“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali




Download 317,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana01.06.2024
Hajmi317,53 Kb.
#258750
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sun-iy-intellektning-afzalliklari-va-qo-llanish-sohalariga-nazar

Muhokama va natijalar 
Keling endi sun’iy intellekt qo‘llanilayotgan sohalarni ko‘rib chiqamiz. Sun’iy 
intellekt tizimlari ishtirok etayotgan sohalar kosmik kemalarni qurish, sanoatda metall 
va yog‘ochlarga ishlov berish, oziq-ovqat va yengil sanoat, yoqilg‘i sanoati, 
mashinasozlik, transport va xizmat ko‘rastish sohasi, turizmni qo‘llab-quvvatlash 
sohasi va yana boshqa ko‘plab sohalarni misol keltirishimiz mumkin. 
Transport sohasida uchuvchisiz transport vositalarini ko‘rishimiz mumkin. 
Uchuvchisiz apparatlarga kundan-kunga qiziqish ortib bormoqda. Uchuvchisiz apparat 
yer bilan ikki tamonlama aloqaga ega bo‘lgan radioperidatchik orqali bog‘langan. 
Qurilma GPS datchik yordamida fazoda orintir oladi va shu bilan birgalikda 
qurilmaning bosh qismida biometrik sensorlar mavjud bo’lib ular tezlikni, balandlikni 
va tezlanishni o‘lchab borishadi [5]. 
Ya’ni bunda yerdan aloqani uzmagan holda barcha ma’lumotlarni yetkazib 
turadi. Bu esa yerdan turib uchuvchisiz apparatni boshqarish imkonini beradi. Ayniqsa 
bu kabi apparatlar inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan makonlarni ko’rish, o‘rganish va 


198
SUN’IY INTELLEKT
 
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 5-SON 
WWW.INFOCOM.UZ 
tadqiq etishda juda yaxshi samara beradi. Kerakli ma’lumotlarni olgan boshqaruvchi 
apparatni o‘z maqsadiga ko‘ra topshiriqni almashtirishi yoki vazifani yakunlashga 
buyruq berish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa vazifaning to‘la va o‘z vaqtida bajarilishini 
ta’minlasda muhim omildir. Shuningdek qishloq xo‘jaligida ham sun’iy intellektni 
qo‘llash bir qancha muommolarni bartaraf etish yo‘li hisoblanadi. Masalan, fermerlar 
yovvoyi o‘tlarga qarshi kurashishda ishchi kuchidan ma’lum bir haq evaziga 
foydalanganlar. Bu an’anaviy usul ko‘p vaqt va mehnat talab etar edi. samaradorligi 
ham uncha yuqori bo‘lmasdan, yaxshi natija olish mushkul hisoblangan. 
Ammo sun’iy intellektning paydo bo’lishi fermerlar uchun avtomatik begona 
o‘tlardan tozalash deb nomlanuvchi yana bir yo‘nalishni ochib berdi. Avtomatik 
o‘tlarni tozalashda robotlar va AI mashinalar ishlaydi. Bu lazer nurlari yordamida 
amalga oshiriladi [6]. Bunda robotlar dala maydonini o‘rganib chiqadilar, o‘z 
dasturlariga kiritilgan begona o‘tlarni aniqlaydilar. So‘ngra lazerlarga ushbu begona 
o‘tni yo‘q qilishga buyuradi. Bu tariqa ishlash fermerlarga ancha qulay bo‘lib, 
hosildorlik oshishi, raqobatchilarini ortda qoldirish, ish jarayonida yuqori darajali 
texnologiyalar asosida rejali olib borish imkoni beradi. 
Fermerlar uchun azaldan eng asosiy muommolardan biri bo‘lgan zararkunanda 
hashoratlarga qarshi kurashishda ham sun’iy intelekt katta yordam beradi. Zararli 
hashoratlarga qarshi qo‘llaniladigan turli xil dori vositalarini qo‘llash amaliyotlari 
inson uchun ancha xavfli bo’lib, uning sog‘ligiga ziyon yetkazib qo‘yish ehtimoli 
katta.Shu boisdan, ularni inson sog‘ligiga shikast yetkazmasdan qo‘llashda sun’iy 
intellekt katta yordam beradi. 
Uchuvchisiz apparatlar yordamida zararli hashoratlarga qarshi dori vositalarini 
sepish hashoratlarni sezilarli darajada yo‘q qilishi mumkin. Bunda inson uchuvchisiz 
apparatni boshqarish imkoniga ega bo‘lib, xarita yordamida hududini zararli 
hashoratlardan tozalashni nazorat qilib, tegishli buyruqlarni berib topshiriqlarni 
o‘zgartirishi, vazifaning vaqtini o‘zi belgilash imkoni mavjuddir. Fermerlar uchun bu 
juda katta yutuq bo‘lib, soha rivojida muhim rol o‘ynaydi, ishlab chiqarishda sarf-
xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi Uchuvchisiz aqlli qishloq 
xo‘jaligi texnikasi mahsulotlari, dastur ssenariylari tuproqni tayyorlash, ekish, 
o‘simliklarni himoya qilish, o‘rim-yig‘im va dala operatsiyalari ostida somoni 
qaytarishning beshta asosiy jarayonni qamrab oladi [7]. Bu degani tuproqni ekin turiga 
qarab tayyorlashdan boshlab to yig‘im-terim mavsumigacha bo‘lgan davr davomida 
sun’iy intelektdan foydalanilishini anglatadi. Qaysidir ma’noda qishloq xo‘jaligida 
ishlarning o‘z vaqtida va yaxshi natijalarga erishishi sun’iy intellektning 
imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 
Taraqqiyot bir joyda to‘xtab turmaganidek, sun’iy intellektdan foydalanishda 
yangi sohalarda sinab ko‘rish ishlari davom etmoqda. Shu sohalardan biri turizmdir. 
Hammaga ma’lumki, so‘nggi yillarda har bir davlat katta e’tibor qaratayotgan 



Download 317,53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 317,53 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali

Download 317,53 Kb.
Pdf ko'rish