156
kanallarni ajratish chastota resurslaridan
samarali foydalanish
imkonini bermas edi va shu bilan birga, abonent sig‘imi ham
nisbatan kichik bo‘lishiga sabab bo‘lar edi. Ko‘p sonli o‘zaro
mos bo‘lmagan standartlarning mavjudligi ham jahonda sotali
aloqa xizmatlarini ommalashishiga xalaqit berdi.
Tranking radioaloqa tizimlari UQTda ishlovchi radial-zonali
ko‘chma (harakatdagi) radioaloqa tizimlari bo‘lib,
ulardagi retrans-
lyatorlar aloqa kanallarining abonentlararo avtomatik taqsimlanishi
amalga oshiriladi. Bunday tizimlar eng avvalo turli xil muassasa
va korporativ aloqa tarmoqlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, ular-
da abonentlarning guruhiy aktiv aloqa rejimi qo‘llanilishi ko‘zda
tutilgan. Tranking tizimi turli mamlakatlarning harbiy kuchlari,
huquqni
himoya qilish muassasalari, jamoa xavfsizligi xizmatlari,
transport va energetik kompaniyalar tomonidagi harakatdagi abo-
nentlarning o‘zaro, statsionar va telefon tarmog‘i abonentlari bilan
aloqa qilishini ta’minlash maqsadida keng foydalaniladi.
Portativ
radiostansiya
Statsionar
radiostansiya
Dispetcher pulti
Dispetcher pulti
Avtomobil
radiostansiya
Ma’lumot
uzatish
terminali
TAYANCH
stansiya
Boshqarish
qurilmasi
Texnik xizmati ko‘rsatish va ishlatish
terminali
paketlarni
kommutatsilovchi
tarmoq
Umumiy
foydalanish
telefon tarmog‘i
radiosignallarni birlashtiruvchi qurilma
SKP
interfeysi
UFTP interfeysi
kommutator
Retransalvator
Retransalvator
SKP interfeysi
10.1-rasm. Bir zonali tranking tizimining umumlashtirilgan
strukturaviy sxemasi.