Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Sian va ishqor 
konsentratsiyasi
ni 
mustahkamlash
(KCN, NaOH, 
NaCN, CaOH) 
Au tar-li eritma 
1…2 g/m
3
Au
Rux kukuni 
bilan 
ta’minlagic

Qoʻrg’oshinlan
gan 10% li Zn- 
Pb(NO
3
)
2
0,01…0,003
g/m
3
Au
 
0,01…0,003
g/m
3
Au
 


194 
Resiverdan kislorodsizlangan eritma 8-nasoslar yordamida quyultirgichga 
kelib tushadi. Eritmani quyultirgichga berishda 10-qopqoq bilan bog’langan 
poplavok orqali amalga oshiriladi. Nasosni qoʻllamaslik maqsadida odatda 
dearatorlar quyultirgichdan 9m balandlikka oʻrnatiladi. Bu esa eritmani 
yuqoridan pastga oʻz bosimi ta’sirida erkin tushishini ta’minlaydi.
Aralashtirgichda eritma bilan ta’minlagichdan berilgan rux kukunlari 
aralashtiriladi. Rux kukunlarini uzatish uchun turli hildagi ta’minlagichlar 
qoʻllaniladi: quvurli, tasmali va titrama. Quyltirgichdan oltinli eritma vakuum 
ramali suzgich bilan bog’langan choʻktirish chaniga yuboriladi.
Chan markazida keng quvur oʻrnatilgan oʻqda val qotirilga, uning pastki 
qismida propeller, oʻrta qismida esa choʻyandan yasalgan parrak joylashgan.
Val minutiga 130 marta aylanadi. Aralashtirish natijasida rux kukuni chan 
hajmi boʻylab teng taqsimlanadi. Dastgohlar radius boʻylab vakuum rama, 
vakuum filtir va tindirgichlar bir hil qilib joylashtirilgan. Egiluvchan shlanglar 
parraklarga 16 quvur orqali ulangan va ular oʻz navbatida 17 nasos bilan ham 
bog’langan. Soʻrish kuchi ta’sirida eritma soʻriladi qattiq mahsulot esa 
matodan oʻtmay filtr mato ustida kek shaklida qoladi.
Xozir bu usul jahonda koʻpgina zavodlarda qoʻllanilmoqda. Shu jumladan 
oltinni rux kukuni bilan choʻktirish Uzbekistonning Namangan viloyati, 
Chadak oltin fabrikasida qoʻllaniladi. Buning uchun oʻta tindirilgan eritma 
deaeratsiyalanadi. Rux kukuni ma'lum miqdorda uzluksiz toʻkilib 
aralashtiriladi. Soʻngra choʻkma suzib, oltinsiz eritmadan ajraladi. Suzish 
uchun vakuum ramali, filtr-pres, kubsimon yoki simli filtrlarni ishlatish 
mumkin. 
Bu usuldа ishlаtilgаn ruх kukuni, yuqоri nаvli tаrkibidа 95-97% Zn 
boʻlgаn kukundаn fоydаlаnish zаrurdir. Undа yirik uvоqlаr boʻlmаsligi lоzim. 
Oʻlchаmi -0,105 mm boʻlgаn kukun miqdori 95% dаn kаm boʻlmаsligi kеrаk. 
Ruх kukuni tеz оksidlаnishi tufаyli uni gеrmеtik bеrk idishlаrdа tаshilаdi vа 
sаqlаnаdi. Oʻzining ulkаn sirt yuzаsigа egа boʻlgаn bundаy ruх kukuni оltinni 
tеz vа toʻliq qаytаrib, choʻktirа оlаdi. Ruх kukuni hаr 1 t eritmа uchun 


195 
оltinning konsentratsiyasigа qаrаb 15÷50 g gаchа sаrf boʻlаdi. Ruх kukuni ruх 
qipigʻigа qаrаgаndа bir nеchа аfzаlliklаrgа egа: 
1. Kukun qipiqdаn koʻrа аrzоn 
2. Kukun qipiqdаn kаm sаrf boʻlаdi. 
3. Оltin toʻlаrоq choʻkmаgа tushаdi. 
4. Sinil kаmrоq sаrflаnаdi. 
5 Аylаnmа оltin vа ruх kаmаyadi. 
6. Choʻkmа sifаti yaхshirоq 
7. Dаstgоhlаr iхchаmrоq 
8. Jаrаyonni mехаnizаtsiyalаsh vа аvtоmаtlаsh mumkin. 
Rux yordamida nodir metallarni choʻktirish natijasida murakkab tarkibli 
oltin-ruxli choʻkma hosil boʻladi. Oltin va kumush bilan bir qatorda choʻkma 
tarkibida ortiqcha rux, qoʻrg’oshin metali, rux karbonati va gidroksidi, kalsiy 
karbonati va gidroksidlari, mis, temir, mishyak, surma va tellur birikmalari 
uchraydi. Choʻkma tarkibida хatto dastlabki ruda tarkibida juda kam miqdorda 
boʻlgan metallar ham yig’ilib boradi. Choʻkma tarkibidagi oltin, mis, rux va 
qoʻrg’oshin quyidagi miqdorda boʻlishi mumkin: % 5-30 oltin, 20-60 rux, 4-
20 qoʻrg’oshin, 20-30 mis.
Choʻkmalarni qayta ishlash usuli uning tarkibiga qarab aniqlanadi. Bu 
usullar quyidagilarga boʻlinadi:
1. Flyuslar ishtirokida boshlang’ich qayta ishlashsiz tigel pechlarida 
eritish (toza choʻkmalarni qayta ishlashda qoʻllaniladi, kam tarqalgan). 
2. Haydash va ruxni qizdirib oksidlash hamda keyinchalik oltinli 
choʻkmalarni flyus bilan tigel pechda eritish (deyarli qoʻllanilmaydi) . 
3. Choʻkmani suyultirilgan sulfat kislota bilan qayta ishlash, soʻngra suv 
bilan yuvish, qurutish va tigelda eritish. Bu usulda qayta ishlash kichikroq 
fabrikalarda keng qoʻllaniladi, Shuniningdek eritish yallig’ qaytaruvchi pech 
tubida amalga oshiriladi. Koʻpincha rux va boshqa qoʻshimchalarni qayta 
ishalshda sulfat kislota emas, balki natriy sulfatdan foydalaniladi.


