Bog'liq Raqamli qurilmalarda axborotning dasturiy himoyalari qo\'llanma
Axborotni himoyalash deganda axborot butunligi va ishonchliligini
ta’minlash, axborotni saqlash jarayonida elementlarining almashtirilishiga yo‘l
qo‘yilmaslik, maxsus ruxsatga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan axborotlardan
qisman yoki to‘liq foydalanishning oldini olish, umuman olganda axborotni
o‘g‘irlashga, o‘zgartirishga yoki tizimni ishdan chiqarishga bo‘lgan intilishlardan
himoya qilish tushuniladi.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalashning quyidagi
usullari mavjud:
tashkiliy;
texnikaviy;
dasturiy;
huquqiy;
axborotni zaxiralash yoki nusxalash;
kriptografik.
Axborotni himoyalashning tashkiliy usullari sifatida xavfsizlik choralarini
ta’minlash uchun xonalardagi kompyuter, telefon, televizor, radio, signalizatsiya
va shunga o‘xshash axborot chiqishi ehtimoli bo‘lgan barcha vositalar ro‘yxatdan
o‘tkazilishi tushuniladi. Texnikaviy himoyalash usullariga texnik qurilmalar,
komplekslar yoki tizimlar yordamida obyektni himoyalash usullari kiradi.
Axborotning dasturiy himoyalash usullari – axborot xavfsizligi, foydalanuvchilar
shaxsini identifikatsiyalash, kirish nazoratini o‘rnatish, ma’lumotlarni yashirish
kabi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan maxsus dasturiy vositalar tizimidir.
Axborotni himoya qilishning huquqiy usullarida huquqiy xaraktеrli masalalar
ko‘rib chiqiladi:
kompyuter jinoyatchiligi uchun jazolash mе’yorlarini ishlab chiqish;
dasturlovchilarni mualliflik huquqlarini himoya qilish;
jinoiy va fuqarolik qonunchiligini, hamda kompyuter jinoyatchiligi
sohasida sud ishini mukammallashtirish;
kompyuter tizimlari ishlab chiquvchilar ustidan jamoat nazorati masalalari;
bu masalalar bo’yicha mos xalqaro shartnomalarni qabul qilish va h.k.
136
Axborotni zaxiralash yoki nusxalash usullari axborotni tasodifiy xavflardan
himoya qilishning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, nusxalash orqali
axborotning yaxlitligi ta’minlanadi.