|
“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnaliBog'liq sun-iy-intellektning-afzalliklari-va-qo-llanish-sohalariga-nazar197
SUN’IY INTELLEKT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bu atama amalda qo‘llanilib kelmoqda. Mazkur seminarda faqat hisoblash bilan
cheklanib qolmasdan balki, mantiqiy vazifalarnida bajarishga qodir mashinalar haqida
so‘z yuritilgan. Aynan XX asrning o‘rtalaridan boshlab bu sohaga qiziquvchi
mutaxasislar soni ortib, turli tajribalarni amalga oshirganliklarini ko‘rishimiz mumkin.
Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, to‘rtinchi sanoat inqilobi asoslaridan biri bo‘lib
xizmat qildi. Har bir sanoat inqilobi insoniyatni bir pog‘ona yuksalishga olib chiqqan.
Bu inqilob esa, insonga o‘zi kabi fikrlash imkoniga ega mashinalarni taqdim
etmoqda.Hatto fikrlash va vazifalarni bajarishda ba’zida insonlarnida ortda
qoldirayotgan bu sun’iy intelekt insonlarning kasblarini to‘la o‘zlashtirib faoliyat
yurita boshlaganligini bilamiz. Ko‘pgina sohalarda qo‘llanilib, hatto mustaqil faoliyat
yuritayotganligiga guvohmiz. Bunga bir qancha sabablar bor. Birinchi galda narx
jihatidan arzon bo‘lsa, o‘zida ko‘plab ma’lumot va funksiyalarni jamlaganligidir.
Bunda xató qilish ehtimoli ancha past bo‘lib, belgilangan vazifani algaritm bo‘yicha
bajarishning eng arzon va samarali yo‘llari bilan dasturlanadi. Xalqaro maydonda
raqobatbardoshlilikni ta’minlashda ham sun’iy intellekt muhim rol o’ynaydi.
Raqobatchi kompaniyalar sun’iy intellektdan foydalanib, o‘z biznesini rivojlantirishi,
xaridorlar va keng ommaga mahsulot va xizmatlarini to‘la namoyish etishi, sifatli
xizmat turlarini taklif etib yaxshi foyda olishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xalqaro kompaniyalar bugunki kun
talabidan kelib chiqib, sun’iy intellektni barcha sohalarda qo‘llab tajriba qilib
ko‘rishmoqda. Biznesda asosiy kuchlardan biri raqiblarda oldinda yurib, ular hali
qo‘llamagan texnologiyalarni qo‘llab, amaliyotga tatbiq etishdir. Shuning uchun ham
bu borada izlanishlar izchil davom etib kelmoqda.
|
| |