• 15-MAVZU. MS WINDOWSDA QUYI XAVFSIZLIK TIZIMLARI Reja: 1.
  • 1. Microsoft texnologiyalaridan foydalanish metodikasi va amaliyoti. Microsoft
  • Microsoft Solutions Framework (MSF).
  • Mavzu yuzasidan nazorat savollari




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/87
    Sana29.11.2023
    Hajmi5,25 Mb.
    #107440
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
    Bog'liq
    Raqamli qurilmalarda axborotning dasturiy himoyalari qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
    1. Shaxsga doir ma’lumotlarga nimalar kiradi? 
    2. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishda qanday ishlar amalga oshiriladi? 
    3. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi deganda nimani tushunasiz? 
    4. Risk deb nimaga aytiladi? 
    5. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligining asosiy risklari nimalar kiradi? 
    6. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi risklarini baholashda qanday omillar 
    hisobga olinishi mumkin? 
    7. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi risklarini tahlil qilish usullarini keltiring. 
    8. Microsoft metodologiyasidan foydalanish usullari. 
     


    111 
    15-MAVZU. MS WINDOWSDA QUYI XAVFSIZLIK TIZIMLARI 
    Reja: 
    1. Microsoft texnologiyalaridan foydalanish metodikasi va amaliyoti. 
    2. MS Windowsda quyi xavfsizlik tizimlari. 
    3. MS Windows operatsion tizimiga integratsiya qilingan axborotni dasturiy 
    himoyalash usullari. 
    Kalit 
    so‘zlar: 
    Microsoft 
    texnologiyasi, 
    Microsoft 
    Solutions 
    Framework(MSF), MSF modeli, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, bulutli 
    infratuzilma, boshqariladigan bulut, monitoring, telemetriya, jurnalga yozish va 
    audit, MS Windows, xavfsizlik tizimi, xavfsizligi operatsiyalari markazi (SOC), 
    xavfsizlik identifikatori (SID), Microsoft Desktop Optimization Pack, TPM 
    BitLocker, InstantGo, AppLocker, Microsoft Edge. 
    1. Microsoft texnologiyalaridan foydalanish metodikasi va amaliyoti. 
    Microsoft – axborot texnologiyalari sohasida jahon yetakchisi boʻlib, keng 
    turdagi qurilmalar va xizmatlar, dasturiy taʼminot va IT xizmatlarini taqdim etadi. 
    Bu dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biri bo‘lib, 190 dan ortiq 
    mamlakatlarda faoliyat yuritadi. 
    Microsoft kompaniyasi hozirgi kunda mobil ilovalar va bulutli texnologiyalar 
    ishlab chiqarish kompaniyasidir. Microsoftning uzoq muddatli missiyasi 
    sayyoradagi har bir inson va har bir tashkilotga ko‘proq yutuqlarga erishish 
    imkoniyatini berishdir. Kompaniya oldiga biznes jarayonlarini takomillashtirish 
    uchun yangi imkoniyatlar yaratish, inson va kompyuter o‘rtasidagi o‘zaro aloqani 
    soddalashtirish, uni yanada individual qilish va aqlli bulut platformasini yaratish 
    kabi ulkan maqsadlar qo‘yilgan. 
    Kompaniya foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilishga alohida e’tibor 
    beradi. Yevropa Ittifoqining maʼlumotlarni himoya qilish organlari Microsoft bulut 
    xizmati shartnomalari Yevropa Ittifoqining maʼlumotlarni himoya qilish 
    qonunining yuqori standartlariga javob berishini tasdiqlaydi. Microsoft bunday 
    tasdiqni olgan birinchi kompaniyadir. 


    112 
    Microsoft faoliyatining yana bir asosiy yo‘nalishi bu sun’iy intellekt 
    sohasidagi ishlanmalardir. Buning uchun korporatsiya Microsoft sun’iy intellekti 
    va tadqiqot guruhini yaratdi. Guruh bugungi kunda sun’iy intellektga asoslangan 
    Microsoft mahsulotlarini ishlab chiqaradigan 5000 dan ortiq jahon darajasidagi 
    olimlar va texnik ekspertlarni birlashtiradi. Sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar 
    hamma uchun qulay va ma’qul bo‘lib, jamiyatning eng murakkab muammolarini 
    hal qilishning yangi usullariga olib keladi. 
    Microsoft kompaniyasining aksariyat zamonaviy yechimlari va loyihalari 
    yaratilgan metodologiyalardan biri – Microsoft Solutions Framework (MSF). 
    Ushbu metodologiya loyiha jamoasida yoki har qanday hajmdagi tashkilotda 
    ishlash uchun javob beradi. MSF asosiy tamoyillar, modellar, jarayonlar va 
    texnologiyalarni boshqarish tizimini o‘z ichiga oladi (15.1-rasm). 
    15.1-rasm. Microsoft Solutions Framework (MSF) metodologiyasi bosqichlari 
    MSF quyidagi sakkizta tamoyilga asoslanadi: 

    Download 5,25 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish