|
y og‘lami parchalovchi lipolitik yoki lipazalarga farqlanadi Pdf ko'rish
|
bet | 85/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limoty og‘lami parchalovchi lipolitik yoki lipazalarga farqlanadi.
Ovqat hazmining moslanish evolyusiyasi. Ovqat hazmi organlarining
tuzilishi va uning funksiyalari oziq-ovqatlaming sifati va miqdoriga
moslashgan. Ovqat hazmining evolyusiyasida sekresiyaning ikki tipi
farqlanadi: morfokinetik va morfostatik.
Evolyusiyaning dastlabki bosqichlarida juda ko‘pchilik umurtqasiz
hayvonlarning bitta hujayrasi ham fagositoz, ham sekresiya funksiyalarini
bajargan - morfokinetik tip, bunday hujayralarni xalqali chuvalchanglar va
bug‘imoyoqlilarda uchratish mumkin. Yemirilayotgan yoki o ‘layotgan
sekresiya hujayrasining plazmasi ichak bo‘shlig‘iga to‘kiladi, shu sababli
yangi sekresiya qiluvchi hujayra hosil bo‘ladi. Ovqat hazmi organlari
tuzilishi jihatidan o ‘zgaruvchan bo‘ladi.
Morfokinetik sekresiyadan morfostatik sekresiyaga bir qator
o ‘xshashliklar o ‘tgan, oxirgi uchun sekret ajratuvchi hujayralar tuzilishi
jihatidan nisbatan o ‘zgarmas (doimiydir) va ajralgan sekret to‘g ‘ridan-
to‘g ‘ri yoki chiqaruv y o ‘llari orqali ovqat hazmi bo‘shlig‘iga tushadi.
Morfostatik sekresiya umurtqali hayvonlarda bo‘ladi. Demak, tashqi
sekresiyali ovqat hazmi odamlarda va yuqori darajada rivojlangan
hayvonlarda hujayra ichidagi ovqat hazmidan yuzaga kelgan. 1
Turli turdagi hayvonlarda ovqat hazmi organlarining tuzilishi va
funksiyalari bir-biridan jiddiy farq qiladi, ayniqsa o ‘simliklar bilan
oziqlanuvchilar va go ‘shtli ovqatlar bilan oziqlanuvchilar orasida
kuzatiladi.
159
25-rasm. 1 -o g ‘iz b o ‘shlig‘i, 2 - s o ‘lak bezlari, 3-halqum, 4 -
qizilo‘ngach, 5-jigar, 6 -m e’da, 7 - o ‘t xaltasi, 8 -m e’da osti bezi, 9 -
|
| |