127
Ishonchliligini tekshirmasdan havolalarda foydalanmaslik,
chunki infektsiya
ehtimoli bor. Soxta veb-saytlarga murojaat qilmaslik,
zararli dasturlarning
osongina (fonda) o'rnatilishi mumkin, bunda zararli dastur uy tizimiga yuklab
olinadi.
Xavfli manbalardan dasturlarni yuklab olmaslik. Google Play do'konida va
Apple do'konida mavjud bo'lmagan mobil qurilmalarga ilovalarni o'rnatmang.
Barcha fayl kengaytmalari sozlamasidan foydalanish. Masalan .jpg
kengaytmali tasvir .exe kengaytmali bajariladigan fayl bo’lishi mumkinligi oshkor
bo’ladi.
Troyanlarning qurilmaga foydalanuvchining yordami
bilan kirish ehtimolligi
yuqori. Internetni ko'rib chiqishda ehtiyot bo'lish, shubhali elektron pochta
qo'shimchalarini ochmaslik va faqat ishonchli manbalardan dasturlarni o'rnatish
orqali bu tahdidlarni oldini olish mumkin. Troyanlardan ishonchli himoya vaqtida
yangilangan operatsion tizim va doimiy ishlaydigan
antivirus tomonidan
ta'minlanadi.
Troyan va boshqa onlayn tahdidlardan himoya qilish uchun xavfsizlik
yechimlari:
Kaspersky Internet Security
Kaspersky Total Security
Troyan Virus Removal