suvli ovqatlar va
suvsiz oziq moddalarga ajraladigan so‘lak miqdori orasidagi farq unchalik
katta emas. Odamlarda reflektor ravishda so‘lak ajralishi ular suvsiz
qoldirilganida kamayadi. Suvning isitilishi yoki sovutilishi so‘lak
ajralishini tezlashtiradi, lekin suvning sovutilishi yoki muz, issiq suvga
nisbatan so ‘lak ajralishini tezlashtiradi.
Oziqlar chaynalgan paytda, so‘lak ajralishi tezlashadi, ovqat qancha
mayda chaynalsa so ‘lak ajralishi shuncha jadal kechadi.
Oziqlar og‘iz bo‘shlig‘ini qaysi tomonida chaynalsa o ‘sha tomonda
|
| |