200
Sian eritmalaridan oltinni ajratib olish usullari, ya`ni filtrlab-
dekantatsiyalash va rux yordamida choʻktirish bir qancha kamchiliklarni
keltirib chiqaradi. Kamchiliklar quyidagilardan iborat: 1)
oltin va kumushni
uning birikmalaridan toʻliq ajratib olib boʻlmasligi; 2) yomon filtrlanadigan va
quyultiriladigan rudalarni qayta ishlashning qiynligi; 3) yuqori energiya sarf
boʻladigan va qimmatbaho filtr dastgohlarining ishlatilishi; 4)
past sifatli
mahsulot olinishi; 5) oltin va kumushni rux bilan choʻktirish jarayonida
qoʻshimcha metallar mis, mishyak, surma
minerallarining jarayonni
qiyinlashtirishi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida hozirgi
vaqtda sorbsiyali sianlash keng qoʻllanilib kelinmoqda. Jarayon oltin va
kumushni tanlab eritishga va eritmaga yuklangan sorbentga yuttirishga
(sorbsiya) asoslangan. Jarayonning asosiy qulay
tomoni filtrlash va qarama-
qarshi yoʻnalishdagi dekantatsiya jarayonining ishlatilmasligi va bu esa oʻz
navbatida qiyin filtrlanadigan rudalarni qayta ishlash imkonini berishidan
dalolat beradi. Jarayonning yana bir qulay tomoni ruda tarkibidagi tabiiy
sorbentlarning faolligi boʻtanaga qoʻshilgan kuchli sorbentlar yordamida
pasaytiriladi va bu oltin hamda kumush ajratib olish darajasini oshiradi.
Sorbsiya jarayonida 2 hil yig’uvchi (sorbent) ishlatilishi mumkin:
1) sun’iy ionalmashinuvchi qatronlar(smolalar) – ionitlar;
2) faollangan(aktivlangan) koʻmir.