• 1.7.2. Sun’iy intellektning maqsadi, vazifalari va tuzilishi
  • Sun’iy intellektning ta’riflari




    Download 4,94 Mb.
    bet52/201
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,94 Mb.
    #232599
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Sun’iy intellektning ta’riflari


    Sun’iy intellektning ta’riflari juda ko‘p. Ulardan ba’zilarini keltiramiz.
    Sun’iy intellekt asoschisi Jon Makkarti sun’iy intellektga quyidagi ta’rifni beradi [20]:
    Sun’iy intellect – an’anaviy ravishda insonning noyobligi hisoblanadigan ijod, yaratish funktsiyalarni bajaradigan aqlli tizimlarning xususiyatlari; aqlli mashinalarni, ayniqsa, aqlli kompyuter dasturlarini yaratish fani va texnologiyasi.
    Sun’iy intellekt – axbototlashtirishning bir yo‘nalishi bo‘lib, dasturlashni bilmaydigan foydalanuvchilarga apparat - dasturlash vositalarini ishlab chiqish orqali EHMlar (Elektron Hisoblash Mashinalarni) yordamida an’anaviy, aqliy masalalarni qo‘yish va bartaraf etish imkonini yaratadi.
    Sun’iy intellekt – bu ilmiy sohadir, uning doirasida an’anaviy ravishda intellektual deb hisoblanadigan ushbu turdagi faoliyatni apparat yoki dasturiy modellashtirish vazifalari qo‘yiladi va hal qilinadi .
    Sun’iy intellekt – bu an’anaviy ravishda insonga hos bo‘lgan ijodiy funktsiyalarni aqliy tizimlar tomonidan bajarilishi. Bundan tashqari, intellektual tizim – bu ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan an’anaviy ravishda ijodiy deb hisoblangan muammolarni hal qila oladigantexnikyoki dasturiy tizim bo‘lib, ular haqida bilimlar bunday tizimning xotirasida saqlanadi.
    Aqlli tizimning tuzilishi uchta asosiy blokni o‘z ichiga oladi - bilimlar bazasi, hal qiluvchi va ma’lumotlarni kiritish uchun maxsus dasturlarsiz kompyuterlar bilan aloqa qilish imkonini beruvchi aqlli interfeys.
    Sun’iy intellekt – bu axborotlashtirishning sohasi bo‘lib, aqliy kompyuter tizimlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, ya’ni an’anaviy ravishda inson ongi bilan bog‘lash qobiliyatiga ega bo‘lgan tillarni o‘rganish, o‘qish, mulohaza qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega tizimlardir .

