160
o‘zida baravar ishlashi uchun bitta antenna jihozidan foy-
dalanishga xiz mat qiladi. Tranking tizim retranslyatorlarida
faqat dupleks rejimda ishlash ko‘zda tutiladi, qabul qilish va
uzatish chastotalarining tarqoqligi 45MHz dan 3MHz gacha
farq qiladi.
Kommutator tarmoq ichida va,
shuningdek, tashqi tarmoqlar
bilan ulanishni ta’minlaydi. BS hamma qismlari (uzel) birga
ishlashini boshqarish qurilmasi amalga oshiradi. Bundan tash-
qari u chaqiruvlarni ko‘rib chiqadi, chaqiriluvchi abonentlar-
ni identifikatsiyalashni amalga oshiradi, chaqiruvlar navbatini
o‘rnatadi, vaqt bo‘yicha to‘lovlar uchun vaqt hisobini yurita-
di, shuningdek lozim bo‘lganda telefon tarmog‘i
bilan ulanish
davomiyli gini (boshqaradi) sozlaydi. Tranking tizimda UFTT
interfeysi har xil usul bilan amalga oshiriladi. Arzon tizimlarda
(masalan, SmarTrunk) ulanish ikki simli kommutator liniya
bo‘yicha olib boriladi. Zamonaviy tranking tizimlar UFTT in-
terfeysi tarkibida ATSning standart raqamli nomer terish DID
(Direct Inward Dia ling) raqamni to‘g‘ridan to‘g‘ri teruvchi ap-
paraturaga ega.
Yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga qodir qator tranking tizim-
lar ATS apparaturasi bilan bog‘lanishda
raqamli IKM dan foy-
dalanadi.
UFTT bilan bog‘lanish tranking tizimlari uchun odatiy hol hi-
soblanadi, lekin ma’lumot uzatish shartli bo‘lgan ilovalar sonining
oshishi sababli, paketlar kommutatsiyasiga ega bo‘lgan tarmoq in-
terfeysining mavjud bo‘lishi zarur hisoblanadi.
Texnik xizmat terminali. (TXT va E) tayanch stansiyada o‘rna-
tiladi va tizim holatini nazorat qilish, nosozliklarni tashxislash,
tarifikatsiyali axborotlarning hisobini yuritish, abonentlar ma’lu-
motlari bazasiga o‘zgarishlarni kiritish uchun mo‘ljallanadi. TXT
va E ulanish uchun qoidaga ko‘ra paketlarni kommutatsiyalash
tarmog‘idan foydalanadi.
Zarur bo‘lganda tranking tizimlarida dispetcherlik pulti (DP)
o‘rnatiladi, bundan ko‘pincha mudofaa
UFTF va harbiy kuchlar
161
tashkilotlari, tez tibbiy yordam, yong‘inga qarshi kurashuvchi or-
ganlar va boshqalar foydalanadilar. Tizimga DP yoki abonentlik
radiosignali orqali yoki BS kommutatoriga bevosita ulangan ichki
liniyalar bilan ulanadi. Tranking tizimida bir nechta mustaqil tar-
moqni tashkil qilish mumkin va ularning har birida har xil ulan-
gan DP ishlashi mumkin.
Tranking tizimida abonentlik qurilmalar to‘plash juda xil-
ma-xil. Ulardan juda ko‘pchiligi yarimdupleksli radiostansi-
yalar bo‘lib, ular yopiq gruppalardan
ishlash uchun juda mos
keladi. Bunday radiostansiyalar ko‘pincha cheklanganlik funk-
sional imkoniyati uchun raqamli klaviaturaga ega emas. Undan
foydalanuvchilarga gruppa ichida abonentlar bilan bog‘lanish
yoki dispetcherga cha qiruv jo‘natish kifoya. Ba’zan yarimdu-
pleksli radiostansiyalarning keng funksional imkoniyatlari mav-
jud bo‘lib, raqamli klaviaturaga ega, lekin bunda ular sezilarli
darajada qimmat turadi.
Hozirgi davrda tranking tizimida ko‘pincha sotali terminallarga
qaraganda yuqori funksionallikka ega bo‘lgan,
UFTTga ulanishga
imkon beradigan, shuningdek yarim dupleks tartibi (rejimi)da gu-
ruhiy ishlashni ta’minlovchi dupleksli radiostansiyalar qo‘llaniladi.
Abonentlik qurilmalar ixcham (portativ) va avtomobilli ijroda
chiqariladi. Avtomobilga o‘rnatilgan qurilma uzatgichining chi-
qish quvvati odatda yuqori bo‘ladi.
Radiointerfeysning tegishli protokoliga moslashtirilgan ra-
diomodem va ma’lumotlarni uzatuvchi terminallar zamonaviy
tran king tizimidagi abonent jihozlarning yangi sinfi hisobla-
nadi. DPga ulanish uchun muvofiq standart radiostansiyalar
qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda tranking tizimlar ko‘p
zonali kabi ishlab chiqarilib,
ularning arxitekturasi ikkita tamoyil (prinsip)ga asosan quriladi:
— zonalararo tarqatiladigan kommutatsiya bilan;
— markazlashtirilgan kommutatsiya bilan.
Birinchi tamoyil (prinsip) (10.2-rasm) uskunalarning narxi
muhim omil (faktor) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bunda UFTTga har
162
bir BS alohida ulanish imkoniga ega bo‘ladi. Bir zonadan boshqa
zonaga chaqirish telefon nomerini terish protsedurasini qo‘llagan
holda UFTT bilan interfeys orqali amalga oshiriladi. BSlararo ula-
nish fizik tashqi aloqa liniyalari yordamida kanallar yoki Internet
tarmog‘ini kommutatsiyalash yordamida amalga oshiriladi. Maz-
kur kommutatsiyalashni zonalar soni kam bo‘lgan va transzonaviy
chaqiruvlarning tezligiga talab yuqori bo‘lmagan
tizimlar uchun
ishlatish mumkin.
Portativ
radiostansiya
Portativ
radiostansiya
gap
gap
gap
gap
gap
gap
Ma’lumot uzatish terminali
avtomobil radiostansiya
Ma’lumot uzatish terminali
avtomobil radiostansiya
Ma’lumot uzatish terminali
avtomobil radiostansiya
Boshqarish
qurilmasi
Kommutator
UFTF
interfeysi
UFTF interfeysi
PKT interfeysi
PKT interfeysi
PKT interfeysi
Boshqarish
qurilmasi
Boshqarish
qurilmasi
Umumiy foydalanish
telefon tarmog‘i
Paketlarni
kommutatsiyalovchi tarmoq
Kommutator
Kommutator
Radiosignallarni
birlashtiruvchi
qurilma
Radiosignallarini
birlashtiruvchi
qurilma
Radiosignallari
birlashtiruvchi
qurilma
Retranslyatorlar
Retranslyatorlar
Retranslyatorlar
Ma’lumot
uzatish
terminali
Ma’lumot
uzatish
terminali
Ma’lumot
uzatish
terminali
portativ
radiostansiya
Ma’lumot
Ma’lumot
Ma’lumot
Ma’lumot
Ma’lumot