• 21-MAVZU: AXBOROTLARNI HIMOYA QILISH DASTURLARI (1-QISM) Reja: 1.
  • Kalit so‘zlar
  • Tahdid
  • Mavzu yuzasidan nazorat savollari




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/87
    Sana29.11.2023
    Hajmi5,25 Mb.
    #107440
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
    Bog'liq
    Raqamli qurilmalarda axborotning dasturiy himoyalari qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
    1. Axborot xavfsizligining asosiy tamoyillari va vazifalari nimalardan 
    iborat? 
    2. Axborotni himoya qilish usullarini keltirib o ‘ting. 
    3. Himoya strategiyasi deganda qanday jarayon tushuniladi? 
    4. Ruxsatsiz nusxa ko'chirishdan himoya mexanizmini tushuntiring. 
    5. Spam - bu nima?
    6. Boshqariladigan qurilmalar turlarini sanab o ‘ting. 


    133 
    21-MAVZU: AXBOROTLARNI HIMOYA QILISH DASTURLARI 
     (1-QISM) 
    Reja: 
    1. Axborotlarni himoya qilish usullari. 
    2. Acronis True Image dasturi haqida. 
    3. Amazon Web Services (AWS) platformasining imkoniyatlari. 
    4. Arcserve UDP zaxiralash tizimi haqida ma’lumot. 
    5. Commvault va HYCU dasturlari haqida. 
    Kalit so‘zlar: axborot xavfsizligi, zaiflik, hujum, tahdid, axborotni 
    himoyalash, konfidensiallik, butunlik, foydalanuvchanlik, kriptografiya, Acronis 
    True Image, Amazon Web Services, Arcserve, Commvault, HYCU. 
    1. Axborotlarni himoya qilish usullari.
    Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini nafaqat mamalakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalarida joriy 
    etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta‘minlashni ham taqazo etmoqda. 
    Axborot texnologiyalarining hayotimizning har bir jabhasiga kirib borishi, 
    insonlarning axborotga boʻlgan talablarining ortishi, axborotning muhimlik 
    darajasini ortishiga olib keladi. Buning natijasida esa, axborotni qoʻlga kiritishga 
    qaratilgan hatti-harakatlar miqdori ortib kelmoqda. Bu esa oʻz navbatida har 
    jabhada axborot xavfsizligini ta‘minlash dolzarbligini bildiradi. 
    Axborot xavfsizligini ta‘minlash barcha sohalarda amalga oshirilib, ular 
    asosan quyidagilarga boʻlinadi:
    ­ Tarmoq xavfsizligi; 
    ­ 
    Internetda xavfsizlikni ta’minlash; 
    ­ Ilova va operatsion tizim xavfsizligi. 
    Axborot xavfsizligida muammolar turi koʻp boʻlib, ular asosan quyidagi 
    sabablarga koʻra kelib chiqadi:
    ­ 
    Koʻp zararli va xatoli dasturlarning mavjudligi; 
    ­ Niyati buzuq foydalanuvchilarning mavjudligi; 
    ­ Sotsial injiniring;


    134 
    ­ Fizik himoya zaifliklari va h.k. 
    Axborot xavfsizligida mavjud muammolar xavflilik darajasiga koʻra: zaiflik, 
    tahdid va hujumga olib keluvchilarga boʻlinishi mumkin:
    Zaiflik – bu tizimda mavjud boʻlgan xavfsizlik muammosi bo‘lib, ular asosan 
    tizimning yaxshi shakllantirilmaganligi yoki sozlanmaganligi sababli kelib chiqadi. 
    Zaifliklar tizimlarda katta yoki kichik tarzda mavjud boʻladi.
    Tahdid – bu mavjud boʻlgan zaiflik natijasida boʻlishi mumkin boʻlgan 
    hujum turi boʻlib, ular asosan tizimni kamchiliklarini oʻrganish natijasida kelib 
    chiqadi. 
    Hujum – bu mavjud tahdidni amalga oshirilgan koʻrinishi boʻlib, bunda 
    kutilgan tahdid amalga oshiriladi. 
    Axborot xavfsizligi konsepsiyasi uchta tashkil etuvchidan iboratligini 
    e’tiborga olinsa, axborot xavfsizligini ta’minlash deganda ma’lumotning quyidagi 
    uchta xususiyatini ta’minlashni tushunish mumkin. Quyida keltirilgan 21.1-rasmda 
    axborot xavfsizligining uchta muhim xususiyati keltirilgan. Umumiy holda axborot 
    xavfsiziligini ta’minlash deganda ushbu uchta xususiyatni ta’minlash tushunilib, 
    har bir xususiyat muhimligi axborotning turiga va foydalanilishiga koʻra har xil 
    boʻlishi mumkin. 
    21.1-rasm. Axborot xavfsizligi xususiyatlari 
    Axborot xavfsizligi
    Konfidensiallik
    Butunlik
    Foydalanuvchanlik


    135 

    Download 5,25 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish