192
Ramalar tortilgan filtrlovchi matolarga oʻralgan. Ramalar soni 24 dona boʻlib,
piramida taglik ustida oʻrnatilgan. Mahsulot ramali vakuum suzgichlarda 2-5
soatcha boʻladi. Choʻkmada qolgan namlik 25-35%, unumdorligi 3,0 x 1,5 m.
Rama yuzasi 1,5 - 3,5 t quruq mahsulotga teng. 1m
2
yuzadan 0,7 -0,4 t
mahsulot olinadi (kek).
Uzluksiz ishlaydigan vakuum suzgichlar: bunday filtrlarning turlariga
barabanli filtrlar kiradi.
Bunda barcha jarayonni avtomatlashtirish mumkin. Bu barabanli suzgich
minutiga 3-12 marta aylanadi.
Aylanayotgan baraban orqali suzgichga eritma so`riladi. Eritma
soʻrilgach, baraban aylanib choʻkmani yuvish va quritish zonasiga oʻtrazadi.
Qurigan choʻkma baraban yuzasidan qirib tushiriladi.
Vakuum-suzgichlarda
1-2 ta resiver oʻrnatiladi. Bu resirverlar orqali vakum-nasos moslangan quvur-
naylar orqali taqsimlovchi qurilmaga bog’langan.
Filtrat va yuvindi suvlar resiverda toʻplanib, markazga intilma nasoslar
orqali chiqarib yuboriladi. Bunday barabanli vakuum-suzgichlarning
unumdorligi suzgichga berilgan mineral zarralarning fizik-kimyoviy
xususiyati va oʻlchamlariga bog’liqdir. Boʻtananing zichligi S : Q = 1,5 : 1
boʻlib, sutkasiga 1 t/m
2
dan oshmaydi.
Diskli (lappakli) vakum-suzgichlar odatda keng koʻllamda ishlatiladi.
Bunday
dastgohlar ixcham, ishlatishda qulay, ular tagligidagi jom idish
bir-ikki boʻlimga boʻlinib, har bir boʻlimdagi suzish uskunalari har hil turdagi
boʻtanalaini suzish mumkin. Vertikal oʻrnatilgani uchun yuvish qiyin.
Shu
boisdan
kek
chanlarda
repulpatsiyalanadi(Ya`ni
boʻtana
yumshatiladi). Buning uchun kek maxsus chanlarda
suv yoki maxsus eritma
bilan yuviladi, aralashtiriladi.
Sianli eritmalardan oltinni choʻktirish jarayoni rux kukuni yordamida
amalga
oshiriladi.
Bunda
tindirilgan
oltintarkibli
sianli
eritma
kislorodsizlantirishga yuboriladi, rux kukuni nordon qoʻrg’oshin tuzi bilan
193
aralashtiriladi va oltin ruxli choʻkmani ajratish uchun filtrlanadi.
Qoʻrg’oshinlangan rux kukuni yuzasi katta boʻlganligi
sababli sementatsiya
jarayoni tez va toʻliq amalga oshadi, Shuning bilan oltinning asosiy qismi
aralashish vaqtida choʻkadi va filtrlash vaqtida filitr yuzasida qoladi.
Jarayonning apparatlar zanjiri sxemasi 10-chizmada keltirilgan.
Tindirilgan oltin tarkibli eritma 6 quvur orqali changa tushadi. Eritmaning
berilishi qalquvchi mexanizm orqali nazorat qilib turiladi va u qopqoq bilan
bog’langan
7-eritmani kislorodsizlantiruvchi dearatorga 3-quvur orqali
uzatiladi, u yerda eritma 700-725mm simob ustuni bosimida siyraklashtiriladi.
Dearatorning pastki qismida poplavok oʻrnatilgan boʻlib u dastak bilan
qopqoq 4 orqali va 3- ta’minlovchi quvur bilan bog’langan. Bu qismlar
yordamida eritmaning (600mm) doimiyligi ushlab turiladi.
Vakuum resiverdan(dearator-kislorodsizlantiruvchi qurilma) eritmadagi
kislorod konsentratsiyasi 0,5-1mg/l holida chiqib ketadi. Kislorodsizlantirish
jarayoni
rux sarfini kamaytirishga, oltinning choʻkish jarayonini
tezlashtirishga va toʻliq borishiga, oltin choʻkmalar sifatini oshirishga olib
keladi.
14.1.-Chizma. Sementatsiya jarayonning apparatlar zanjiri va
texnologiyasi: 1 – vakuum-nasos; 2 – vakuum resiver(dearator); 3, 6, 16 –
quvurlar; 4, 7, 10 – qopqoqlar; 5 – dastak; 8, 17 – markazlashgan nasos; 9 –
chan; 11 – ta’minlagich; 12 – aralashtirgich(quyultirgich); 13 – vakuum-rama;
14 – deflektor; 15 – choʻktirish chani.