    1.7.2. Sun’iy intellektning maqsadi, vazifalari va tuzilishi


    Sun’iy intellekt maqsadi inson miyaning asosiy funksiyasi hisoblanadigan mazmunli ma’lumotni qayta ishlashni talab qiluvchi harakatlarni bajara oladigan va hisob-kitobni talab qilmaydigan masalalarni hal qila oladigan texnik tizimlarni yaratish. Bu masalalarga teoremalarni isbotlash masalalri, o‘yinli masala (masalan, shaxmat), bitta tildan boshqa tilga ugurish, musiqa yozish, ijtimoiy amaliyotning va fanning murakkab ijodiy muammolarni bartaraf etish. Sun’iy intellektning muhim vazifalardan biriinson belgilab qo‘yadigan maqsadlarga erishish boyicha mustaqil bajara oladigan lli robotlar yaratish hisoblanadi va ularning harakatlarida o‘zgarishlar kiritish.
    Yaqindagina odamlar "sun’iy intellekt"ni gumanoidli android yoki kuchli superkompyuter sifatida tasavvur qilishgan. Bugungi kunda "sun’iy intellekt" deganda murakkab matematik algoritmlar va ilgari inson ishtirokini talab qiladigan vazifalarni bajarishi mumkin bo‘lgan kompyuter tizimlari tushuniladi: o‘qitish, vizual, eshitish qobiliyatini aniqlash, tasvir va videoga ishlov berish va boshqalar. Ehtimol, sun’iy intellekt va o‘z-o‘zini o‘rganish algoritmlariga asoslangan boshqa tizimlar o‘rtasidagi asosiy farqi bu mustaqil ravishda qaror qabul qilish va odamlar bilan aloqa qilish qobiliyatidir.
    "Sun’iy intellekt" bir necha asosiy holatlar va fanlardan iborat bo‘lib, ularning asosini tashkil etadi (1.7.1-rasm) .
    Quyidagi rasm 1.7.1. da keltirilgan sun’iy intellektning asosiy ilovalarning ta’riflari berilgan.
    Noaniq mantiq va noaniq to‘plamlar nazariyasi klassik mantiq va to‘plam nazariyalarini umumlashtiruvchi matematikaning bir tarmog‘idir. Noaniq mantiq tushunchasi birinchi marta 1965- yilda professor Lutfi Zade tomonidan kiritilgan. L.Zade to‘plam kontseptsiyasi to‘plamdagi elementning a’zolik funksiyasi [0...1] oralig‘ida har qanday qiymatlarni olishi mumkin, shunchaki 0 yoki 1 emas. Bunday to‘plamlar noaniq deb nomlandi. Muallif shuningdek, noaniq to‘plamlarda turli xil mantiqiy operatsiyalarni olib borishni taklif qildi va ularning qiymatlari noaniq to‘plam bo‘lgan lingvistik o‘zgaruvchi tushunchasini taklif qildi.
    Sun’iy neyron tarmoqlari (SNT) – tirik organizmning asab hujayralari tarmoqlari bo‘lgan biologik neyron tarmoqlarini tashkil etish va ishlash printsipiga asoslangan matematik modellar, shuningdek, ularning dasturiy yoki apparat ta’minoti . Ushbu tushincha miyada sodir bo‘lgan jarayonlarni o‘rganishda va ushbu jarayonlarni modellashtirishda qilishda paydo bo‘ldi. Neyro tarmoq ishlash tamoyilini 1943-yilda Uorren Mak Kallok va Uolter Pits yaratgan. Keyinchalik, o‘quv algoritmlari ishlab chiqilgandan so‘ng, olingan modellar amaliy maqsadlar uchun foydalanila boshlandi: muammolarni prognozlashda, shaklini aniqlashda, boshqaruv muammolarida va boshqalar.
    Aqlli agent – kompyuter foydalanuvchisi tomonidan uzoq vaqt davomida belgilangan vazifani mustaqil ravishda bajaradigan dastur. Aqlli agentlar operatorga yordam berish yoki ma’lumot to‘plash uchun ishlatiladi. Agentlar bajaradigan vazifalarning bir misoli – Internetda doimiy ravishda qidirish va kerakli ma’lumotlarni to‘plash. Kompyuter viruslari, botlar, qidiruv robotlari – bularning barchasi aqlli agentlarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Bunday agentlar qat’iy algoritmga ega bo‘lib, "aqlli" degan ma’noni anglatadi, moslashish va o‘rganish qobiliyatiga ega.
    Ekspertlar tizimi (ET) – muammoli vaziyatni hal qilish bo‘yicha mutaxassis-ekspertni qisman almashtirishi mumkin bo‘lgan kompyuter dasturi. Zamonaviy ET sun’iy intellekt tadqiqotchilari tomonidan XX asrning 70-yillarida ishlab chiqishi boshlandi va 80-yillarda tijoratlashtirildi.
    Genetik algoritm bu biologik evolyutsiyaga o‘xshash mexanizmlar yordamida tasodifiy tanlab olish, birlashtirish va kerakli parametrlarni o‘zgartirish orqali optimallashtirish va modellashtirish muammolarini yechishda ishlatiladigan evristik qidiruv algoritmi.

    Download 4,94 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201




    Download 4,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy intellektning ta’riflari

    Download 4,94 Mb.