151
oraliqlar bilan ajratiladi va u xizmat ko‘rsatish zonaning kattaligi
bilan aniqlanadi. Murakkab bo‘lmagan hisob shuni ko‘rsatadiki 52
µ
s li himoya intervalda va tayanch stansiyadagi vaqt intervallar-
ining sinxronizatsiya aniqligi +3
µ
s bo‘lganda xizmat ko‘rsatish
zonaning maksimal radiusi 14 kmni tashkil qiladi.
Mobil stansiyalar BTS kadrining tuzilishiga o‘xshash struktura-
ga
egadirlar, lekin uzatish va qabul qilish intervallarining o‘rinlari
almashadi.
Duplekslashning ikki variantini o‘zaro solishtirish shunday hu-
losaga olib keladiki, sotalarning katta ko‘lamida
va abonentlar-
ning katta tezlik bilan ko‘chishida (harakatlanishida) FDD re-
jim ko‘proq samaraliroqdir, TDD rejimli variantda esa ko‘pincha
mikrosotalarda, ya’ni kam tezlik bilan harakatlanuvchi abonent-
larga xizmat ko‘rsatishda kichik zonalar mos keladi.
Shu bilan birga TDD rejim alohida e’tibor qiladigan bir qator
qo‘shimcha afzalliklarga ega. TDD rejimda “yuqoriga” va “pastga”
aloqa liniyalar bitta chastotalar polosasini
egallagani sababli ular
ichidagi tanishishlar tasniflari yuqori darajada korrelyasiyalanadi.
Bu o‘z navbatida nurlatib uzatiluvchi quvvatni va fazo bo‘yicha
tarqoqlashni boshqarish protsedurasini soddalashtirish uchun
qo‘llanilishi mumkin.
Bundan tashqari TDDga xos bo‘lgan kadrning moslashuvchan-
lik strukturasi to‘g‘ri va teskari kanallar bo‘yicha
axborotning
asimmetrik oqimlarida vaqt resursini samarali taqsimlash imkoni-
ni beradi. Shu singari asimmetriya uchinchi avlod tizimlarida tez-
tez uchraydigan holat bo‘lishi mumkin,
chunki mobil terminallar-
ga tobora Internet tarmog‘i bilan bog‘lanish funksiyasi yuklanadi.
Bunday ulanish davomida “pastga” liniya trafigi, odatda teskari
yo‘nalishga nisbatan ancha axborot oqimga to‘laroqdir.
Bunday
holatda 9.7-rasmda ko‘rsatilgandek sxematik ravishda “pastga”
va “yuqoriga” liniyalar orasidagi vaqt resursning simmetrik (9.7-
a rasm) taqsimlanishining asimmetrikga (9.7-b rasm) o‘tishini
ko‘rsatadi. Bu yerda pastga yo‘naltirilgan strelka MS ning ax-
borotni qabul qilishini, yuqoriga esa uzatishini.