|
I bob. “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning nazariy asoslari”
|
bet | 2/5 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,53 Mb. | | #101055 |
Bog'liq SEMINAR taqdimot HAMROYEVA Oynisa I bob. “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning nazariy asoslari” -
- Birinchi bobda oliy ta’lim jarayonida talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish muammosining pedagogik nazariyasi va amaliyotidagi holati, talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish kasbiy axamiyati va talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishning mazmuni bayon etilgan.
- Oliy ta’lim tizimida pedagogikaning asosiy maqsadi intensiv rivojlanayotgan sotsial hayotda kundalik, ilmiy va madaniy va manaviy sohalarda xalqaro miqyosda mustaqil va erkin faoliyat olib borishlari uchun talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishdan iboratdir.
- O‘quv-bilish faoliyatida “kommunikatsiya” tushunchasi alohida ma’no -mazmun kasb etadi. U nafaqat bilimlarning miqdori va sifatini, balki keyingi o‘zaro munosabatlarga moyillik keltirib chiqaradigan darajasini ham belgilaydi. Shuning uchun, ayniqsa axborotni uzatish yetkazish bilan ishlaydigan mutahassislar uchun kommunikativ kompetentlilikni rivojlantirish vazifasi o‘ta dolzarbdir.
- Kommunikatsiya faqatgina o‘quv-bilish vazifalarini hal etishga xizmat qilib qolmaydi. Kommunikatsiyaning bu turi ham odamlar o‘rtasidagi muloqot vositasi bo‘lib, birgalikdagi faoliyat jarayonida pedagog va talabalar o‘rtasida fikr, his-tuyg‘u, qiziqish, fikr almashish vositasi hisoblanadi. Shu bilan birga didaktik kommunikatsiya bilish so‘qmoqlarida duch kelinadigan qiyinchiliklarni (qiyin matn va boshq.), o‘quv-bilish amaliyoti jarayonidagi to‘siqlarni yengishga yordam beradi.
- Kommunikativ kompetentlikning asosida "O‘qituvchining bir tomondan talabalarning shaxsiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faniga ularni o‘rgatish malakasi, ikkinchi tomondan esa mustaqil ta’lim faoliyatiga ehtiyoj va malakasi yotadi va biz uni kommunikativ kompetentlik tarkibida belgilaymiz.
- Texnologik komponent kasbiy, maxsus bilim va ko‘nikmalarini sintez qilishi, talabaning o‘zlashtirishi, kasbiy faoliyat jarayonini texnologik jihatdan loyihalashtira olish malakasining mavjudligi, kasbiy vazifalarni mustaqil ijodiy yechish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
|
| |