|
“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnaliBog'liq sun-iy-intellektning-afzalliklari-va-qo-llanish-sohalariga-nazar196
SUN’IY INTELLEKT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ettirish va o‘zgartirish, fikrlash, o‘qish, yozish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani
qabul qilish qobilyati demakdir. Sun’iy so‘zi esa inson tomonidan ishlab chiqilib biror
texnika yoki mashinaga tatbiq etilganligi ma’nosini anglatadi. Ya’ni, bu intellektual
qobilyat tabiiy bo‘lmasdan balki inson hatti-harakatlari zamirida biror vazifani bajarish
uchun unga joylanganligini bildiradi. Endi tasavvur qiling yuqoridagi keltirgan
xususiyatlarimiz biror robot yoki mashinada jamlangan va biz unga o‘z
xizmatlarimizni ishonib topshiramiz. Sun’iy intellekt esa o‘ziga joylangan dasturlar
orqali bizga vazifalarni to‘g‘ri yechishda ko‘makchidir. Hozirgi kunda har birimiz
murojaat etayotgan sun’iy intellekt kundalik yordamchimizga aylanib ulgurgan.
Sun’iy intellekt to‘rtinchi sanoat inqilobining muhim elementidir [2]. Sun’iy
intellektning rivojlanishiga qanchalik e’tibor beradigan bo‘lsak, uning kelajakda uni
to‘g‘ri qo‘llash, huquqiy jihatdan tartibga solish ham muhim ahamiyat kasb etadigan
sohadir. Zero biz bunday qurulmalarni kim va qachon qanday maqsadlarda qo‘llashini
bilmay turib, kelajak avlod xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishiga kafalot bera olmaymiz.
Shuning uchun ham sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga solish borasida
hukumatlar o‘rtasida xalqaro pozitsiya ishlab chiqish kun tartibidagi muhim masaladir.
O‘z-o‘zidan ayonki, sun’iy intellekt nafaqat fan va texnologiya balki iqtisodiy tarafdan
ham har bir ishda hamrohimizga aylangan. Hukumatlar shularni inobatga olgan holda
sun’iy intellektlardan foydalanishning xavfsiz va muqobil variantlarini yaratishda ilm-
fan vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirshga katta e’tibor bermoqda.
Sun’iy intellekt o‘z funksiyalarini bajarar ekan, bevosita insonning vazifalarini
yengillatish, oson va samarali yechimlarni taklif etishi lozim bo’ladi. Yaqin vaqtgacha
sun’iy intellekt dastur xotirasiga o‘rnatilgan yechim, deb taxmin qilingan edi, ya’ni
yangi yechim (ijodiy funksiya) emas, balki kompyuter dasturidagi yechimni o‘z ichiga
olgan algoritm. Robot texnikasi rivojlanishining boshida robot harakatlarini faqat
dastur tomonidan oldindan ko‘rsatilgan algoritmlar bo‘yicha bajaradi, deb taxmin
qilingan. Sun’iy intellekt robotatexnika va dasturlashni rivojlantirishning navbatdagi
bosqichidir (ularning alohida qismi), u robotga avval dasturga kiritilmagan “yangi”
qarorni mustaqil ravishda qaror qilish imkonini beradi [3]. Ya’ni birinchi avlod
robotlari biror bir vazifani berilgan algoritm ketma-ketligi asosida faqat dasturga
kiritilgan buyruqlar asosida bajargan bo’lsa, sun’iy intellekt dasturda belgilanmagan
bo‘lsada, o‘zi mustaqil ravishda qaror qabul qilish funksiyasi borligi bilan ajralib
turadi. Sun’iy intellekt atrof-muhitni o‘rganish, o‘zi bilan bog‘liq vazifa va
tushunchalarni eslab qolish, tajriba orttirib uni amaliyotda qo‘llay olish imkoniga
egadir. Bu bilan u nafaqat insonlar balki jonivorlarning ham funksiyalarini bajara olishi
mumkin ekan.
Sun’iy intellektni ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlantirish faqat EHM yaratilgandan
keyin mumkin bo‘lgan. Sun’iy intellekt atamasi 1956-yilda Stenford unversiteti
(AQSh) dagi xuddi shunday nomdagi seminarda taklif etilgan [4]. Shu kundan boshlab,
|
| |