|
“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnaliBog'liq sun-iy-intellektning-afzalliklari-va-qo-llanish-sohalariga-nazar200
SUN’IY INTELLEKT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Yana bir xavfli tomoni bir kun kelib insoniyat robotlar ustidan nazoratni yo‘qotib
qo‘yish ehtimoli mavjudligidir. Ba’zi olimlar sun’iy intellekt bu konekstda
insoniyatning apokalipsisisi bo‘lishini ta’kidlamoqda. Balki yuqoridagi fikrlar
noto‘g‘ri bo‘lib, shunchaki taxmin bo‘lib chiqar. Nima bo‘lganda ham hozirgi
kunimizni sun’iy intellektsiz tasavvur qilish qiyin va sun’iy intellekt bizni har jihatdan
o‘rab olgandek go‘yo. Eng asosiysi undan qiyinchiliklarni yengillatish, vazifalarni
tezlikda bajarib, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishda foydalanishimiz zarur. Sun’iy
intellekt shiddat bilan rivojlanishda davom etmoqda. Olimlar unga yanada zamonaviy
funksiyalarni
yuklab,
deyarli
hamma
sohada
foydalanish
choralarini
kengaytirmoqdalar.
Xulosa va takliflar
Taraqqiyotni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ayniqsa hozirgi tezkor va globallashgan
jamiyatlarda bir-birlariga raqobat va g‘oyalar almashinuvi jarayonlarida. Sun’iy
intellekt shu darajada tezkorlik bilan hayotimizga kirib keldiki, natijada biz hozirgi
turmush tarzimizni sun’iy intellektsiz tasavvur qila olmaymiz. Har bir ishimizda bizga
hamrohga aylangan. Bu sifatlar qaysidir ma’noda insoniyatni yangi taraqqiyot
bosqichiga olib chiqqan, vaqti va resurslarni tejashga yordam bergan bo‘lsada, lekin
ba’zi olimlar salbiy jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslikni ta’kidlamoqdalar.
Ya’ni shu taxlitda davom etadigan bo‘lsa, kelajakda insonlar biror vazifani bajarish
uchun faqat sun’iy intellektga murojaat qilish bilangina cheklanib qolish ehtimoli katta.
Bu esa insoniyat fikrlash, biror vazifani o‘zi mustaqil bajarishga bo‘lgan intilish,
ma’suliyat va javobgarlik hislarini unutish kabi holatlarga olib kelishni tezlashtirishi
mumkin. Nima bo‘lganda ham bular barchasi taxmin bo‘lib, hozirgi hayotimizda
sun’iy intellekt xizmatlarini rad etish anchayin mushkul ishga o‘xshab bormoqda.
Bizda asosiy maqsad sun’iy intellektning keng imkoniyatlaridan samarali
foydalanish, insoniyatning taraqqiyot darajasini oshirishda sun’iy intellektning o‘rnini
belgilab olish, har bir sohaga jalb etgan holda mavjud resurslarni tejash yo‘llarini
izlashdan iborat. Sun’iy intellektdan butunlay voz kechish imkoni hozircha
bo‘lmasada, insoniyat tarixida yangi jamiyatga ko‘tarilar ekan yanada yangi g‘oyalar
va fikrlar bizni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishi shubhasizdir.
|
| |