“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali




Download 317,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana01.06.2024
Hajmi317,53 Kb.
#258750
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sun-iy-intellektning-afzalliklari-va-qo-llanish-sohalariga-nazar

199 
SUN’IY INTELLEKT
 
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 5-SON 
WWW.INFOCOM.UZ 
sohalardan biri turizmdir. Sun’iy intellekt turizm sohasida ham qo‘llanilib, yaxshi 
natijalarga erishilmoqda. Sun’iy intellekt xizmatlari orqali insonlarning vaqti tejalib, 
turli xizmatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoni paydo bo’lmoqda. Ko‘pgina 
sayyohlik xizmatlari avtomatlashtirilib, xizmat sifatlarini oshirishga qaratilgan bo’ladi. 
Sun’iy intellektdan foydalanish har bir mijoz uchun moslashtirilgan takliflarni yaratish 
maqsadida sayyohlar uchun imtiyozlar va ularning ehtiyojlari haqida katta hajmdagi 
ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi [8]. Bunda har bir mijozga alohida e’tibor 
beriladi, uning istaklari inobatga olinib o‘ziga mos bo‘lgan biror tarif taklif etiladi. 
Albatta bu ma’lumotlar ham sun’iy intellektda saqlanib bazaga qo‘shib qo‘yiladi. Bu 
esa o‘z navbatida juda katta bazaning shakillanishiga turtki bo‘ladi. Kelajakda mijozlar 
fikrlari bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilsa yanada yaxshi 
natijalarga erishishi mumkinligi hisobga olinsa, bu juda muhim ma’lumotlar ekanligi 
yanada oydinlashadi. 
Yana bir tomoni to‘plangan ma’lumotlar kelajakda prognoz ya’ni bashorat qilish 
imkoniyatini ham taqdim etadi. Shu ma’lumotlarni tahlil qilish orqali qaysi yo‘nalish 
kelajakda yaxshi foyda olib kelib, qaysi sohaga sarmoya tikmay turish lozimligini ham 
bashorat qilish mumkin. Albatta bu tahlillarni oxirgi xulosa deb qabul qilib bo‘lmaydi, 
lekin sun’iy intellekt tomonidan hisoblangan bu ma’lumotlar biznesni to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yishda, to‘g‘ri yo‘nalishni aniqlashda yaxshi ko‘makchi bo‘lishi shubhasizdir. 
Sayyohlarning eng asosiy muommolaridan bo‘lgan mehmonxonani band qilish, 
avtomashina ijarasi, avtoturargoh masalalari, ovqatlanish va ko‘ngilochar manzillarni 
aniqlash kabi ishlar bilan sun’iy intellekt yordamida osongina hal qilish imkoni 
mavjud. Bu kabi qulayliklar albatta sayyohlar oqimining ko‘payishi, turizmning 
xalqaro miqiyosida rivojiga hissa qo‘shadi. Avtomashinada harakatlanib ketayotganda 
ham sun’iy intellekt yordamidan foydalangan holda manzilni bexato aniqlab, 
yo‘nalishni ko‘rsatib boruvchi dasturlar juda keng ommalashgan. Bu esa sun’iy 
intellekt keng omma orasida ham qo‘llanilib har bir sohada virtual yordamchiga 
aylanganligidan dalolat beradi. 
Kundalik turmushimizning bir qismiga aylangan sun’iy intellekt insoniyatga 
qanchalar xavfli yoki qanday zarar tomonlari bor? Shu haqida mulohaza qilib ko‘ramiz. 
Eng birinchi xavf bu ishsizlikning ortib ketishi. Albatta bir bora yo‘lga qo‘yilgan 
xizmatlarni bexato bajaradigan, haq olmasdan ishlashda davom etadigan, sog‘ligida 
muommo bo‘lmaydigan, oddiy insonlar kabi turmush tashvishlari yo‘q bo‘lgan va 
uzluksiz ishlay oluvchi sun’iy intellekt va robotlar iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. 
Besh yil ichida sun’iy intellekt algaritmlarga “huquqiy hujjatlarni o‘qish” va “tibbiy 
maslahatlar berish” imkonini beradi, deydi OpenAI notijorat tashkiloti asoschisi va 
prezidenti Sem Altman [9]. Bu esa sun’iy intellekt tez orada bizga har sohada maslahat 
berib, hatto qaror qabul qilishimizga ta’sir ko‘rsatishini anglatadi. Qiziq bunga besh yil 
vaqt yetarmikan buni vaqt ko‘rsatadi. 



Download 317,53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 317,53 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali

Download 317,53 Kb.
Pdf ko'rish