196 
4. Xlorid kislotasi bilan qayta ishalashda uni sulfat kislota bilan qayta 
ishlashga qaraganda qoʻshimchalardan toʻliq tozalash imkoni yuqoriroqdir. 
Qolgan jarayonlar esa xuddi oldingi jarayonlar kabi davom etadi. 
5. Choʻkmalarni sulfat kislota bilan qayta ishlash, tiklovchi eritish yallig’ 
qaytaruvchi pech tubida amalga oshiriladi, soʻngra olingan verkbleylar 
kupelyatsiya pechiga joʻnatiladi. Ba’zi hollarda toza choʻkmalar kupelyatsiya 
pechiga yuklanadi.
6. Choʻkmalarni eritish(sulfat kislotada qayta ishlangan yoki qayta 
ishalnmagan choʻkma), glyot bilan briketlash, shaxtali pechda eritish va 
kupellash.
7. Choʻkmalarni 30%li sulfat kislota, keyin esa kuchli sulfat kislota bilan 
qayta ishlash. Bu usul sulfatlardan kumushni, xloridlarni va qoʻrg’oshinni 
ajratish uchun olib boriladi.
8. Tarkibida koʻp mis boʻlgan choʻkmalar sulfat kislota va ammiak 
selitrasi bilan qayta ishlanadi, bu usul choʻkmani eritishdan oldin mis va ruxni 
chiqarib yuborishdan iborat.
2. Keng tarqalgan usullardan biri bu kislota bilan qayta ishlab keyin 
quritishdan va uni yuqori haroratda eritib oltin kumushli qotishma olishdan 
iboratdir. Bu usul boʻyicha, yuvilgan choʻkma sulfat kislotani 10-15%li 
eritmasi ishtirokida tanlab eritishga keladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi rux 
va kislotada eriydigan metallardan tozalashdir. Jarayonda quyidagi asosiy 
reaksiyalar boradi: 
Zn + 2H
+
= Zn
2+
+ H
2
,
Zn(OH)
2
+ 2H

= Zn
2+
+ 2H
2
O,
Zn (CN)
2
+ 2H
+
= Zn
2+
+ 2HCN,
ZnCO
3
+ 2H
+
= Zn
2+
+ H
2
O + CO
2
,
Pb + 2H
+
+ SO
4
2–
= PbSO
4
+ H
2
,
(AsO
4
)
3–
+ 4Zn + 7H
+
= 4Zn
2+
+ 2H
2
O + AsH
3
,
(SbO
4
)
3–
+ 4Zn + 7H
+
= 4Zn
2+
+ 2H
2
O + SbH
3



197 
Tanlab eritish vaqtida zaxarli gazlar ajralib chiqadi , ya`ni sinil kislotasi, 
arsen va stibin Shular jumlasidandir. Oxirgi ikkita zaxarli gazlar choʻkma 
tarkibidagi mishyak va surmani vodorod bilan birikishidan hosil boʻladi.

