• Savdo va marketing tahlili
  • Sun’iy intellektni qo‘llash sohalari




    Download 4,94 Mb.
    bet54/201
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,94 Mb.
    #232599
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   201
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    1.7.3. Sun’iy intellektni qo‘llash sohalari


    Sun’iy intellektni qo‘llash sohalari juda keng bo‘lib, ham texnologiyalarni, ham ommaviy qo‘llashdan uzoq bo‘lgan yangi yo‘nalishlarni ham qamrab oladi.

    Sun’iy intellektni tijoratlashtirish yo‘nalishlari Biznesda sun’iy intellekt


    Xarajatlarni minimallashtirish va daromadlarni ko‘paytirish, shuningdek, ish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida turli xil texnologiyalar qo‘llaniladi. Sun’iy intellektning biznesdagi eng keng tarqalgan usullari:

    • shaxsiy tavsiyalarni yaratish, ya’ni kompaniyalar sotuvlar va reklama samaradorligini oshirish uchun mijozga qanday xizmatlar kerakligini bilib olishlari mumkin;

    • do‘konlarning samaradorligini oshirish, ya’ni SI yangi punktlarni ochish uchun eng yaxshi joyni tanlaydi, tuman aholisining ehtiyojlarini hisobga olgan holda assortimentni ishlab chiqadi va hokazo.

    • texnik yordamni optimallashtirish, ya’ni mijoz sun’iy intellekt bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, eng yaqin do‘konni topishga, karta bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirishga va individual chegirmalar olishga yordam beradi;

    • firibgarlikka qarshi kurashish, takliflarni shaxsiylashtirish va xodimlarning samaradorligini oshirish;

    • sanoatda ishlab chiqarishni optimallashtirish, masalan, xom ashyoni to‘g‘ri sarflash, qurilmaning maqbul parametrlarini tanlash va boshqalar.

    Savdo va marketing tahlili


    Ovozli va boshqa virtual yordamchilar birinchi navbatda mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishni talab qiladigan chakana savdo-sotiqdan farqli o‘laroq, so‘nggi yillarda ma’lumotlarni intellektual tahlil texnologiyalarga katta talab mavjud.

    • Mijoz talabini bashorat qilish. Mijoz talabini bashorat qilish real rejalar va savdo strategiyalarini yaratishga imkon beradi va olingan ma’lumotlar asosida mahsulot ishlab chiqarishning maqbul rejalarini tuzishga imkon beradi. To‘g‘ri prognoz qilish uchun tizim savdo maydonchalari, iqtisodiy va demografik vaziyat va boshqa ko‘rsatkichlar to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlarni tahlil qiladi. Natijada, chakana savdo do‘konlarining mahsulot turlarini (assortimentini) rejalashtirish samaradorligi sezilarli darajada oshadi, shuningdek, omborda mahsulot yig‘ilib va sotilmay qolish holatlar ham kamayadi.

    • Marketing samaradorligini boshqarish. Ma’lumotlarni intellectual tahlili marketing kanallarining samaradorligini aniqlashga, ularning savdoni o‘sishiga qo‘shgan hissasini baholashga va ushbu ma’lumotlar asosida marketing byudjetlarini qayta taqsimlashga yordam beradi. Bundan tashqari, aloqa xarajatlari doimiy ravishda kamayib bormoqda, chunki tizim doimiy ravishda takomillashmoqda va har bir foydalanishda hamkor yoki mijozga qaysi kanallar va qaysi xabarlarni yetkazishni aniqroq yetkazadi.

    • Mijozlarning qaytib ketishini oldini olish. Aqlli tahlil mijozlar ma’lumotlarini majmuasini tahlil qilish asosida mijozlarning chiqib ketish hajmini taxmin qilish imkonini beradi. Sun’iy aql har bir mijozni saqlab qolish yoki yo‘qotishning maqsadga muvofiqligini baholashga yordam beradi va potensial foydali mijozlar bilan aniq ishlaydi. Bunday qarorlar eng maqbul marketing strategiyasini yaratishga yordam beradi va uni tizimga yangi ma’lumotlar kiritilishi bilan darhol tartibga soladi.

    Download 4,94 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   201




    Download 4,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy intellektni qo‘llash sohalari

    Download 4,94 Mb.