|
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
|
bet | 113/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘z-o‘zini tekshirish savollari
Internet-marketing qachon paydo bo‘lgan va kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
Internet-marketing tushunchasini ochib bering.
Internet-marketingning ob’ekti va predmeti nima?
Internet-marketingning asosiy majmualarining ma’nosi.
Konvergensiya jarayoni nimadan iborat?
Internet-marketingning xususiyatlari va afzalliklarini aniqlang.
Ommaviy marketing va yakkama-yakka marketingni qiyosiy tavsiflab bering.
3.2. Internet-marketing strategiyasi 3.2.1. Marketing tadqiqotlari - turlari va usullari
Marketing faoliyati samaradorligini tahlil qilish, rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonida atrofdagi marketing muhiti va korxonaning ichki muhiti to‘g‘risida turli xil ma’lumotlar talab etiladi.
Marketing tadqiqoti – bu marketing faoliyatining turli jabhalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda to‘plash, tahlil qilish va namoyish qilish bilan bog‘liq faoliyat.
Marketing tadqiqoti – bu axborot orqali korxonani bozorlar, iste’molchilar, raqobatchilar, tashqi marketing muhitining barcha elementlari bilan bog‘laydigan funktsiya.
Zamonaviy, foydali va to‘liq ma’lumot kompaniyaga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
moliyaviy xavf va korxona obro‘siga putur yetkazadigan xavfni kamaytirish;
raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lish;
marketing muhitini kuzatib borish;
strategiyani muvofiqlashtirish;
ish faoliyatini baholash;
menejerlarning sezgilarini kuchaytirish.
Kompaniya marketing tadqiqotlarini mustaqil ravishda yoki marketing bo‘limi yoki ihtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan olib boradi.
Marketing tadqiqotlarining odatiy turlari:
Market bozor xususiyatlarini o‘rganish;
Market bozorning imkoniyatlarini o‘lchash;
Korxonalarning bozordagi ulushlarni o‘rtasida taqsimlan-
ishini tahlil qilish;
Savdo tahlili;
Tadbirkorlik faoliyati tendentsiyalarini o‘rganish;
Raqobatchilarning mahsulotlarini o‘rganish;
Yangi mahsulotga va uning hajmiga bo‘lgan munosabatni o‘rganish;
Talab va narxlarni uzoq muddatli bashoratlash;
Raqobatchilarning narx siyosatini o‘rganish va boshqalar.
|
| |