3
(AsO
4
)
2
+ 8Zn + 22N
+
+ 3SO
4
2–
= 2AsH
3
+ 3CaSO
4
+ 8Zn
2+
+ 8H
2
O
Tanlab eritish jarayoni diametri 2-3 m, balandligi 1,5-2 m boʻlgan 
chanlarda olib boriladi. Aralashtirish siqilgan havo yoki aralashtirgichlar 
yordamida olib borilishi mumkin. Ishchi xodimlarning zaharlanmasligi uchun 
chanlar yopiq holda boʻladi va bu jarayon yuqori ventilyatsiyaga ega boʻlgan 
binolarda olib boriladi. Tanlab eritishda sulfat kislotasining sarfi 1 kg 
choʻkmaga 1-2 kg eritma sarflanadi. Tanlab eritish jarayoni tugaganidan keyin 
boʻtana filtrlanadi, oltin saqlovchi choʻkma ehtiyotlik bilan suv bilan yuviladi. 
Filtratda va yuvilgan suvda ma'lum miqdorda oltin qolib ketadi, Shuning uchun 
eritmani keyingi filtrlashga hamda faollangan koʻmir yoki qatron bilan 
toʻldirilgan kolonnalarga yuboriladi. Natijada eritma tarkibida oltinning 
miqdori 0,05-0,2g/m
3
ga yetadi. Bunday eritmalar chiqindiga yuboriladi. 
Olingan choʻkma yuvilgandan keyin filtrlanadi va quritishga yuboriladi. 
Kislota yordamida qayta ishlashda ruxning miqdori bir necha foiz kamayadi, 
oltinning miqdori esa 50% gacha oshadi. Qoʻrg’oshin tanlab eritish vaqtida 
juda kam eriydi, shuning uchun ham qoʻrg’oshin choʻkma tarkibida qolib 
ketadi.
Kislotali qayta ishlashdan keyin olingan choʻkma 500-700
0
C haroratda 
qizdiriladi, bundan asosiy maqsad choʻkmani quritish va qoʻshimcha metallarni 
oksid holiga oʻtkazib toshqol hosil qilishdir. Qizdirish natijasida choʻkmaning 
namligi yoʻqotiladi, karbonat va sianid tuzlari parchalanadi va erimay qolgan 
rux oksidlanadi. Qizdirish jarayoni elekr pechlarda olib boriladi, ba’zida bu 
jarayon 110-120
0
C da quritish bilan almashtiriladi. Qizdirishdan olingan 
mahsulot flyus bilan arlashtiriladi va yuqori haroratda eritiladi.
Eritish jarayonining maqsadi –qoʻchichalarni ajratish va affinaj jarayoni 
uchun kerak boʻladigan oltin- kumush qotishmasini olishdan iborat. Flyus 
sifatida soda, bura, kvars qoʻshiladi.


198 
Choʻkma tarkibida hamma vaqt ma'lum miqdorda oltingugurt boʻladi, bu 
esa eritish jarayonida nodir mettallar bilan yaxshi ta'sirlashadigan shteyn hosil 
boʻlish havfini keltirib chiqaradi. Buni oldini olish maqsadida eritish 
jarayonida oksidlovchi natriyli selitra yoki marganets qoʻshoksidi ishlatiladi. 
Oksidlovchilarning ishlatilishi faqatgina shteyn hosil boʻlishini oldini olishgina 
emas, balki, qoʻshimcha metallarni oksid holiga oʻtkazib toshqol hosil 
boʻlishini tezlashtirish hamdir va natijada yuqori tozalikka ega boʻlgan oltin - 
kumush qotishmasi hosil qilinadi. 
Eritish jarayonini turli hildagi pechlarda olib borilishi mumkin. Shu 
vaqtgacha eritish jarayoni tigelli pechlarda olib borilgan. Jarayon 1100-1200
o

da olib boriladi, yoqilg’i sifatida neft, mazut, koʻmir ishlatilishi mumkin. 
Qoʻrgoshin oksid va boshqa oksidlar toshqol tarkibiga oʻtadi. Jarayon toshqol 
hosil boʻlishi tugagunga qadar olib boriladi. Erish jarayoni tugagandan keyin 
sovishi natijasida toshqol qotishmadan ajratib olinadi. Bu jarayonda oltin va 
kumushining 950 - 980 markali qotishmasini olish mumkin. Agar toshqol 
tarkibida nodir metalar qolib ketgan boʻlsa, toshqol yana qayta eritishga 
yuboriladi. Qayta eritilgan toshqol pechdan quyilgandan keyin pechning pastki 
qismida nodir metallarga boy qotishma yig’iladi. 
Hozirgi kunda choʻkmalarni eritish uchun elektr pechlardan foydalaniladi. 
JAR da grafitdan yasalgan uch elektrodli metall sig’imi 750 kg boʻlgan elektr 
pechlar ishlatiladi. Bu pechlar kam ishchi kuchi talab qiladi, yuqori ishlab 
chiqarish quvvatiga ega. Bu pechlardan olinadigan toshqollar tarkibida tigelli 
pechlarga nisbatan nodir metalar kam boʻladi. Elektr pechlarda metallarni 
eritish tigelli pechlarga nisbatan arzondir.
3. Choʻkmalarni qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud boʻlib, 
ulardan biri choʻkmalarni dastlabki qayta ishlashsiz eritilishidir. Bu usulning 
imkoniyatlari cheklangan, bu usul faqatgina choʻkmada nodir metallar 
miqdori yuqori boʻlgan holda qoʻllaniladi. Jarayonning afzalligi uning 
oddiyligi, oltinning quritish natijasida yoʻqolmasligi; asosiy kamchiliklari – 


199 
past sifatli quyma olinishi, flyuslarning koʻp sarf boʻlishi va nodir metalli 
toshqol hosil boʻlishidir. 

Download 3,78 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish