|
-rasm. It va qo‘yning quloq oldi so ‘lak bezlari y o ‘liga fistula Pdf ko'rish
|
bet | 94/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot27-rasm. It va qo‘yning quloq oldi so ‘lak bezlari y o ‘liga fistula
o ‘matish.
B ez y o ‘lining joylashuviga qarab bu operatsiya otlar, qoramollar,
cho‘chqalar va boshqa hayvonlarda turlicha amalga oshiriladi. Masalan,
qo‘ylar quloq oldi bezining y o ‘lini tashqariga chiqarib tikish uchun lunj 3-
4 jag‘ tishlarining ro‘parasidan teshiladi. Operatsiyaning qolgan qismi
xuddi itlamikidek amalga oshiriladi. Bu usul uncha maqsadga muvofiq
emas, chunki bunda vazifa hayvonning tegishli so‘lak bezining y o i’li
tashqariga chiqarilib teriga tikib qo‘yilganidan, organizmda ishlanadigan
so'lakning bir qismidan mutlaqo maxrum boiadi. Natijada hazm
jarayonlari ozmi-ko‘pmi izdan chiqadi: Shu sababli hozir bu usulning bir
muncha
mukammallashtirilgan
ko‘rinishidan,
jumladan,
fistuladan
chiqadigan so ‘lakni lunj devorida ochilgan ikkinchi teshik orqali rezina
naycha bilan oziqa qayta quyish usulidan foydalaniladi: istalgan paytda
so ‘lak olish imkoniyati bo‘ladi-yu ammo tekshirish o ‘tkazilmaydigan
paytda u o g ‘iz bo‘shlig‘iga qayta quyilib, hazm jarayonlarida odatdagidek
ishtirok etaveradi. Barcha chorva mollarida so ‘lak ajralishini shu usul
yordamida o ‘rganish mumkin. Otlarda esa bundan tashqari ezofagotomiya
(qizilo‘ngachdan sun’iy teshik ochish) usuli ham qo‘llaniladi.
Buning uchun operatsiya qilinib, qizilo‘rigachdan sun’iy teshik
ochiladi. Hayvon davolanib, opertsiya jarohati tuzatiladi. Bunday hayvon
ozuqa yeganda yutgan luqmasi qizilo‘ngach teshigi orqali tashqariga
tushadi: Tashqariga tushgan luqmani maxsus idishlarga y ig ‘ib olib,
tarkibidagi so‘lakni tekshirish, o ‘rganish mumkin.
SO‘LAK HOSIL BO‘LISH MEXANIZMI
So‘lak hosil bo‘lishi to‘g‘risida fiziologiyada ikkita nazariya bor.
|
| |