|
Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi Pdf ko'rish
|
bet | 93/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotqon reaksiyasining nisbatan
doimiyligini ta’minlashga yordam beradi. Bundan tashqari so‘lak
tarkibidagi ishqorlar m e’da shirasining ortiqcha kislotaligini pasaytiradi.
SO‘LAK AJRALISHI
So‘lakni asosan uch juft - quloq oldi, til osti va jag‘ osti so ‘lak
bezlaridan ishlab chiqaradi. Bulardan tashqari, so‘lak hosil bo‘lishida og‘iz
devorida, til ildizida, tomoqda joylashgan mayda qo‘shimcha bezchalar va
ayrim qadoqsimon hujayralar ham ishtirok etadi. Mayda qo‘shimcha
bezchalaming bir qismi tarkibida oqsil saqlovchi suvsimon suyuqliklar
ajratsa, aksariyati shilimshiq ajratadi.
Asosiy so‘lak bezlarining hujayra tuzilishi bir xil emas, binobarin
ajratgan suyuqliklari ham bir-biridan ma’lum darajada tafovut qiladi.
Jumladan, quloq oldi so‘lak bezi doim seroz hujayralardan tuzilgan bo‘Isa,
jag‘ osti va til osti so‘lak bezlari seroz va shilliq hujayralardan tashkil
topgandir. Shu tufayli quloq oldi so‘lak bezi tarkibida oqsil saqlovchi
suvsimon shira suyuqlik ajratadi; til osti va jag‘ osti so‘lak bezlari esa,
shilliq modda - mutsin ajratadi. Asosiy so ‘lak bezlarining faoliyatini
o ‘rganish uchun tegishli bez y o ‘liga fistula qo‘yiladi. Yoxud bez y o ‘li lunj
orqali teri yuzasiga chiqarib tikiladi. So‘lak bezlari y o ‘liga fistula qo‘yish
usuli I.P.Pavlov laboratoriyasida D.L.Glinskiy tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu usul qo‘yidadilargan iborat: so ‘lak bezining chiqish y o ‘li lunjning ichki
yuzasidan atrofdagi shilliq parda bilan birgalikda kesib olinadi, so‘ngra
lunj devori teshilib, bezning y o ‘li tashqariga, teri yuzasiga chiqarilib,
tikiladi. Operatsiya jarohati bitib ketganidan so‘ng tegishli moslama
yordamida so‘lak maxsus idishga y ig ‘ib olinadi (27-rasm).
165
|
| |