Hozirgi XXI asrga kelib Raqamli bank tushunchasi Yevropa davlatlarida 2015-2020  yillar davomida jadallik bilan rivojlangan[2]




Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.05.2023
Hajmi1.12 Mb.
#65895
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matchanov Toxirjon Matchanov
134-betdan, ZOND QO’YISH, OSHQOZON YUVISH TEXNIKASI, betlik, MT1, kontrakt, lorem2, Mavzu Tabiiy gazlar va ularning komponentlari texnologik tavsif-fayllar.org, Munosabatlar superpozitsiyasi. Tа’rif, Jaloliddin Rumiy-azkurs.org, Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar Ba`zi muhim taqsimotlar, Quyosh batareyalari va panellarini hisobini olish, en va ms amal mashg 7 uzl, operatsion tizimlar 5-amaliy ish, yoshlarni ijtimoiy--pedagogik qo\'llab-quvvatlash tizimi
208 
Hozirgi XXI asrga kelib Raqamli bank tushunchasi Yevropa davlatlarida 2015-2020 
yillar davomida jadallik bilan rivojlangan[2]. 
 
TAHLIL VA NATIJALAR. 
Raqamli xizmatlar koʻrsatish xarajatlarni ma‟lum darajada kamaytirishga 
yordam beradi va oʻz navbatida raqamli xizmatlarni taqdim qilgan bank daromadga 
ham erishadi. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali mijozlarning 
afzalliklarini oʻrganish mijozlarning manfaatlariga muvofiq raqamli bank mahsulotini 
yaratish bankning raqobatbardoshligini oshiradi. Zero, bozorda bankning ulushi 
qanchalik katta boʻlsa, uning foydasini oshirish ehtimoli ham shunchalik yuqoridir.
Bizning banklarimiz naqd pul muomalasi boʻyicha ishlagan va ishlamoqda, 
ammo hozir bu model elektron pul bilan ishlashga moslashtirilmoqda. Zamonaviy 
jamiyat raqamli makonda koʻproq vaqt sarflaydi va bu banklarning mijozlar bilan 
munosabatlarini va ularga xizmat koʻrsatish usullarini butunlay qayta koʻrib chiqish 
zarurligini koʻrsatadi. Aynan hozir Oʻzbekiston banklarida mijozlarga masofadan 
x
izmat koʻrsatish tizimlarining bir necha turlari mavjud. Ular “Bank-Mijoz”, “Internet-
banking”, “SMS-banking” va “WAP-banking” dir. Mijozlarga raqamli bank 
xizmatlarini koʻrsatish bank va uning mijozi oʻrtasidagi munosabatlarni 
avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib, pul mablagʻlarini boshqarishning 
tezkorligini hamda bank operatsiyalarining sifatli qayd qilinishini ta‟minlaydi. 
Raqamli banklar o„z mijozlariga yanada qulaylik va foydali bo„lgan xizmatlarni 
taqdim etish maqsadida zamonaviy raqamli innovatsiyalardan keng foydalanib 
kelmoqdalar. 
Bugungi kunda raqamli banklarning asosiy afzalliklari


raqamlashtirilgan banklarning mijoz uchun sifatli va qulay bo„lgan mobil 
ilovasi; 

raqamli banklarning mamlakatimiz bo„ylab bank filiallari kengaymasligi; 
- raqamli banklar ortiqcha bino-inshoot va boshqa resurslarni talab qilmasligi

raqamli banklar mijoz va bank o„rtasida doimiy ravishda onlayn aloqa 
tizimining o„rnatilganligi; 

raqamli banklarda byurokratik to„siqlarni mavjud emasligi; 
- raqamli banklarda mijozlar talabidan kelib chiquvchi shuningdek bozor 
talablariga javob bera oladigan kreditlar va omonatlar uchun eng qulay sharoitlar;
- raqamli banklar mijozlar uchun sifatli, tezkor, qulay, havfsiz va kechayu- 
kunduz ish rejimida javob beruvchi aloqa markazlarining mavjudligi; 

raqamli bank ilovalarining mijozlar uchun xizmat ko„rsatish sohalarini arzonligi 
jihatidan farqlar mavjud. 


209 
Yuqorida sanab o„tilgan qulayliklar faqatgina bank mijozlari foydasi uchun 
xizmat ko„rsatadi. 
Raqamli banklar insoniyat u
chun masofadan xizmat ko„rsatish, bank va mijoz 
o„rtasidagi jarayonni raqamlashtirishga mo„ljallangan bo„lib, mijozlarning omonat 
hisobini, plastik kartalarga ochilgan hisobini, masofadan boshqarish imkoniyatini 
beradi. Masofadan xizmat ko„rsatish tizimlari bank xizmatlari uchun ketadigan 
vaqtni tejaydi va inson resurslaridan foydalanishni kamaytiradi. 
Raqamli bank xizmatlari asosan bankda ochilgan plastik kartalari bilan 
bogʻlangan. Koʻpchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda plastik karta savdo va 
xizmat koʻrsatishning ajralmas qismi hisoblanadi. Toʻlovlarni esa mobil ilovalar 
orqali masofadan turib toʻlash bugungi kunda aktual boʻlib bormoqda, shuningdek, 
daromadlar va xarajatlar monitoringini olib borish imkoniyati mavjud. Hozirgi kunda 
bank karta
lari elektron bank tizimlarining asosiy elementi boʻlib, tobora odatdagi 
chek va pul mablagʻlarini oʻrnini egallab ulgurgan. Sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz toʻlov barcha pul 
operatsiyalari tarkibida 90% ga yetishini aytish kifoya.

Download 1.12 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Hozirgi XXI asrga kelib Raqamli bank tushunchasi Yevropa davlatlarida 2015-2020  yillar davomida jadallik bilan rivojlangan[2]

Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish