123
DDoS (taqsimlangan xizmatni rad etish) hujumlarini amalga oshiradigan
troyanlar hujumlarda botnetlar yordamida server yoki tarmoqqa juda ko'p so'rovlar
yuboradi.
Misol uchun 2020 yil iyun oyi o'rtalarida Amazon o'z serverlariga rekord
darajadagi hujumni qaytardi. Uch kundan ortiq vaqt davomida Amazon Web
Services juda ko'p so'rovlar bilan bombardimon qilindi, tezligi sekundiga 2,3
terabayt (katta botnet) teng edi.
Botnetlar zombi deb ataladigan kompyuterlardan tashkil topgan. Botnet va
DDoS hujumlarining natijasi veb-saytlarga yoki hatto butun tarmoqlarga kirish
imkonsizligidir.