|
sekinlik bilan chiqish maqsadga muvofiqdir Pdf ko'rish
|
bet | 83/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotsekinlik bilan chiqish maqsadga muvofiqdir.
VII BOB. OVQAT HAZMI TIZIMI FIZIOLOGIYASI
HAYVONLAR VA 0 ‘SIMLIKLARNING OZIQLANISHI VA
MODDALAR ALMASHINUVTDAGIASOSIY FARQLAR
Atrof-muhitdan ma’lum to‘yimli moddalar, darmon dorilar, mineral
tuzlar va suvning organizm tabiati va uning yashash sharoitiga mos holda
organizmga tinimsiz tushib turmasa uning hayotini tasawur qilish mumkin
emas. 0 ‘simliklar o ‘lik tabiat elementlarini organik moddalarga aylantirib
oziqlanishi mumkin.
Hayvonlar o ‘lik tabiat elementlarini organik moddalarga aylantira
olishmaydi va ular o ‘simliklar yoki o ‘simlik ozuqalari bilan oziqlanuvchi
hayvonlami iste’mol qilish bilan oziqlanib yashaydilar.
Ovqat hazmlanishi deb - ozuqalaming tarkibiy qismlarini suvda erish
darajasigacha mexanik va kimiyoviy ishlov berilishi tufayli ichki muhitga
, ya’ni qon va limfaga surilishgacha etkazilgan holatni yuzaga keltiruvchi
fiziologik jarayonlar y ig ‘indisiga aytiladi.
HUJAYRA1СНША VA TASHQARIS1DA OVQAT HAZM QILISH
I.I.Mechnikov tomonidan kashf etilgan hujayra ichidagi ovqat hazmi
oddiy hayvonlarda kuzatiladi. Oziq modda hujayra tomonidan singdirib
olinadi va ulaming hazmlanishi hujayra ichidagi fermentlar ishtirokida yuz
beradi.
Hayvonot dunyosining rivojlanish darajasiga qarab hazmlash
kanalining ham tabaqalanishi yuz beradi, chaynash apparati va hazmlash
kanaliga hazm shiralari ajratadigan bezlar yuzaga keldi. Oziq-ovqatlar,
ovqat hazmi bo‘shliqlarida qayta ishlanadi, bunday ovqat hazmi
hujayradan tashqarida hazmlanish deyiladi.
Hujayralardan tashqaridagi ovqat hazmi uchta kelishilgan fiziologik
jarayonlardan iborat bo‘ladi: 1) ovqat hazmi kanalining harakat ishlari, 2)
|
| |